Zaydiylar. Milodiy sakkizinchi asr o’rtalarida shialikda vujudga kelgan bir firqa tarafdorlari «zaydiylar» deb atalgan. Bu firqaga shialarning beshinchi imomi Muhammad Boqirning ukasi Zayd ibn Ali asos solgan. U imomlikka da’vogar bo’lib, milodiy 739 yili Kufada umaviylar hokimiyatiga qarshi isyon ko’targan. Xalifa Hishom isyonni bostiradi, Zaydning o’zi jangda halok bo’ladi. Zaydiylar Ajamdan bir payg’ambar kelishiga va u Payg’ambarimizning (s.a.v.) Shariatlarini nasx (bekor) qilishiga ishonganlari uchun Islomdan tashqarida qoldi, kufri vojibdir deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |