OSTENSIV TA’RIFLASH – (lot.ostendere - ko‘rsatmoq) predmetni bevosita ko‘rsatish orqali ta’riflash.
R - LOTINCHA PRAEDICATUM – kesim so‘zining birinchi unli harfi bo‘lib, u hukm predikatining simvolik ifodasidir. Sillogizm hulosaning predikati bo‘lib kelgani uchun katta termin ham R harfi bilan belgilanadi.
PARADOKS (grek. para – qarshi va doxa - fikr) – kutilmagan, odatdan tashqari ajoyib fikr bo‘lib, ma’lum hukmron va kundalik hayot fikrlariga, xatto rosmana fikrga qarama-qarshi bo‘lgan mulohazadir. Formal mantiqda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki hulosa bo‘lib, ularning har ikkalasi chin (to‘g‘ri) yoki xato deb qaraladigan fikrga paradoks deyiladi.
PREDIKAT (lot. praedicatum - kesim) – hukmda predmetga xos belgini ifodalaydi. Predmetdagi belgini mantiqiy bog‘lovchilar orqali tasdiqlab yoki inkor qilib ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |