Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 5,68 Mb.
bet37/293
Sana29.01.2022
Hajmi5,68 Mb.
#415797
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   293
Bog'liq
2020 ФАЛСАФА УУМ

«Rivojlanish» tushunchasiga u boshqa ma’lum tushunchalar – «o‘zgarish» va «harakat» bilan o‘zaro nisbatlash yo‘li bilan ta’rif berish mumkin. O‘zgarish – bu narsalar, hodisalarning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi. U «barqarorlik»ka zid va aniq yo‘nalishli – progressiv yoki regressiv xususiyat kasb etadi. Progress yoki taraqqiyot – materiya tuzilishining quyi shakllaridan oliy shakllariga, soddadan murakkabga o‘tish. Bunga teskari yo‘nalishda Yuz beruvchi jarayon regress deb ataladi.
Rivojlanishni harakat fenomenidan quyidagi jihatlar yordamida farqlash mumkin: 1) vaqtda aniq yo‘nalishga egalik – o‘tmishdan hozirgi davr orqali kelajakka qaratilganlik; 2) jarayonning ortga qaytmasligi, ya’ni o‘zgaruvchi real narsalar, hodisalar o‘z individual jihatlarida betakrordir; 3) rivojlanish jarayonida yangi, ya’ni ilgari mavjud bo‘lmagan narsaning paydo bo‘lishi; 4) rivojlanishning qonuniy xususiyati, u muayyan qonunlarga bo‘ysunishi.
Rivojlanishning dialektik konsepsiyasi quyidagi jihatlarga alohida e’tiborni qaratadi: Birinchidan, rivojlanishning manbai narsalar, hodisalar va jarayonlarning ichki ziddiyatlaridir. Bu borliqning barcha hodisalariga ichki qarama-qarshiliklar xos ekanligini anglatadi. Bu qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi munosabatlar ziddiyatlar deb ataladi. Har bir predmet, hodisa, jarayon doirasida qarama-qarshiliklarning birligi va qarshi harakati kuzatiladi. U hamma joyda: jonsiz tabiatda ham, jonli tabiatda ham, ijtimoiy hayotda ham, ong sohasida ham Yuz beradi. CHunki borliqning umumiy qonuni – dialektik ziddiyatlilik qonuni amal qiladi. Ikkinchidan, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi rivojlanishning shakli hisoblanadi. Tabiat, jamiyat va tafakkurda Yuz beruvchi jarayonlar tahlili har bir narsa, hodisa, jarayonga bir-biri bilan uzviy aloqa qiluvchi va muttasil o‘zgaruvchi miqdor va sifat jihatlari xosdir, degan xulosaga kelish imkonini beradi. Bu o‘zgarishlarning mohiyati shunda namoyon bo‘ladiki, miqdor o‘zgarishlari asta-sekin yig‘ilib, predmetning me’yorini oshiradi va uning sifat holati o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bu sakrash, rivojlanish jarayonida hujumkorlikni to‘xtatish tarzida Yuz beradi. Bu erda borliqning umumiy qonuni – miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni amal qiladi. Uchinchidan, rivojlanish jarayonida vorisiylik omili muqarrar tarzda mavjud bo‘ladi. Buning natijasida rivojlanish oldingi darajalarining boyligi muttasil to‘planishi unga hujumkor tus beradi. SHunga qaramay ayni shu hujumkorlik ziddiyatlidir, chunki rivojlanish sikllilik bosqichlarini o‘z ichiga oladi, «go‘yoki» eskiga qaytish Yuz beradi va rivojlanish spiralsimon ko‘rinish kasb etadi. Bunda borliqning umumiy qonuni – inkorni-inkor namoyon bo‘ladi.
Rivojlanishning umumiy qonunlari. Dialektika qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o‘rinni egallaydi. Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun uning asosiy kategoriyalarini ko‘rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz. Qarama-qarshiliklar – predmetning bir-birini istisno etuvchi va bir-birini nazarda tutuvchi tomonlaridir. Qarama-qarshiliklar – o‘zaro bog‘lanishli bo‘lgan tushunchalar. Turli jihatlardan olingan taqdirda, ular o‘zaro birlikni tashkil etmaydi va bir-biriga zid bo‘lmasligi mumkin. Qarama-qarshilik – narsalar va hodisalardagi bir-birini taqozo qiluvchi va bir-birini istisno etuvchi tomonlar, hossalar, tendensiyalar, jarayonlarni aks ettiruvchi falsafiy kategoriya (assimilyasiya – dissimilyasiya, o‘zgaruvchanlik – tug‘malik, ishlab chiqarish – iste’mol qilish, yaxshilik – yomonlik va sh.k.).
Qarama-qarshiliklar o‘rtasida ikki xil munosabat mavjud: yagonalik munosabati va qarshi harakatga doir munosabat (qonunning klassik ta’rifida «kurash» atamasi ishlatiladiki, u qonunning mohiyatini soddalashtiradi, chunki mazkur atama ko‘proq jamiyatga tegishlidir.)

Download 5,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish