BOTINIYLIK VA ZOHIRIYLIK — ma’naviy hodisalar bo‘lib, insonning ichki, qalb, ko‘nglidagi hissiyotlar va ularni sirtqi tomondan, tashqi ko‘rinishda ifodalanishi. Inson tashqi tomonidan qanday ko‘rinishidan qat’iy nazar, uning B. hissiyoti, qalbi, ko‘ngli nihoyatda nozik va ma’naviy boy bo‘lishi mumkin. Sirtdan qaraganda kam-ko‘stsiz, salobatli ko‘ringan kishi hissiyotsiz, qalbi ko‘r bo‘lishi ham mumkin. B. insonga baxSh etilgan ne’mat, u buYuk kishilarning zohiriy faoliyatlarida yorqin ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |