Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Milliy ma’naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyatlar



Download 5,68 Mb.
bet116/293
Sana29.01.2022
Hajmi5,68 Mb.
#415797
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   293
Bog'liq
2020 ФАЛСАФА УУМ

Milliy ma’naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyatlar Oilada axloqiy tarbiyaning rolini ko’rsatish, unda ota-bobolarimizdan mepros bo’lib qolgan axloqiy fazilatlarni egallashning naqadar ahamiyatli ekanligini ilmiy nazariy jihatdan tahlil etish juda muhimdir.
“Xalqning axloqiy mezonlari uning yillar davomida yerishgan ulkan ma’naviyati bilan uzviy bog’langan.Ana shuning uchun axloqiy tasavvurlarimiz, axloqiy qadriyatlarimiz millat uchun, uning obro’yi va istiqboli uchun xizmat qilsagina, o’z o’timishini, ma’naviy merosini, qadriyatlarini unutmaydi”4.
“Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalarini o’zida mujassam etgan bu nodir qo’lyozmalarni jiddiy o’rganish davri keldi”5, - deb o’rinli ta’kidlagan edi prezidentimiz I.A.Karimov.
Haqiqatdan o’zbekona milliy axloqda ota-bobolarimizning nodir qo’lyozmalari tarixiy-tajribalari davrlar sinovidan o’tgan saboqlari va bizga doimo madad bo’lib turgan ruhiy quvvatlari jamuljamdir. Ularning sharofatlari tufayli milliy-axloqiy qadriyatlarimiz asrlar osha avlodlardan-avlodlarga o’tib kelmoqda. Chunki bir tomchi bo’lsa ham ularning qoni tomirimizda oqayotir.Ana shu qonni jo’sh urdirmoq bilan Yuraklarimiz uyg’oq, dilimiz ravshan, tafakkurimiz munavvar.Ana shunday kayfiyat bizning dilimizda ko’p yillardan beri yashirinib kelinar edi.Endilikda milliy istiqlol tufayli milliy-axloqiy qadriyatlarimiz qaytadan tiklandi.Ulardan bolalarni ma’naviy jihatdan tarbiyalashda foydalanish oilaviy tarbiyamiz uchun obektiv zarurtga aylandi.
Sharq xalqlarining bir necha ming yillar mobaynida yaratgan bebaho odob-axloq qoidalari, qadriyatlari mavjud. Ularni qaytadan tiklash va hayotga tadbiq etish muhim masalalardan biridir.
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari muhim o’rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Zero yosh avlod tarbiyasi insoniyatning kelajak taqdirini belgilaydigan, ularni ijobiy mezon bilan qurollantiradigan sifatlar bo’lganligi uchun ham mutafakkirlar bu muammoni hal qilishga harakat qilib kelganlar. Muhamad ibn Muso al Xorazmiy, Abu Nosr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn sino, Muhamad Qoshg’oriy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Umar Xayyom, Ahmad Yugnakiy, Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari o’rtaga qo’yilgan va ularni hal etish yo’llari ko’rsatib berilgan.
Shoir mutafakkirlar qomusiy asarlarida va odob axloqqa bag’ishlangan risolalarida o’zlarining pedagogik qarashlarini ifodalaganlar va ular pedagogik hamda falsafiy-didaktik xarakterga egadirlar. Bular jumlasiga Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul Haqoyiq”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Shayx Sa’diyning “Bo’ston va guliston”, Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Hayrat-ul abror” va “Mahbub-ul qulub”, Nizomul-mulkning “Siyosatnoma” kabi pandnoma, nasihatnoma tarzda yozilgan asarlari kiradi. Shuningdek, o’tmishda diniy-tasavvufiy asarlar ham yozildiki, ularda bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari ilgari surilgan bo’lib, ular ma’naviyatimiz tarixida munosib o’rin egallaganlar. Imomo al-Buxoriy, Imom al-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Az-Zamaxshariy, Sulaymon Boqirg’oniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro va boshqalar shular jumlasidandir.
“Bizga tarixdan ma’lumki, qadimgi Yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o’z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim”,6 - degan g’oyani ilgari surgan edilar. Bu g’oya fransuz xayoliy sosialistlari Sen-Simon, Sharl Fure va David Rikardolarning asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular o’z fikrlarini farzand tarbiyasi jamiyat manfaatlari bilan bog’liq deb isbotlamoqchi bo’lganlar.Shunga ko’ra, bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug’ullanishi kerak, degan g’oyani ilgari surganlar.Ammo Sharq mutaffakkirlari, bola tarbiyasi bilan ota-ona shug’ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar.Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e’tibor beradilar.
Umuman, oilada bola tarbiyasi masalasi juda qadimdan mutafakkirlarni qiziqtirib kelgan, ular bu masalaga hayotiy faoliyatning muhim bir tomoni sifatida qaraganlar va uni hal etishni o’zlarining vazifasi deb hisoblaganlar.
Alisher Navoiy ota-onalarning yaxshi sifatlarini ulug’laydi.Bunday sifatlarning ularda jamuljam bo’lishi bola tarbiyasida muhim rol o’ynashini ko’rsatib o’tadi. Masalan, uning xotinlar haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir: “Yaxshi xotin, deydi Navoiy – oilaning davlati va baxti. Uning oroyishi undan, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan. G’husnli bo’lsa – ko’ngil ozig’i, xushmuomala bo’lsa jon ozig’idir. Oqila bo’lsa, ro’zg’orda tartib intizom bo’ladi ... U beandisha, shallaqi bo’lsa, ko’ngil undan ozor chekadi, yomonlik axtaruvchi bo’lsa, undan ruh azoblanadi.Agar mayxo’r bo’lsa, uy obodligi yo’qoladi, aqlsiz bo’lsa, oila rasvo bo’ladi” 13.
Alisher Navoiy oiladagi ayrim illatlarni va o’zaro kelishmovchiliklarni bola tarbiyasiga salbiy ta’siri va uning buzulishiga sabab bo’luvchi asosiy omillar haqida ham yozadi. Shuningdek, yaxshi va yomon xulqlar va ularning kelib chiqish sabablarini ko’rsatib beradi. Bolada paydo bo’ladigan yomon xulqlarni oldi olinmasa, u bora-bora illatga aylanadi.Bu o’rinda uning mashhur baytini keltirmoq kifoyadir.
Kuchuk bilan xo’tikni qancha qilsang tarbiya,
It bo’lur, yeshak bo’lur, bo’lmasalar aslo odami.
Alisher Navoiy ta’kidlashicha, ota-onani hurmat qilish farzandlar “... uchun majburiyatdir.Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmaing qancha ortiq bo’lsa ham, kam deb bil.Otang oldida boshingni fido qilib, uning boshi uchun butun jismingni sadqa qilsang arziydi. Ikki dunyong obod bo’lishini istachang, shu ikki odamning roziligini ol! Tunu kunga nur berib turgan birisini oy, birinsini quyosh bil, ular chizgan chiziqdan tashqariga birqadam ham bosma. Hamma xizmatni sen odob bilan bajar, “adab” so’zidagi “dol” kabi qomatingni ham qil”14.
Muhabbat bosh mezoniy tushuncha sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda o’z «hissa»siga ega. SHu jihatdan atoqli tasavvufshunos Najmiddin Komilov: «Juda ko’p irfoniy tushuncha–istilohlarning sharhi muhabbatga borib taqaladi», – der ekan, ayni haqiqatni aytadi.26 Na ezgulikni, na yaxshilikni, na vatanparvarlikni, na insonparvarlikni muhabbatsiz tasavvur etib bo’lmaydi. O’tgan boblarning ba’zilarida biz bu tushunchaning mohiyati, turlari haqidagi Ilohiy Agustin, Imom G’azzoliy, Erix Fromm singari mutafakkirlar fikrlarini keltirgan edik. Qo’shimcha qilib shuni aytish mumkinki, muhabbat – insoniy mohiyatning erkin tarzda namoyon bo’lishidir, u zo’ravonlik yoki zo’rma–zo’rakilik bilan chiqisha olmaydigan hodisa. U me’yorlar, an’analar, qonunlarga bo’ysunmaydi, lekin Yuksak axloqiylik ifodasi tarzida insonga ulkan mas’uliyat Yuklaydi, uni jasoratga chorlaydi, u – insonni tash–qi va transtendental olam bilan bog’laydigan, uni yolg’izlikdan olib chiqadigan buYuk kuch.
Muhabbatning ob’ekti doimo go’zallik, manfaatsiz go’zallik. U – Allohmi, Vatanmi, yormi – muhabbat egasiga undan–da go’zalroq narsa yo’q. Ayni paytda bir ob’ektni sevgan kishi boshqa ob’ektlarni ham sevishi tabiiy. Deylik, yorga bo’lgan haqiqiy muhabbat Vatanga, insoniyatga muhabbatni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero, «o’z–o’zicha», «yakka», «xudbin» muhabbatning bo’lishi mumkin emas. Inson o’zi o’zgaga aylanganida, o’zgani o’ziga aylantira olganida haqiqiy muhabbat egasi hisoblanadi.
Komil nash’a, komil lazzatga faqat komil insongina erisha oladi. Demak, muhabbat inson axloqiy hayotining cho’qqisi, komillik belgisidir. SHu bois haqiqiy muhabbat egalari yoshlar tomonidan doimo axloqiy ideal tarzida qabul qilinadi: Farhod va SHirin, Romeo va Juletta, Otabek, Kumush va h.k. SHunday qilib, muhabbatni shaxs erkinligining axloqiy zarurat sifatidagi o’ziga xos ko’rinishi, baxtga erishuvning asosiy omili deyish mumkin.
Ta’kidlash lozimki, muhabbat – oliy tuyg’u, shu ma’noda u oliy tushuncha. Lekin uni tuban, quyi narsa–hodisalarga nisbatan ham qo’llash hollari uchrab turadi. CHunonchi, Fromm singari g’arblik mutafakkirlar, ba’zi rus faylasuflari muhabbat tushunchasini o’likka (nekrofil), mol–dunyoga, pulga nisbatan qo’llaydilar. Ularga nisbatan «o’chlik», «ruju», «hirs» singari tushunchalarni qo’llash ma’qul emasmikan?
Muhabbat ham, axloqshunoslikdagi ko’pgina tushunchalardek, «juftlik» xususiyatiga ega, uning ziddi – nafrat. Nafrat tushunchasi, albatta, muhabbat singari keng qamrovli emas. U aksil muhabbat tarzida namoyon bo’ladi, ob’ektdan chetlashishni, undan begonalashishni taqozo etadi. Hazar, jirkanch hissi nafratning kundalik turmushdagi tor, «mayda» ko’rinishidir. Nafratning ularga nisbatan «yirikligi» uning ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligidir.
Ayni paytda, nafrat g’azabdan keskin farq qiladi. U, g’azabga o’xshab, o’z ob’ektini yo’qotishga intilmaydi, undan faqat Yuz buradi. Uni muhabbat egasida o’z muhabbati ob’ektiga nisbatan tashqi bir kuchning noinsoniy, adolatsiz, noinsoflarcha munosabati tufayli o’sha kuchga qarshi qo’zg’aladigan hissiyot deyish mumkin. U davomiylik tabiatiga ega, g’azab kabi o’tkinchi hodisa emas. Agar g’azabning asosida inson fe’lining salbiy holati – oniy badjahllilik yotsa, nafrat uchun chuqur o’ylab qabul qilingan uzil–kesil qaror yotadi. Ko’rinishdan nafrat kishida yoqimsiz taassurot uyg’otsa–da, ko’p hollarda u illat emas, axloqiy fazilat sifatida insonning vijdonliligidan, botiniy jasoratidan dalolatdir.
SHu o’rinda buYuk fransuz yozuvchisi Emil Zolyaning «Nima menda nafrat uyg’otadi» degan estetikaga doir kitobiga yozgan so’zboshisidan olingan quyidagi fikrni keltirish maqsadga muvofiq:
«Nafrat – muqaddas. Nafrat bu – kuchli va qudratli Yuraklarning noroziligi, bu – o’rtamiyonalik va pastkashliklardan qahrlanadigan odamlarning jangovar jirkanchi. Nafratlanmoq – sevmoq degani, o’zida otashin va mardona qalbni his qilmoq, nimaiki sharmandalik va nodonlik bo’lsa, o’shanga nisbatan chuqur hazar tuyg’usini tuymoq degani.
Nafrat yengillik beradi, nafrat adolat o’rnatadi, nafrat Yuksaltiradi»27
Nafratdan tashqari yana rashk tushunchasi borki, u – ijtimoiy hodisa emas, ko’p hollarda jinsiy muhabbat bilan yonma–yon keladi. Ma’lumki, muhabbat egasi o’z sevgisini va sevgilisini qizg’anib, asrab qolishga harakat qiladi. Ana shu qizg’anish hissi me’yoridan oshib ketganda rashkka aylanadi. Rashk esa, uni qanchalik ta’rif–tavsif qilmaylik, me’yorning buzilishi, illat. CHunki uning mohiyati xudbinlikka borib taqaladi: muhabbat egasi muhabbat lazzatiga noil bo’lgani holda uning iztirobidan qochishga intiladi; o’zi chekishi lozim bo’lgan iztirobni o’z muhabbat ob’ektiga o’tkazishga harakat qiladi. Natijada ba’zan iztirobni yo’qotishga intilish muhabbat ob’ektining o’zini yo’q qilishga, fojeaga olib keladi.
Baxt. Hayotning ma’nosi ideal bilan bog’liq bo’lgani kabi baxt atamasini ham hayotning ma’nosi tushunchasidan ajratib olingan holda tahlil etish mumkin emas. Zero, baxt inson o’z hayoti ma’nosini qay darajada tushungani va shu ma’nodan umri mobaynida qoniqish hosil qilib borishidan iboratdir. Har bir insonda qoniqish hissi undagi maqsadlarning takomilga yetganidagina ro’y beradi. Faqat bu takomilga yetish jarayoni bir umr davom etadi. SHu ma’noda buYuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiy: «Baxt – har bir inson intiladigan maqsad, zotan u muayyan komillikdir», – deganida ko’p jihatdan haq edi.28
Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unutmaslik lozim, uni lazzat bilan aynanlashtirish to’g’ri emas. Lazzat oniylik xususiyatiga ega, o’zini faqat jarayondagina namoyon etadigan hodisa va u moddiy hayotdagi real, ammo o’tkinchi ehtiyojlardan kelib chiqadi. Masalan, gastronomik yoki shahvoniy lazzatni olib ko’raylik: deylik, siz kabobni xush ko’rasiz va lazzatlanib yeya boshlaysiz, lekin bir oz muddat o’tgach, to’yasiz, boshqa yegingiz kelmay qoladi; shahvoniy lazzat ham shunday. Baxt esa ma’naviy ehtiyoj bilan bog’liq, unda maqsadlarga birin–ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir umr to’xtamaydi va doimo lazzat va zavqni o’z ichiga oladi.
Begonalashuv jarayoni va tanazzul bir-birilariga bog’liq, hodisalardir. Agar jamiyatda ishlab chiqarish sur’atlari keskin pasaysa, xo’jalik aloqalari uzilsa, pulning qadri tushib ketib narhlar tez sur’atlarda oshib ketsa, boshqaruv tuzilmalari izdan chiqsa va siyosiy tangliklar vujudga kelsa, biz jamiyatning hamma sohalari tanazzulga uchragan deb fikr Yuritishimiz mumkin.
Bu chuqur tanazzul insonlarning kuchli begonalashuv olamiga turtib kirgizishi aniq. O’z navbatida begonalashuv jarayoni qanchalik kengaysa tanazzul ham chuqurlashib boraveradi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonida mehnatning taqsimlanishi ro’y beradi. Bu esa taraqqiyot uchun qo’yilgan ulkan qadamdir. Lekin shu bilan birgalikda ijtimoiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy munosabatlarning shunday bir turi — ishlab chiqarish munosabatlari shakllanadiki uning asosida bevosita ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish vositalaridan uzoqlashib asta sekinlik bilan o’z mehnatning natijasidan begonalashib boradi. Endi bu ishlab chiqaruvchi shaxs uchun mehnat unumining ham qizig’i yo’q. Marksizm ta’limoti bo’yicha xususiy mulk ijtimoiylashtirilgach ishlab chiqarish vositalariga endi bevosita ishlab chiqaruvchilar umumiy egalik qilishlari kerak edi. Lekin ijtimoiy amaliyotda esa buning aksi bo’lib chiqdi.
E.DYurkgeymning anomiya (qonunsizlik) konseptsiyasi, F.Tennis, M.Veber, G.Zimmel, ekszenstentsial va fenomenologik sotsiologiya asoschilari ta’limotlarida begonalashuv va jamiyatdagi inqiroz hodisalarining o’zaro aloqadorligi to’g’risidagi fikrlari. Ijtimoiy hayotning muayyan sohalarida xulq-atvorning aniq andozalari bo’lmasa, anomiya kelib chiqadi. Anomiya DYurkgeym tomonidan asoslab berilgan o’z-o’zini o’ldirishning turlaridang biri bo’lib, bunda o’z-o’zini o’ldirish yirik ijtimoiy larzalar, iqtisodiy inqirozlar davrida sodir bo’ladi. Individ tushkunlikka tushadi, yangi ijtimoiy-iqtisodiy muhitga moslasha olmaydigan irodasi bo’sh, e’tiqodi past ikkilanuvchilar o’rtasida umuman, yo’lini yo’qotgan individlar orasida ko’proq uchraydi.

Download 5,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish