BURCH — jamiyat, davlat va Shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U vijdon, e’tiqod, mas’uliyat kabi tuShunchalar b-n mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda insonning har bir xattiqharakati zamirida B. ga sadoqat yoki xiyonat yotadi. B. ning insonlik B.i, musulmonlik B.i, nasroniylik B.i, fuqarolik B.i, otalik B.i, onalik B.i, farzandlik B.i singari barcha davrlar uchun umumiy bo‘lgan tuShunchalari ham, jurnalistlik B.i, shifokorlik B.i, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tuShunchalari ham mavjud. B. tuShunchasining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri – uning vaqt va jamiyatda muayyanlashish xususiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |