Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 5,68 Mb.
bet96/293
Sana29.01.2022
Hajmi5,68 Mb.
#415797
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   293
Bog'liq
2020 ФАЛСАФА УУМ

Xristianlikda ham ijtimoiy-falsafiy muammolarning rivojlanishi jiddiy tus olgan. Bunga Avliyo Avgustinning «Ilohiy shahar haqida» deb nomlangan asari sabab bo‘lib, unda u kishilik jamiyatining rivojlanishi to‘g‘risida o‘z konsepsiyasini shakllantirdi va rivojlantirdi. Bu asarda u gunohkorlikka, boylikka asoslangan jamiyatni diniy soflikka asoslangan jamiyatni qarama-qarshi qo‘yadi, xuddi shu jamiyatni «ilohiy shahar» - Boj’iy grad, deb ataydi. Tarixda xristianlikning katolitsizm, pravoslav, protestantizm kabi oqimlari mavjuddir. Ularning har biri o‘zining konfessional xususiyatlaridan tashqari, maxsus falsafiy tomonlariga ega bo‘lib, jamiyatning rivojlanishini turlicha ifoda etadi. Katolik dini o‘zini birqancha bosqichlarga ega bo‘lgan, jamiyatdan Yuqori turuvchi, uni boshqaruvchi va o‘z huqmini hamma odamlarga o‘tkazuvchi tashkilot deb hisoblaydi.
Pravoslav dini esa, o‘zini odamlarning odatiy, maishiy ishlari bilan bog‘liq, deb hisoblaydi. Ularda hech qachon yagona markazning bo‘lmaganligi ham shunga olib kelgan. Katoliklarga Rim va Papa ega bo‘lgan holda, barcha pravoslav cherkovlari mustaqil bo‘lganlar. Hatto, Konstantinopol patriarxi ham tenglarning ichida birinchilardan bo‘lgan.
Protestantizmga kelsak, u katoliklitsizmning hamma ishlarga haddan tashqari aralashuviga javob sifatida vujudga keldi. Protestantizm ko‘proq oddiy hayot tarzi bilan bog‘liq.
Hozirgi davrda ijtimoiy-falsafiy masalalar neotomizm ta’limotida o‘z ifodasini topib, u katolitsizmning rasmiy doktrinasi hisoblanadi. Bu ta’limotning mohiyati shundaki, unda jamiyat ilohiy talqin etiladi: kishilar o‘rtasidagi bog‘lanishlar, munosabatlari aniq maqsadni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Neotomistlarning fikricha, inson real ijtimoiy munosabatlar, Xudo bilan yaqinlashish jarayonida o‘z mohiyatini namoyon qiladi. Neotomizm jamiyatning rivojlanishini, an’anaviy diniy qarashlarni zamonaviy muammolar bilan birlashtirishga harakat qiladi.
Jamiyat rivojlanishini idealizm nuqtai nazaridan tushuntirib berish antik davrga – Fukidid va Geradot yashagan davr (mil. avv. V asr) ga to‘g‘ri keladi. Aflotun («Davlat», «Qonunlar» va boshqa asarlarida) jamiyat to‘g‘risidagi idealistik ta’limotni keng rivojlantirgan. Etatik an’ana undan boshlanib, unga asosan jamiyat bilan davlatni aynan bir deb tushuntirishga harakat qilingan. Aflotun o‘zining uch ijtimoiy sinfdan iborat ideal davlatning modelini ishlab chiqqan: «faylasuflar» («donishmandlar») davlatni boshqaradilar; «lashkarlar» («qo‘riqchilar») qo‘riqlaydilar, ozod mehnatkashlar (dehqonlar, hunarmandlar), shuning-dek qullar (ular jamiyat va uning tizimdan tashqaridalar) mehnat qiladilar. Aflotun ijtimoiy taraqqiyotning antik idealistik talqiniga asos soldi. Uning fikricha, ijtimoiy taraqqiyot jamiyat «g‘oyasini»ning kengaYuvi bo‘lib, jamiyat to‘g‘risidagi fikrlar u paydo bo‘lmasdan avvalroq mavjud bo‘lgan.
Jamiyat rivojlanishining idealistik talqini keyinchalik Arastu asarlarida o‘z aksini topdi («Siyosat», «Etika» va b.). U ijtimoiy tuzumning uch bosqichini ko‘rsatib berdi: a) oila; b) jamoa; v) davlat. Ularning hammasi bir-biri bilan ierarxik munosabatdadir. Jamoa – oilalar majmuasi; davlat esa jamoalar yig‘indisidan iboratdir. SHaxs jamiyat qonunlariga (oila, jamoa, davlatga) buysunishi, o‘z-o‘zini tarbiyalashi va yaxshilik qilishi jamiyatning qaror topib rivojlanishiga xizmat qilishi kerak. Davlatga (umuman jamiyatga ham) antik idealistik yondashuvning mohiyati shundaki, u alohida individga nisbatan birlamchi qaraladi.
Jamiyatning bunday an’anaviy talqiniga SHarq mutafakkirlari ham o‘z hissalarini qo‘shganlar. Bunga Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Beruniyning «O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar», YUsuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig», Navoiyning «Payg‘ambarlar va donishmandlar tarixi», Amir Temurning «Tuzuklari», A.Jomiyning «Iskandarning donishmandlik kitobi» va boshqa asarlarni misol qilib keltirishning o‘zi kifoya qiladi. Bundan sharq mutafakkirlarining antik davr falsafasi vorislari ekanliklari ko‘rinib turibdi. Masalan, Ibn Sinoning fikricha, jamiyat uch sinfga bo‘linishi kerak: boshqaruvchilar, lashkar (harbiy), ishlab chiqaruvchilar. Bu esa, Aflotunning qarashlarini tasdiqlaydi. O‘z navbatida Forobiyning jamiyatga oid qarashlari, g‘oyalari Arastuning fikri bilan bog‘lanib, SHarqdagi o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy sharoitiga moslashtirilgani, rivojlantirilgani ko‘rinib turibdi. SHarq mutafakkirlaridan Al-Buxoriy («SHoh uchun foydali xabarlar to‘g‘risida kitob»), Bedil («Bilish»), Mashrab («Devoni Mashrab»), Ahmad Donish («Kamyob hodisalar») ham o‘z asarlarida jamiyat, davlat, ularni boshqarish va shaxsning o‘rni to‘g‘risida o‘z fikrlarini yozib qoldirganlar.
XIX asrgacha bo‘lgan davrda jamiyatga oid qarashlarda diniy va idealistik qarashlar chambarchas holda hukmron bo‘lishiga qaramasdan, Levkipp va Demokritdan tortib to L. Feyerbaxgacha bo‘lgan, yirik mutafakkirlari qarashlarida ayrim materialistik g‘oyalar mavjud edi. Masalan, Demokrit ta’kidlashicha, insonning «qo‘li, aqli va idroki» insonning ehtiyojlari ta’siri ostida ijtimoiy qadriyatlarni yaratdi. Lukretsiy Kar jamiyat ham tabiat ham xudolarning irodasi bilan paydo bo‘lmaydi va ular orqali boshqarilmaydi degan fikrni ma’qullaydi.
YAngi davrda tabiiy fanlarning va mexanik-materialistik g‘oyalarning rivojlanishi ham ijtimoiy taraqqiyotni materialistik asosda tushuntirish to‘g‘risidagi bilimlarning shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bu jarayonga XVIII asr fransuz materialistlari katta hissa qo‘shdilar. Bu esa, a) jamiyatni idealistik-teologik tushunishni inkor qilish; b) determinizm konsepsiyasini (ijtimoiy hodisalarning paydo bo‘lishining sababiyligini) belgilash; v) jamiyatning insonlarning o‘zaro munosabatlari va o‘zaro ta’sirlari asosida qurilishi; g) rivojlanishning asosi deb amaliy tajriba va qarashlarga ahamiyat berish kerakligini ta’kidlash. Masalan, L.Feyerbax o‘zining naturalistik konsepsiyasini jamiyatni diniy va idealistik talqin etishga qarshi qo‘yadi. Uning asosida ijtimoiy rivojlanishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida inson sezgilari ekanligi ta’kidlanadi. Umuman olganda, L.Feyerbax materializmi antropologik xarakterga ega.
Ijtimoiy rivojlanishning materialistik talqini K.Marks va F.Engelslarning «Kapital», «Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi», «Nemis mafkurasi», «Falsafa qashshoqligi», «Muqaddas oila» asarlarida keng yoritilgan. Ular «ijtimoiy borliq», «ijtimoiy ong» kabi falsafiy tushunchalarini asoslab berib, birinchisini ikkinchisiga nisbatan birlamchi ekanligini ta’kidladilar. Ijtimoiy rivojlanishning asosini ijtimoiy ishlab chiqarish tashkil qilishi tushuntirib berildi. Jamiyat rivojlanishining tarixiy bosqichlarida ma’lum bir moddiy ishlab chiqarish usuli yotishi, bu esa ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya sifatida ifodalanib, insoniyat jamiyati tarixi esa formatsiyalarning ketma-ket almashinuvidan iboratdir.
Ijtimoiy rivojlanishni tushuntirishga oid hozirgi zamonaviy materialistik talqinlar etarli darajada ko‘p va rang-barangdir. Eng avvalo, «dialektik-gumanistik» oqim nuqtai nazaridan jamiyatni ko‘proq «insoniylashtirish», gumanizatsiyalashtirish kerak. SHu maqsadda falsafaning quyidagi turli maktablari va yo‘nalishlarining g‘oyalarini materialistik g‘oyalar bilan birlashtirishga harakat qilinadi: neoxegelchilik (Frankfurt maktabi – T. Adorno, T. Maruze, YU. Xabermas va b.); freydizm (freydomarksizm – V.Rayx, E.Fromm va b.; ekzistensializm (J.-P. Sartr, A. Lefevr, M. Merlo-Ponti va b.); fenomenologiya (E. Pachi, P.Pikone va b.), «Hayot falsafasi» (E.Blox) va boshqalar. Masalan, J.-P.Sartr to‘g‘ridan-to‘g‘ri «ijtimoiy materiya» ning mavjudligi to‘g‘risida gapirsa, «frankfurtchilar» esa jamiyatning iqtisodiy tuzilmasi tahliliga o‘z e’tiborlarini qaratadilar.
XX asr ijtimoiy falsafasining rivojiga venger faylasufi Derd Lukach (1886-1971), jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Uning g‘oyalari nafaqat Vengriyada (A.Xeller. F.Fexer, A.Xegedush), balki boshqa davlatlarda – YUgoslaviya (G.Petrovich, M.Markovich, S.Stoyanovich), Fransiyada (L.Goldman) ham ko‘pgina mutafakkirlarning falsafiy qarashlari shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Lukach va uning izdoshlari falsafa bus-butunicha jamiyatga yo‘naltirilgan, tabiat esa insonning unga nisbatan aqliy-amaliy munosabati orkali qaralishi kerak, deb taxmin qiladilar.
Jamiyat nima degan savol intuitiv jihatdan hamma uchun tushunarli bo‘lsa ham, lekin yana jamiyat nima o‘zi degan savol tug‘iladi?
Etimologik nuqtai nazardan bu tushuncha turlicha hodisalarning birligini ifodalaydi:
Moddiy dunyoning bir qismi bo‘lib, odamlarning birligini va shakllarining tarixan rivojlanayotgan barcha usullari majmuidir.
Odamlarning tarixiy jihatdan o‘zaro ta’sir usuli va birligi shaklining har biri.
YAshash vaqti va yashash joyi bir bo‘lgan odamlarning (mintaqa, mamlakat va b.) majmui.
Odamlarning ma’lum maqsad yo‘lida birlashishi.
O‘z vaqtini birgalikda o‘tkazuvchi odamlar guruhi va boshqalar.
Jamiyat tushunchasining mohiyatini turli falsafiy maktab va yo‘nalishlar shuningdek alohida mutafakkirlar ham turli yo‘llar bilan tushuntirishga harakat qilganlar. SHu jumlada jamiyat tug‘risidagi Yuqorida ko‘rsatilgan avvalgi ikkita tushunchani o‘z ichiga olgan «sotsium» tushunchasi paydo bo‘ldi.
Fransuz faylasufi va sotsiologi Emil DYurkgeym (1858 -1917) ning fikricha, «jamiyat – bu individlarning oddiy yig‘indisidan iborat bo‘lmay, maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgan, ularning birlashmasidan tashkil topgan tizim bo‘lib, reallikni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan «sui generis» aks ettiradi». Nemis faylasufi Maks Veber (1864-1920) fikricha, jamiyat insonlarning o‘zaro ta’siridan, ya’ni ijtimoiy xatti-harakatlardan tashkil topgan tizim bo‘lib, boshqa odamlarning xatti-harakatiga qarshi javob tariqasida yo‘naltirilgandir. M.Veber jamiyat rivojining asosini ijtimoiy faoliyatda, deb hisoblaydi. Amerika sotsiologi va ijtimoiy falsafa bo‘yicha mutaxassis – faylasuf Tolkott Parsons (1902-1979) fikricha, jamiyat qadriyatlar va me’yorlar bilan bog‘langan odamlarning munosabatiga asolangan tizimdir. Inson shularga asoslanib o‘z ijtimoiy faoliyatini amalga oshiradi. T.Parsonsni ma’lum ma’noda M.Veberning g‘oyaviy merosxo‘ri deyish mumkin.
Hozirgi davrning taniqli faylasuflari R.Aron, D.Bell, P.Blau, A.Giddens, R.Darendorf, G.Zimmel, F. Znanetskiy, T.Kun, K.Levi-Stross, K. Manngeym, R. Merton, X.Ortega-i-Gasset, K.Popper, P.A. Sorokin, E.Fromm, K.YAspers va boshqalar jamiyat to‘g‘risidagi o‘ziga xos fikrlarini bildirganlar. Ko‘pchilik mutafakkirlar jamiyatning mohiyati bir yoki bir nechta asosiy prinsip orqali tushuntiradilar. Masalan, O.SHpannda bu prinsip – birbutunlik, O.Tofflerda – plYuralizm, U.Rostouda – bosqichma-bosqichlik, K.Popperda – ochiqlik, R.Mertonda – universallik. Lekin masalaga jiddiy qarovchi faylasuflar hatto o‘zlarining prinsiplarini ham mutlaqlashtirmaydilar. Masalan, K.Popper ochiqlik prinsipi to‘g‘risida shunday deb yozadi: «Ochiq jamiyatlar... hali mukammallikdan yiroqda..., balki avlodlarimiz bir necha Yuz yillardan so‘ng axloqiy jihatdan bizdan ancha o‘tib ketsalar kerak. Bularning barchasi ro‘y berishi mumkin deb hisoblasam-da, shunga qaramay, yana qaytaraman: hozirgi davrda biz yashab turgan ochiq jamiyatlar – qachonlardir mavjud bo‘lgan jamiyatlarning eng yaxshisi, eng erkin va adolatlisi, o‘z-o‘zini tanqid qiluvchi va islohotlarni eng tez qabul qiluvchilardir».
«Jamiyat» tushunchasini bir ma’noda ta’rif qilinganda bir qancha nazariy, metodologik va etimologik murakkabliklarga duch kelinadi. Birinchidan, bu tushuncha hajmi va mazmuni jihatdan juda keng. Ikkinchidan, bu tushuncha mavhum, ya’ni falsafiy kategoriyadir. Uchinchidan, bu tushuncha dinamik, ya’ni rivojlanuvchandir. To‘rtinchidan, jamiyat faqat falsafa fanining predmeti bo‘lmasdan, hamma ijtimoiy fanlar majmuining predmetidir. Beshinchidan, «jamiyat» atamasi turli ma’nolarda ishlatilishi mumkin.
«Jamiyat» tushunchasi Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ma’nolardan tashqari yana: a) biologik tizimlarning eng rivojlangan bosqichi; b) konkret aniq sotsium; v) ijtimoiy aloqalar va o‘zaro ta’sirlar shakli va b. Jamiyat to‘g‘risida gap ketganda, u keng, falsafiy nuqtai nazardan tushuniladi. Eng keng ma’noda, jamiyat – bu odamlar birlashuvining hamma shakllari va ularning o‘zaro aloqalari va o‘zaro ta’sirlarining hamma usullari majmuidir.
Jamiyat tushunchasining mohiyatini turli falsafiy maktab va yo‘nalishlar shuningdek alohida mutafakkirlar ham turli yo‘llar bilan tushuntirishga harakat qilganlar. SHu jumlada jamiyat tug‘risidagi Yuqorida ko‘rsatilgan avvalgi ikkita tushunchani o‘z ichiga olgan «sotsium» tushunchasi paydo bo‘ldi.
Jamiyat har qanday murakkab bir butun hodisa va tizim sifatida o‘z tuzilishi, strukturasiga ega. Bu struktura qanday degan savolga faylasuflarning bir emas bir qancha avlodlari javob topishga harakat qilishgan. Qadimgi sharq faylasuflari fikricha, jamiyat birbutun bo‘lgani bilan bir turdagi ob’ekt emas. Miloddan avval IV asrda yashagan xitoy faylasufi CHjuan-szi ta’kidlashicha, «nimaiki turli-tumanlikdan mahrum bo‘lsa, turli-tumanlik bo‘lgan joyda paydo bo‘ladi».
Vaqt o‘tishi bilan jamiyat tuzilmasida to‘rtta asosiy sohalar ajralib chiqdi: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalar. SHuni ta’kidlash kerakki, «ijtimoiy hayot sohasi» tushunchasi o‘rniga «ijtimoiy struktura» yoki «siyosiy hayot» kabi tushunchalar ishlatiladi. Ularni sinonim tushunchalar desa ham bo‘ladi. Lekin fanda ko‘proq «soha» tushunchasi qo‘llaniladi.

Download 5,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish