Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Qonun deb, bir qancha zaruriy belgilarga ega bo‘lgan o‘zaro aloqaga aytiladi: 1) aloqaning ob’ektivligi



Download 5,68 Mb.
bet36/293
Sana29.01.2022
Hajmi5,68 Mb.
#415797
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   293
Bog'liq
2020 ФАЛСАФА УУМ

2. Qonun deb, bir qancha zaruriy belgilarga ega bo‘lgan o‘zaro aloqaga aytiladi: 1) aloqaning ob’ektivligi. Energiya va moddaning saqlanish qonunlari yoki butun olam tortishish qonuni haqida gapiradigan bo‘lsak, biz ularni bekor qilishimiz yoki ularning amal qilishini ongli ravishda to‘xtatishimiz mumkin emas; 2) aloqaning muhimligi. Muhim aloqa – bu narsaning mavjudligini, uning harakati va rivojlanishini belgilovchi aloqa. Aytaylik, elementlarning davriy qonuni atom og‘irligi, atom o‘zagining zaryadi va elementlarning kimyoviy xossalari o‘rtasidagi muhim aloqani aks ettiradi; 3) aloqaning zaruriyligi. Zaruriy aloqa – bu muayyan sharoitda zaruriy tarzda namoyon bo‘luvchi aloqa. Masalan, fizikada ma’lum bo‘lgan o‘tkazgich qarshiligining o‘tkazgich tarkibi, uning uzunligi va ko‘ndalang kesimining Yuziga bog‘liqligi qonuni o‘tkazgichda elektr toki o‘tgan har bir holda zaruriy tarzda namoyon bo‘ladi, chunki u o‘tkazgich qaysi moddadan yasalgan bo‘lsa, shu moddaning tabiati, unga xos bo‘lgan ob’ektiv xususiyatlar bilan belgilanadi; 4) aloqaning barqarorligi. Barqaror aloqa – bu ishonchli tarzda saqlanadigan aloqa. U materiya harakatining tegishli shakli (materiya rivojlanishining muayyan bosqichi) yoki tafakkur mavjud bo‘lgan davr mobaynida, toki bu narsalar va hodisalar mavjud ekan, amalda mavjud bo‘ladi; 5) aloqaning umumiyligi. Aloqaning umumiyligi shunda namoyon bo‘ladiki, unga ob’ektiv dunyoning aksariyat yoki hatto barcha narsalari, hodisalari va jarayonlari bo‘ysunadi.
Qonunning ko‘rib chiqilgan belgilari unga mantiqiy ta’rif berish imkonini beradi. Qonun – bu moddiy va ma’naviy hodisalarning ularning harakat va rivojlanish xususiyati va yo‘nalishini belgilovchi ob’ektiv, muhim, zaruriy, barqaror va umumiy aloqasi.
SHuningdek, «qonuniyat» tushunchasi ham ishlatiladi. Qonuniyat qonunga qaraganda kengroq tushunchadir. Qonun muayyan sharoitda o‘zini qat’iy va muqarrar tarzda namoyon etsa, qonuniyat bir qancha qonunlarning o‘zaro aloqasi, o‘zaro ta’siri sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish chog‘ida qiymat qonuni yoki ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanishining muayyan darajasiga ishlab chiqarish kuchlarining muvofiqligi qonunining aniq ko‘rinishlari haqida ham, ob’ektiv qonuniyat sifatidagi jamiyatning faol rivojlanishi haqida ham gapirish mumkin.
Qonunlar har xil bo‘ladi. Xususan, asosiy va ikkinchi darajali, dinamik va statik qonunlar, tabiat va jamiyat qonunlari, maxsus va umumiy qonunlar farqlanadi. Borliq qonunlari haqidagi ta’limot sifatidagi dialektikani umumiy (universal) qonunlar qiziqtiradi, chunki ular, birinchidan, faoliyatning barcha sohalariga xos, ya’ni tabiat, jamiyat va bilishda amal qiladi; ikkinchidan, harakat va rivojlanishning teran asoslarini yoritib beradi, aniqroq aytganda, rivojlanish nima uchun, qay tarzda, qaysi yo‘nalishda Yuz beradi, degan muhim savollarga izchil javob beradi.
Dialektika borliqning umumiy qonunlari haqidagi ta’limot sifatida ob’ektiv dunyo tinimsiz harakatda, o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘lishidan kelib chiqadi. Dialektikaning bu qoidasi uning ikkinchi tamoyili – rivojlanish tamoyilida qayd etiladi. Ammo rivojlanishni ko‘rish va uning mavjudligini tan olishning o‘zi kifoya qilmaydi. «Rivojlanish» tushunchasining mohiyat va mazmuni haqida aniq tasavvur hosil qilish talab etiladi.
Rivojlanish nima? Bu tushuncha falsafada qanday talqin qilinadi?

Download 5,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish