NON CAUSA PRO CAUSA – (lot. Uning so‘zma-so‘z tarjimasi: “Sababdan emas, sabab uchun” demakdir). Bu “Ketma-ket kelgan narsalarning barchasi sabab va oqibat bo‘ladi” degan xatoning lotincha nomi. Masalan: kun tundan keyin keladi. Lekin bundan tun kunning sababi ekan degan ma’no aslo kelib chiqmaydi.
O – LOTINCHA «Nego» (inkor qilaman) so‘zining ikkinchi unli harfi bo‘lib, u juz’iy inkor hukmni simvolik tarzda ifodalaydi.
OB’EKT (lot. objectum - predmet) – ayni paytda ongimizdan tashqarida unga bog‘liq bo‘lmagan, bizning ongimiz predmeti bo‘lgan narsa va hodisalar.
OBYEKTIV MANTIQ –ongimizdan tashqarida bo‘lgan reallikning rivojlanishi, aloqasi, munosabati. Sub’ektiv mantiq ana Shu obektiv olamning inson ongidagi in’ikosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |