Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 5,68 Mb.
bet92/293
Sana29.01.2022
Hajmi5,68 Mb.
#415797
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   293
Bog'liq
2020 ФАЛСАФА УУМ

A.Toynbi sivilizatsion ayniylikning mezoni sifatida, din, tarix, til, an’ana va madaniyatni qabul qiladi hamda shu asosda 5 ta «jonli» sivilizatsiyalarni ajratadi – g‘arb xristianligi orqali birlashagn g‘arb jamiyati; janubi-sharqiy Evropani Rossiya bilan birlashtirgan pravoslav-xristian jamiyati, SHimoliy Afrikadan tortib BuYuk Xitoy devori hududigacha bo‘lgan – islom jamiyati, tropik-subkontinental Hindistondagi – hind jamiyati, Janubiy-SHarqiy Osiyoning subtropik va mo‘‘tadil hududlarida shakllangan – Uzoq SHarq jamiyati11.
N.Danilevskiy 10 ta sivilizatsiyani yoki uning iborasi bilan aytganda, madaniy-tarixiy tiplarni farqlaydi. Bular: misr, ossuriya-bobil-finikiya-xaldey (qadimgi somiy), xitoy, hind, eron, yahudiy, Yunon, rim, arab (yangi somiy), evropa (romano-german)12 sivilizatsiyalaridir.
Sivilizatsion konsepsiya tarafdorlari rivojlanishning davriyligi nuqtai nazaridan turib, sivilizatsiyaning vujudga kelish, gullab-yashnash va halokati bosqichlarini ajratadilar. Uni o‘simliklar, jonivorlar va inson hayoti davrlari bilan qiyoslab, sivilizatsiyalar «tug‘iladi, rivojlanishning turli bosqichlaridan o‘tadi, qariydi, so‘nadi, halok bo‘ladi», deb hisoblashadi. Umuman olganda, tarix, ularning fikricha, jahon tarixi miqyosida muayyan tarzda o‘zaro aloqada bo‘lgan, rivojlanib boruvchi lokal sivilizatsiyalar majmuini tashkil etadi, jahon sivilizatsiyasi esa, turli sivilizatsiyalarning o‘zaro ta’siri natijasidir.
SHunday qilib, sivilizatsiya – tarixning madaniy-tarixiy konsepsiyasi nuqtai nazaridan, - sotsiomadaniy asosga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi mamlakat va xalqlarning yirik hamda uzoq davom etadigan mustaqil umumiyati bo‘lib, ularning o‘ziga xosligi tabiiy, oxir-oqibat hayotning ob’ektiv sharoitlari, shuningdek, ishlab chiqarish usuliga bog‘liq bo‘ladi. Bu umumiyatlar vujudga kelish, shakllanish, inqiroz va barham topish bosqichlarini bosib o‘tdilar.
XX asrning oxirlariga kelib, ayrim analitiklar tomonidan dunyoning ikki yarim sharli tuzilishi va tarixning megatsiklik (megadavriy) xarakteri konsepsiyasi ilgari surila boshladi13. Bu ta’limotning zaminida insoniyat tarixini avval boshdanoq SHarq va G‘arbga bo‘lingan sotsiomadaniy tizimlar tarzida talqin etish g‘oyasi yotadi. Mashhur nemis faylasufi K.YAspers (1883-1969) yozishicha: «Dastlabki qutblanish (SHarq va G‘arb) turli ko‘rinishlarda asrlar davomida hayotiyligini saqlab kelgan… YUnonlar va forslar, Rim imperiyasining G‘arbiy va SHarqiyga bo‘linishi, g‘arbiy va sharqiy xristianlik, g‘arb dunyosi va islom, Evropa va Osiyo – bular birining o‘rnini boshqasi ketma-ket egallagan ushbu qarama-qarshilikning timsollaridir…»14.
Jahon tarixining megatsiklik konsepsiyasi o‘zining gipotetik va sxematik xususiyatlariga qaramay, jahon tarixini birlikda, SHarq va G‘arbning o‘zaro dialektik aloqadorligida anglashga yo‘naltirilgan zamonaviy nuqtai-nazarlardan biri sifatida muayyan e’tiborga loyiqdir.
Formatsion va sivilizatsion yondoshuvlar bir-birlaridan farq qiladi. Ammo bir-birlarini to‘liq inkor etmaydilar, ular bir-birini o‘zaro to‘ldiradi. Agar formatsion yondoshuv – tarixning ijtimoiy-iqtisodiy kesimi bo‘lib, tarixni moddiy ishlab chiqarish usuli asosida tahlil etsa, sivilizatsion yondoshuv madaniyat omiliga, madaniyatga, asosan, xulq-atvor xarakteriga – an’analarga, urf-odatlarga, turmush tarziga, mentallikka e’tibor qaratadi.
Formatsion nazariya yangilanishi mumkin va zarur, shu jumladan sivilizatsion yondoshuv elementlari asosida ham. O‘z navbatida sivilizatsion yondashuv ham, insoniyat tarixining yaxlit manzarasini aks ettiruvchi formatsion nazariyaning oqilona elementlari hisobiga yangilanishi mumkin.

Download 5,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish