mavzu: Falsafa fanining predmeti, uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati.
Reja:
Falsafa fanining predmeti, tadqiqot ob’ekti
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G’arb falsafasi
Adabiyotlar:
1. J tulenov “falsafa fani va uning xususiyatlari” birinchi bo‘lim-t, 2001 yil.
2. “Falsafa asoslari” masu muharrir. nazarov-t, “o‘zbekiston” n.m.i.u, 2005 yil, 6-35 betlar.
3. “Falsafa” m.ahmedova tahriri ostida-t, 2006 yil, 6-35 betlar.
4. I Karimov, M Rustamova “falsafa fani tarixi va nazariyasi”-t, 2007 yil, 3-16 betlar.
Tayanch tushunchalar: dunyoqarash, mifalogik dunyoqarash, diniy dunyoqarash, ilmiy falsafiy dunyoqarash, falsafa, ontologiya, gnosealogiya, metadalogiya, antrapologiya, monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizm aksialogiya. Zardushtiylik ta’limoti, Daosizm ta’limoti, Konfutsiy ta’limoti, Tasavvuf ta’limoti, Jadid falsafasi, ovrupasentrizm, naturfalsafa, nominalizm, realizm, ekzistensializm, marksizm, neotomizm, neopozivitizm, rus kosmizmi, pragmatizm.
1. Falsafa insoniyat tarixidagi eng qadimgi ilmlardan bo‘lib, u olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo‘qlik kabi ko‘plab muammolar to‘g‘risida bahs yuritadigan fandir.
Falsafa asoslari bayon qilingan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi “filosofiya” so‘zidan olingani va u “donishmandlikni sevish” degan ma’noni anglatishi ta’kidlanadi. falsafa qadimgi yunoistonda er.avvalgi 7 asrlardayoq fan sifatida shakllana boshlagan . falsafa atamasini ilk bor buyuk matematik olim pifagor qo‘llagan , ya’ni ilmiy termin sifatida olib kirgan.
Falsafa fan sifatida borliqni, ya’ni tabiat, jamiyat, inson uning taraqqiyotining eng umumiy muammolarini o‘rganadi.
Falsafa olam va odam taraqqiyotining eng umumiy qonunlari, odamning olamdagi o‘rni to‘g‘risidagi fandir.
Falsafa faninning tarkibiy qisimlariga quyidagilar tashkil qiladi:
ontologiya-borliq va uning rivojlanishi to‘g‘risidagi ta’limot
gnosealogiya-bilish nazariyasi
metadalogiya-olamni bilish usullari xaqidagi ta’limot
antrapalogiya- inson falsafasi
aksiologiya - qadriyatlar falsafasi
Falsafaning eng muhim va azaliy muammosi–odamning olamga munosabati, olam va undagi narsalarning mohiyatini anglashdir. falsafiy qarashlar tarixida monizm, dualizm va plyuralizm kabi qarashlar shakllangan. monizm-olamning asosida yakka, bitta asos yotadi deyuvchi ta’limot, dualizm- olamning asosida ikkita narsa yotadi deguvchi ta’limot, plyuralizm-olamning asosi ko‘p narsalardan tashkil topgan deguvchi ta’limot.
Dunyoqarash- insonning olamga faol munosabati bo‘lib, u olmni va o‘zini anglash jarayonida shakllanadi. dunyoqarash insonning olam xaqidagi xilma-xil qarashlar majmui. dunyoqarashning uchta tarixiy tiplari mavjud:
Mifalogik dunyoqarash-olamni, olamdagi voqea hodisalarni turli miflar orqali tushunish, tasavvur qilish. bu dunyoqarash insoniyat taraqqiyotining eng quyi bosqichlariga to‘g‘ri keladi.
Diniy dunyoqarash-olamni ilohiy kuchlar tahiri (ya’ni xudo va mo‘jizaga bog‘lab tushuntiradi).
Falsafiy dunyoqarash-olamni fan va aqlga asoslangan xolda tushuntirish.
Falsafa fani uzoq tarixiy davrni bosib o‘tdi olamni bilish ehtiyoji undan turli fanlar ajralib chiqishiga sabab bo‘ldi. tabiatshunoslik va jamiyatshunoslik fanlarining shakllanishiga ilg‘or falsafiy qarashlar qanchalik ijobiy tahir ko‘rsatgan bo‘lsa, o‘z navbatida boshqa fanlar, hatto siyosiy va mafkuraviy qarashlar ham tarixan falsafiy qarashlarga o‘z tahirini o‘tkazib kelmoqda.
Boshqa xususiy fanlar ma’lum bir fanga yoki sohaga tegishli bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rgansa, falsafa esa o‘sha xususiy fanlarda erishilgan barcha yutuqlarga tayanib eng umumiy xulosalar chiqaradi va eng umumiy qonuniyatlarni tadqiq etadi, demak falsafa barcha fanlar bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanadi.
Falsafa fanining jamiyatdagi o‘rni uning funksiyalarida aks etadi. Falsafa fanining funksiyalarini quyidagilar tashkil etadi:
Dunyoqarashlik;
Gnoseologik;
Metodologik;
Tarbiyaviy;
Praksiologik.
2. Qadimgi sharq falsafa sivilizatsiyasining beshiklaridan bo‘lgan misr va bobilda er.avvalgi to‘rt ming yillikning oxiri va uch ming yillikning boshlarida dastlabki falsafiy fikrlar, sodda ilmiy qarashlar astranomiya, kosmologiyaga matematikaga oid bilimlar vujudga keldi.
Bu yerda shakllangan falsafiy qarashlarning asosiy xususiyati bir tomondan sirli kuchlar, mo‘jizalarga ishonch bo‘lsa, ikkinchi tomondan afsona va rivoyatlar tarzida dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar shakllana boshlagan. bu o‘sha davrlardan qolgan manbalarda, xsusan, “arfist qo‘shig‘i”, “jafokash avliyo”, “xo‘jayinning o‘z quli bilan hayotning mazmuni haqida suhbat” kabi bitiklarda namoyon bo‘ladi.
Qadimgi xind falsafasini o‘rganishda “ramayana”, “mahabxorot”, “kamila va dimna”, “vedalar”, “upanishadalar” kabi mashhur asarlar ilk manba bo‘lib xizmat qiladi. vedalar-tabiatning iloxiy kuchlariga qaratilib aytiladigan duolar to‘plami bo‘lib rigveda, samaveda, yashurveda va atxarvaveda deb ataladigan to‘rtta katta bo‘limdan iborat.
Qadimgi xitoyda er.avv vii-vi asrlarda dastlabki falsafiy ta’limot daosizm vujudga kelgan. “daosizm” dao so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, yo‘l, taraqqiyot negizi ma’nolarini bildiradi. daosizmning asoschisi lao-szi bo‘lib, uning ta’limotiga ko‘ra, olam, jamiyat, inson hayoti dao qonuniga bo‘ysunmog‘i lozim. bu qonunga ko‘ra olamning asosini beshta unsur olov, suv, havo, yer , yog‘och yoki metal tashkil etadi.
Er avv vi-v asrlarda xitoyda konfutsiy ta’limoti vujudga kelgan. uning bizgacha “hikmatlari” afarimlari yetib kelgan. uning fikricha olamni osmon boshqaradi. tartib uning nuqtai nazariga ko‘ra, iloxiy mazmunga ega va uning mohiyatini “Li” tushunchasi belgilaydi
Markaziy Osiyoda miloddan avv vii asrlarda zardushtiylik ta’limoti vujudga kelgan.
3. Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar er avv vii-vi asrlarda milet shahrida yuzaga kelgan. qadimgi yunonistonning dastlabki faylasuflari yer, quyosh, yulduzlar, xayvonlar va odamning kelib chiqishini bir butin yaxlit tasavvur etishga xarakat qilgan mutafakkirlar edilar. shuning uchun ham ularni “fizik-tabiatshunoslar” deb ataganlar. ma’lumki, yunon mifalogiyasida asosiy e’tibor dunyoning kelib chiqishini izohlab berishga qaratilgan b-b, unda dunyoni kim yaratgan ? degan savolga javob qidirilardi. yunon faylasuflari esa asosiy e’tiborni dunyoning nimadan yaralgan degan savolga javob topishga qaratilgan. fales “tabiat haqida” degen asar yozgan, u olamning asosiga suvni, anaksimen olam cheksiz gazsimon apeyrondan, anaksimandr havo, suqrot falsafasi markazida axloq masalalari, aflotun olam g‘oyalardan yaralgan degan fikrni ilgari surishgan.
xii-xiii g‘arbiy yevropa falsafiy qarashlarida ilmiy fikrlar tobora yetakchi o‘rinni egallay boshladi. natijada falsafiy bilish nazariyasi-gnoseologiya muammolari bilan shug‘ullanish yetakchi maylga aylana bordi. buni ingliz faylasuflari f.bekon, tomas gobss, jon lok, gollandiyalik spinoza, fransiyalik rene dekart, v. leybnis falsafiy qarashlarida yaqqol ko‘rish mumkin.
Bekon o‘zining “yangi arganon”, “yangi atlantida” asarlarida o‘rta asr sxolastikasini tanqid qiladi va tabiat xodisalarini ilmiy tushunishni asosladi. bilishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘li, uning fikricha tajriba (eksperementdir)dir. bekon mavjud bo‘lgan barcha narsa va hodisalarga induktiv usul asosida yondashish g‘oyasini ilgari suradi. uning fikricha, bilish xususiy dalillardan umumiy ilmiy nazariyalar tomon yo‘nalish asosda bo‘ladi.
Ratsionalizmning asoschisi R.Dekart fikricha tabiatni bilishning birdan-bir yo‘li, aqliy bilishga asoslangan deduktiv uslubdir. r.dekart sezgilarning bilishdagi rolini pasaytiradi.uningcha ko‘z,quloq, burun, til va badan tashqi dunyo to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot beradi. bilishning manbai ham, bilimlarimizning haqiqatlik o‘lchovi ham aqldir deydi u. dekart o‘zining “men fikrlayman – demak men mavjudman”degan mashhur tezisini lgari suradi.
Jor Berkli o‘zining “kishi bilishi asoslari haqida risola” asarida barcha narsalar ongning holatdan, sezgilar majmuidan iborat deb ta’lim beradi. berkli materiyani, ob’ektiv reallikni butunlay tan olmas edi. u olamda “men” va mening sezgilarimdan boshqa hech narsa yo‘q olamdagi narsalar mening sezgilarimdagina mavjud, agar men sezmasam , ularning mavjudligi haqida gap bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblaydi.
Nemis klassik (mumtoz) falsafasi xviii asrning ikkinchi yarmi va xix asrning boshida vujudga keldi. bu falsafaning asosiy vakillari I.Kant, I.S.Fixte, F.R.Shelling, Gegel va Feyerbaxdir.
nemis klassik falsafasining asoschisi I.Kant edi. Kant falsafasining rivoji asosan ikki davrga bo‘linadi.
birinchisi tanqidiy falsafagacha bo‘lgan davr (taxminan xviii asrning 70-yillarigacha); ikkinchi tanqidiy falsafa davri. kant o‘z falsafasining dastlabki davrlarida asosan tabiatshunoslikning falsafiy masalalari bilan shug‘ullandi. u 1785 yilda yozgan eng yirik asari “butun umumiy tabiiy tarix osmon nazariyasi”da quyosh sistemasi koinotdagi boshlang‘ich katta tumanlikni aylanma harakat qilishi natijasida kelib chiqqan, deb hisoblaydi. bujarayonning sababi “dastlabki turtki” emas, balki o‘zaro tortishish va itarilish orasidagi ziddiyatdir. shu sababli quyosh sistemasidagi barcha sayyoralar, uzoq davom etgan tabiiy-tarixiy taraqqiyotning mahsulidir. xviii asrning 70-yillaridan boshlab kant faoliyatining ikkinchi davri boshlanadi va “sof aqlni tanqid”, “prolegomenlar” “muhokama qobiliyatini tanqid” kabi asarlarida o‘zining transsendental tizimini asosladi.u ob’ektiv reallikning mavjudligini e’tirof etadi va uni “narsa o‘zida” deb ataydi va uningcha narsa mohiyatini bilish mumkin emas.
Gegel ta’limotida barcha tabiiy va ijtimoiy hodisa va jarayonlarning tubida “olamiy ruh”, “mutloq g‘oya” borligini asoslashga harakat qilgan. gegel ta’limotida rivojlanish “triada” – 3 bosqichlik (tezis, antitezis va sintez) shaklida yuz beradi. bu mutloq ruhning tabiat yaratilganiga qadar bo‘lgan sof tafakkur bosqichi, mutloq ruhning tabiatga aylanishi, mutloq ruhning tabiatning inkori sifatida yana o‘ziga qaytishi. uning asosiy asarlari: “ruh fenomenologiyasi”, “mantiq fani”, “huquq falsafasi”.
Hozirgi zomon falsafasi deganda xx asrda shakllangan, falsafiy ta’limotlar nazarda tutiladi. xx asrning falsafiy muammolari odam –olam munosabatlariga yangicha yondashuvlarni o‘zida aks ettirdi. bu xx asrda falsafiy tafakkur irodasi bo‘lmish noklassik falsafaning shakllanishiga olib keldi.shunday qilib, xx asr falsafasi noklassik falsafa maqomini oldi. xx asrda keng tarqalgan falsafiy yo‘nalishlarga pragmatizm, ekzistensializm, pozitivizm kabilar kiradi.
Pragmatizm (yun.pragma-ish xarakat)-aqshda vujudga kelgan falsafiy oqim. pning asosiy g‘oyalari ch.pirs tomonidan ishlab chiqildi. uning fikricha haqiqat odamlar manfaatiga xizmat qilishi lozim, ya’ni naf, foyda keltiradigan barcha narsalar haqiqatdir .
Germaniyada M.Xaydegger, K.Yaspers, fransiyada G.Marsel, T.Satrlar ekzistensializm, (mavjudlik) falsafasiga asos soldilar. individning yashashi, o‘limi yoki “yashash usuli”dagi tashvishlar va o‘lim oldidagi qo‘rquv ekzistensialistlarni qiziqtiradigan masalalardir. elar falsafa o‘z etiborini avvalam bor insonga, uning ehtiyojiga kechinmalariga qaratishi lozim deb chiqdilar.
Pozivitizm ta’limotiga xx asrda fpransuz faylasufi Ogyust Kont asos solgan. pozivitizmning diqqat markazida falsafa va fanning o‘zaro munosabati muammosi turadi. pozitivistlar sotsiologik va boshqa fanlar rivoji falsafaga ehtiyojni qoldirmaydi degan davo bilan chiqdilar. 19 asrning oxirlarida tabiatshunoslikda ro‘y bergan inqilob tufayli pozitivizm krizisga uchradi va u empiriokritizm deb atalgan yangi ko‘rinishda tarqaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |