TO‘LIQ INDUKSIYA – induktiv hulosa chiqarishning turi bo‘lib, bunda ma’lum bir hodisaning barcha hollarini to‘la ravishda o‘z ichiga oladigan asoslardan umumiy hulosa chiqariladi.
TO‘LIQSIZ INDUKSIYA – induktiv hulosaning turi bo‘lib, u tekshiriladigan hodisaning barcha hollarini emas, balki ayrim hollarinigana o‘z ichiga oladi va ayrim predmetlarni ifodalagan asoslardan hulosa chiqaradi.
TUSHUNCHA – predmetlarning umumiy va muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur Shakli.
TUSHUNCHALARNING ASOSIY TURKUMLARI – tuShunchalar hajmiga va mazmuniga qarab turkumlarga bo‘linadi. Hajmiga ko‘ra yakka va umumiy tuShunchalarga bo‘linadi. Mazmuniga qarab: konkret va abstrakt, nisbatdosh va nisbasiz, musbat va manfiy tuShunchalarga bo‘linadi.
TUSHUNCHALARNI BO‘LISH – mantiqiy usul bo‘lib, bu usul yordamida tuShunchalarning hajmi uni qism (tur) larga ajratish yo‘li bilan aniqlanadi.
TERMINUM MAJOR (lot.) – katta termin
TERMINUM MEDIUS (lot.) – o‘rta termin
Do'stlaringiz bilan baham: |