Sabab va oqibat
- olamdagi narsa va hodisalarning bir-biri bilan aloqadorligi,
ta’siri va aks ta’sirini, voqelikka xos ana shunday munosabatlar jarayonidagi sabab va
oqibat bog‘lanishini ifodalaydigan kategoriyalardir.
Sabab
olamning harakati va biron-bir vaqt doirasida bo‘lgan o‘zgarishdan
so‘ng ikkinchi boshqa bir natijaning zaruran kelib chiqishini ta’minlovchi asosiy
hodisani anglatadi.
Oqibat
esa hodisalar zanjirida sababning ta’siridan vujudga
keladigan yangi hodisadir, sababning natijasidir. Sabab va oqibat bog‘lanishi ob’ektiv
xarakterga ega bo‘lib, u narsa, hodisalar orasidagi aloqalarda amal qiladi. Masalan,
ming yillar davomida Er kurrasidagi iqlimiy sharoitning o‘zgarib borishi o‘simlik va
hayvonot dunyosining o‘zagarishiga sabab bo‘ldi. YOki qadim zamonlardan boshlab
mehnat qurollarining takomillashtiriluvi mehnat unumdorligining oshishiga ham,
ishlab chiqarishning rivojiga ham, pirovardida esa insoniyat taraqqiyotiga ham sabab
bo‘ldi.
Narsa va hodisalararo sababiy aloqalarning yana bir muhim xususiyati
shundaki, ular umumiy xarakterga ega. Tabiat va ijtimoiy hayotda sababsiz birorta
hodisa yoki voqea sodir bo‘lishi mumkin emas. Erning quyoshga nisbatan hozirgi
holatda joylanishi hamda Er sharining sirt tuzilishi va uning ham quyosh, ham o‘z
o‘qi atrofida aylanishi sayyoramizda iqlim sharoitini o‘zgarib turishiga sababdir.
Binobarin, sababiyat yoki sababiy bog‘lanishlar voqelikdagi barcha narsa va
hodisalarda umumiy, qonuniy, istisnosiz amal qiluvchi munosabatlardir. Sababiy
bog‘lanishlarni «bahona» va «shart-sharoit» singari tushunchalar bilan almashtirish
mumkin emas. Masalan, sabab doim voqea, hodisalarga xos hamda ular o‘rtasidagi
bevosita, ichki munosabatlarni bildiradi. Bahona esa sababga nisbatan tashqi turtki,
xolos. Sababni voqelikka aylanishi, biron-bir oqibatni kelib chiqishi uchun ikkinchi
darajali ta’sir ko‘rsatuvchi bo‘ladi. Masalan, birinchi jahon urushi boshlanib ketishiga
gersog Ferdinandning o‘ldirilishi bahona bo‘lgan. Urushning kelib chiqishiga haqiqiy
sabab aslida muayyan davlatlar o‘rtasidagi raqobatning keskinlashganligi hamda
bo‘lingan dunyoni qaytadan bo‘lib olishga qaratilgan siyosatning yuritilishi edi. Har
bir sabab muayyan oqibatni keltirib chiqarishi uchun, albatta, ma’lum shart – sharoit
zarur bo‘ladi. Lekin, shart – sharoit oqibatning sababini anglatmaydi. SHart – sharoit
– muayyan oqibat tug‘ilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi holat bo‘lib, sababni oqibatga
aylanishida o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Sababsiz yolg‘iz shart – sharoitning o‘zi oqibatni
keltirib chiqarmaydi.
Olamdagi moslik, o‘simlik va organizmlarning muhit, shart – sharoitga
moslashganligi ba’zi organizmlarni muhitga ko‘ra hatto o‘z rangi, tashqi qiyofasini
o‘zgartira olishi, ayrim gullarning faqat erta tongda ochilishi, ba’zi kasalliklar fasllar,
quyosh fa olligini oshishi hollari bilan bog‘liq ravishda kuchayishi kabi hodisalar
sabab va qonunlar ifodasidir. Xususan, CH. Darvin o‘zining evolyusion ta’limotini,
turlarning kelib chiqishi va tabiiy tanlanish jarayonini xuddi shu maqsadga
muvofiqlik hodisasi ilmiy o‘rganish asosida yaratgan edi.
Kategoriyalar fikrlashning universal shakllari bo‘lib, ularda ob’ektiv voqelikda
mavjud bo‘lgan umumiy aloqalar, xossalar va munosabatlar aks etadi.
Kategoriyalarda kishilik jamiyati ko‘plab avlodlarining tajribasi va faoliyati
mujassamlashadi. Bilish natijalari o‘z aksini topuvchi tushunchalar va kategoriyalar
bo‘lmasa, bugungi kunda bilishning o‘zi ham bo‘lmas edi. Kategoriyalar quyidagi
ob’ektivlik, muayyanlik, amaliyot bilan bog‘liqlik, tarixiylik, o‘zgaruvchanlik va
sh.k. xususiyatlar bilan tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |