Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Islom dining O’rta Osiyoga kirib kelishi



Download 5,68 Mb.
bet188/293
Sana29.01.2022
Hajmi5,68 Mb.
#415797
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   293
Bog'liq
2020 ФАЛСАФА УУМ

5.3 .Islom dining O’rta Osiyoga kirib kelishi. Islom dinining O‘rta Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab istilolari va arablarning ko‘p asrlik hukmronligi bilan bog‘liq. O‘rta Osiyoga arab Yurishlari 643-644 yillarda boshlangan bo‘lsa ham, o‘lkani uzil-kesil bosib olishga uzoq davrli kurashdan so‘ng faqat arab qo‘mondoni Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy (704-715) erishdi. Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bo‘lishi oqibatida O‘rta Osiyo ikki qismga bo‘lindi:
1) Movarounnahr («Ikki daryo oralig‘i») va
2) Arodi at-turk («Turklar yerlari», ya’ni arablarga bo‘ysunmagan hukmdorlar yerlari). Mazkur ikki hududda islomlashuv jarayonlari turli xilda kecha boshladi.
Movarounnahrning islomlashuviga quyidagi ikki omil bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Abu Muslim (747-755) qo‘zg‘oloni davrigacha O‘rta Osiyoda islomdan oldingi davr hukmdorlari (ixshid, buxor-xudot va boshqalar) o‘z mavqelarini saqlab turdilar. Jumladan, ular mahalliy aholini boshqarish va ulardan arablar uchun soliq yig‘ish vazifalarini bajardilar. Ummaviy hukmdorlari mamlakat ichki ishlariga bevosita aralashmasdan, mahalliy sulolalardan o‘lpon olish bilan cheklanardilar. Ba’zida bu o‘lpon mahalliy aholidan yig‘ilgan jiz’ya (boshqa din vakillaridan yig‘iladigan soliq) sifatida qabul qilinar edi. Bu esa keyinchalik islom dinini qabul qilgan aholidan oddiy soliq yoki jiz’ya yig‘ish masalasida chigallikning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Ikkinchi omil Ummaviylar davrida (661-750) arablarning mahalliy aholi tarafidan islom dinining qabul qilinishiga monelik qilishlari bilan bog‘liqdir. CHunki arablar ilk davrda talay imtiyozlarga ega edilar. Bu davr qoidalariga ko‘ra, islom dinini qabul qilgan kishi «arab»ga aylanar, ya’ni jamiyatda arablar kabi imtiyozlarga ega bo‘lardilar.
Bu holda mahalliy musulmonlardan jiz’ya olmaslik, arab va arab bo‘lmagan musulmonlarning teng huquqliligi uchun kurash olib borgan islom dini ichidagi murji’iylar diniy-siyosiy harakati g‘oyalari Movarounnahrda keng tarqalish imkoniga ega bo‘ldi. CHunki o‘lkada arab bo‘lmagan musulmonlarning haq-huquqlari arablar tomonidan poymol etilardi. Murji’iylarning faol harakatlari VII asrning 20-40 yillariga to‘g‘ri keladi. Murji’iy al-Horis ibn Surayj qo‘zg‘oloni (734-746) Movarounnahr aholisi tarafidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. VII asrda Shakllana boshlagan murji’iylarning aynan imon va amalning ayri-ayri ekanligi haqidagi qarashlari bu hududda yerli aholining hech bir qiyinchiliksiz islomni qabul qilishlariga, Shuning barobarida, yangi Shakllanayotgan islom jamiyatida teng huquqlilikka erishishlariga qulay Sharoit yaratib berdi; keyinchalik esa – ular garchi arab tilini, qiyin diniy amallarni, o‘zlariga butkul yot muhitni to‘la anglab yetmasalarda, ijtimoiy mavqelari va milliy-madaniy qadriyatlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldilar. Abu Muslim (749 yil) harakati g‘alabasi oqibatida arab bo‘lmagan musulmonlarning arablar bilan teng huquqlilikka erishishi natijasida murji’iylik g‘oyalari siyosiy-ijtimoiy sohadan ilohiyot fani jabhasiga ko‘cha boshladi.
O‘rta Osiyoda uzoq vaqt davomida (VIII-XIII asrlar) davlat tuzumi Bag‘doddagi holatni takrorlar edi. YAxshi ma’lumki, Payg‘ambar vafotidan (632 y.) so‘ng davlat hayotida dunyoviylik prinsipi ustun bo‘lib keldi. Ammo islom dinini birinchi navbatda hukmron doiralar tarafidan yagona din (monodin) deb e’tirof etish jamiyat hayotida ulamolar mavqeining Yuqori bo‘lishiga tabiiy tarzda olib keldi. CHunki din qoidalarini ishlab chiqish davlat tasarrufida emas, balki yetarli diniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaharliklar – ulamolar qo‘lida edi. Ular, albatta, bu qoidalarni ta’birlash davomida o‘z tabaqasi manfaatlarini esdan chiqarmas edilar. yoki og‘ir va ziddiyatli hollarda shahar ahli qo‘llab-quvvatlashiga tayanib, hokimu sultonlarni «diniy shiorlar» ostida tartibga chaqirib qo‘yishi ham mumkin edi. SHuning uchun doimo islom dunyosidagi turli mintaqalarda hurmronlik qilgan davlatlar muayyan diniy siyosat olib borishga majbur bo‘ldi. Masalan, Somoniylar kelishuvchan (konformist) ulamolardan o‘z siyosatlarini o‘tkazishda foydalanib, norozilarini esa ta’qib qildilar. Qoraxoniylar (999-1212) rasmiy diniy mansablarga mahalliy ulamolar o‘rniga chekka hududlardan taklif qilingan olimlarni tayinlay boshladilar. SHuningdek, ular o‘z kadrlarini tarbiyalash maqsadida madrasalar ta’sis etdilar. Saljuqiylar, qoraxitoylar, xorazmShohlar Yurishlari oqibatida markaziy hokimiyat qudratiga putur etdi. Bu esa mamlakat siyosatiga shaharliklarning, ularning yetakchilari – ulamolarning aralashuvini kuchaytirdi. Bunday holat ilmu fanda hozirgacha yaxshi o‘rganilmagan hodisa – Buxoro shahri boshqaruviga ulamolar sulolasi – Sadrlar (1102-1238) kelishi fenomenini Yuzaga keltirdi.
Mo‘g‘ullar istilosi (1218-1221) natijasida O‘rta Osiyoda o‘rnatilgan siyosiy tuzum oldingilaridan tubdan farq qiladi. Unga YAqin va O‘rta SHarq mamlakatlarida Shakllangan davlatchilik prinsiplari o‘rniga Markaziy Osiyo ko‘chmanchilik an’analari asos qilib olindi. Barpo etilgan yangi tuzumda dinga, xususan ulamolarga bo‘lgan munosabat butunlay boshqacha edi. O‘rta Osiyo siyosiy hayotida shaharlik aholi ahamiyati pasayib, yangi aholi tabaqasi – chig‘atoylar roli oshib bordi. Natijada Buxoro va Samarqand hanafiy ulamolarining ijtimoiy salmog‘i tobora pasayib bordi. Bu esa mazkur maktab ilmiy salohiyatida avval turg‘unlikka, so‘ngra esa parokandalikka olib keldi. YAngi Sharoitda ulamolarning boshqa bir toifasining ahamiyati osha bordi. Ular avvaliga xarizmatik (karomatli) Shayxlar, ovloq yerlik (chekka hududlik) Shayxlar nomlari bilan ma’lum bo‘ldilar.

Download 5,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish