Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

Jamiyatning ma’naviy sohasi
ko‘pincha madaniyat bilan tenglashtiriladi.
Bunday tenglashtirish unchalik to‘g‘ri emas, chunki madaniyat faqatgina ma’naviy
bo‘lmasdan moddiy xususiyatga ham egadir. Buning ustiga, madaniyat integral
xususiyatga ega bo‘lib, jamiyatning hamma tomonlari (iqtisodiyot sohasi iqtisodiy va
moddiy madaniyatni, siyosat sohasi siyosiy madaniyatni o‘z ichiga oladi va
boshqalar)ga kirib boradi. Moddiylik va ma’naviylik bir-biriga qarama-qarshi
tomonlar (antitez) bo‘lmasdan, ular bir-birga o‘zaro ta’sir qiluvchi va o‘zaro bir-birini
to‘ldiruvchi ijtimoiy rivojlanish omillaridir. U yoki bu xalq ma’naviyatining
shakllanishi, shu xalqning yashaydigan tabiiy-iqlimiy sharoitlari, ularning u yoki bu
darajada rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
Ma’naviyat ijtimoiy hodisa va ilmiy tushuncha sifatida o‘zga xos ko‘plab
xususiyatga ega bo‘lib, mustaqil ob’ekt sifatida falsafiy tahlil qilishni talab etadi. Fan
va texnika qanchalik darajada rivojlansa, ma’naviyat to‘g‘risidagi masalaga
shunchalik e’tibor kuchayib, ilmiy-texnik rivojlanishning ma’naviy mohiyati
to‘g‘risidagi masala tez-tez yuzaga chiqib turdi. Ma’naviylik va onglilik, ma’naviylik
va intellektuallik tushunchalarining ma’nolarini bir-biri bilan aralashtirib yuborish
holatlari tez-tez yuz berib turdi. SHuni ta’kidlash kerakki, o‘zining ma’nosiga va
hajmiga ko‘ra ma’naviy soha ratsional (aqllilik) sohasiga qaraganda kengroqdir.
Ma’naviylikning shakllanishidagi asosiy narsa bilim olishgina emas, balki bilim
olishning ma’nosi va maqsadidir. Ma’naviylik maqsadlar, mohiyatlar va qadriyatlar
ierarxiyasining indikatori bo‘lib xizmat qiladi. U individni o‘rab turgan voqelikni
ma’naviy jihatdan yuksak darajada o‘rganishini aks ettiradi.
Zamonaviy jamiyat nafaqat texnologiya va iqtisodiyot, balki yuksak darajaga
ega bo‘lgan ma’naviylikdan ham iboratdir. Ma’naviy soha – bu ma’naviy ishlab
chiqarish (keng ma’noda tushunilganda), uning jarayoni va natijalarining birligidir. U
san’at, fan, falsafa, axloq, huquqiy va siyosiy ong, dindan iboratdir. Mazkur barcha
ijtimoiy hodisalar jamiyat ma’naviy sohasining elementlarini (aniqrog‘i kichik
tizimlarini) tashkil qiladi.


4.
Inson ko‘plab fanlar o‘rganadigan predmetdir. Biologiya uni Homo sapiens
turi sifatida qaraydi. Pedagogika uchun u tarbiya ob’ekti, sotsiologiya uchun - turli
munosabatlar sub’ekti, kulturologiya uchun - madaniyatning ob’ekti va sub’ekti,
iqtisodiy nazariya uchun - asosiy ishlab chiqarish kuchi va hokazo.
Tabiiy fanlar orasida an’anaviy (biologiya, antropologiya, meditsina va
boshqalar) bilan bir qatorda nisbatan yangi fanlar (oliy nerv tizimi faoliyati
fiziologiyasi, somatologiya, seksologiya va hokazo) paydo bo‘ldi. Ijtimoiy bilim
sohasida ham «eski» fanlar (psixologiya, sotsiologiya, tilshunoslik, etika) qatorida
«yangi» fanlar (aksiologiya, germenevtika) kabilar faoliyat ko‘rsatishadi.
XX asrda ilmiy bilimning shiddatli rivoji, parallel tarzda boruvchi fanlarning
faol differensiatsiyasi va integratsiyasi tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fanlar chegarasida bir
qator yangi fanlarning: bioetika va tibbiyot etikasi, sotsiobiologiya, psixofiziologiya
va boshqalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu hol falsafaning inson
muammolarini ko‘rib chiqishdagi metodologik roli haqidagi masalani yanada
dolzarb etib qo‘yadi.
Biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, inson ko‘p fanlar tomonidan predmet
sifatida qaraladi, shu sababli bizning oldimizda muhim bir vazifa – inson
muammosining aynan falsafiy aspektlarini ochib berish turadi. 
Inson muammosining falsafaga oid masalalari deb quyidagilarni hisoblash
mumkin: a) inson mohiyati; b) insonda ijtimoiylik va biologik (tabiiylik)ning nisbati;
v) shaxsning erkinligi; g) insonning mavjud bo‘lishi (borlig‘i) va mohiyatining
dialektikasi; d) inson hayotining maqsad va ma’nosi.
Insonning tabiati va mohiyatini nima tashkil qilishini bilishga qiziqish qadim
davrlardan boshlangan. Inson paydo bo‘libdiki, u o‘zini qurshagan dunyoni, unda
o‘zining o‘rnini o‘rganib keladi. U bunda o‘zining kimligi va nimaligi, qanday
ishlarta qodir ekanligini boshqa tirik mavjudotlardan qaysi jihatlari bilan farq qilishi
va qanday tomonlari bilan ularga o‘xshash ekanligini, uning insoniy fazilatlari
nimalardan iborat va ular qanday qaror topishi, inson hayotining ma’nosi va
mazmunini nimalar tashkil qilishi, inson umri, uning o‘limi va manguligi nima
ekanligini bilishga qadimdan harakat qilib keladi. SHuning oqibatida, bugungi kunga
kelib, inson to‘g‘risida turli xil: mifologik, diniy, ilmiy va falsafiy qarashlar paydo
bo‘lgandir. 
Hozirgacha, bizga ma’lum bo‘lgan 2,5-3 ming yildan beri falsafa va boshqa
turli aniq fanlar - turli ilm sohalari, ulargacha esa mifologiya va din ham insonni turli
tomondan, turli vositalar, yo‘llar bilan o‘rganib ularning har biri insonni o‘zicha,
o‘ziga xos jihatdan izohlab, tushuntirib kelishadi. SHular asosida inson to‘g‘risida
turlicha tasavvurlar, turli xil ta’limotlar, turli-tuman nazariya konsepsiya paydo
bo‘ladi.
Dastlab inson to‘g‘risida 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish