Tobi’inlar davri. Sahobalar davri haqida mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ular orasida ko‘plab Shogirdlarga ega bo‘lgan faqihlar mavjud edi. Keyinchalik ularning bu Shogirdlari ilm sohasida, xususan fiqh ilmida katta xizmat qildilar. Ular biror muammoni hal etishda faqatgina og‘zaki fatvo berish bilan cheklanmay, balki yozma asarlar ham qoldirganlar. Mana Shunday yozma asar qoldirgan olimlarning birinchilaridan Urva ibn Zubayr (vaf. Xij 94, mil 712 y.) bo‘lgan. Biroq, manbalarning ma’lumot berishicha, uning barcha yozgan kitoblari yonib ketganligi sababli keyingi avlodga etib kelmagan.
Fiqh ilmiga doir asarlarni boblar va fasllarga bo‘lib tasnif qilish ilk asrdayoq boshlangan edi.
Tobi’inlar davri keyinchalik muazzam asarlar yozilishi va minglab kishilar qabul qilgan mazhablarning buYuk mujtahidlari etishib chiqishi uchun poydevor vazifasini o‘tagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |