Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

Sistema, struktura, element
falsafaning muhim kategoriyalaridan bo‘lib
hisoblanadi. Sistema – grekcha so‘z bo‘lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik,
elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi. Sistema
kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilin elementlarning strukturaviy
munosabatlariga mos keladi. SHu nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi
sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan targ‘ibiy
elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izoxlanadi. Xususan, bu
elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko‘ra turg‘umlashtirish, muhim
metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati sistema
strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi ob’ektiv
qonuniyatlarini o‘rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga
qaratilgan. YA’ni, insonning ob’ektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan:
tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari samaradorligi va maqsadga
muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan xarakterlanadi.


Sistema
— narsa va hodisalarning bog‘lanishlari, aloqadorligi va
munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi
. Struktura
esa, narsa
xodisalar bog‘lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi
birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, struktura (lotin
tilida tuzilish, tartib degan ma’noni anglatib), sistemani tashkil qilin elementlarning
nisbatan turg‘un bog‘lanish, aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi mavjud falsafiy
qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani
tashkil qilin elementlarning strukturaviy tuzilishi uning mavjudlik holatini hamda
rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning targ‘ibiy
tuzilishlari xususiyatlariga qarab, moddiy olamning xilma-xil ko‘rinishlari, DNK
yoki RNK larning o‘zaro ichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik
organizmlar turli-tumanligi aniqlangan. Ular umumlashgan holda, moddiy olamning
ob’ektiv realligi tarzida mavjud bo‘lsa ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega
bo‘lgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan elementlarning munosabatlariga, makon
va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» va «tashqi struktura» ga
ajratish mumkin.
Element
sistemani tashkil qilin strukturaning o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik,
munosabat jihatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil targ‘ibiy qismidir. Jamiyatda
element ijtimoiy munosabatlarning konkret ko‘rinishlari tarzida namoyon bo‘ladi.
Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bo‘lsak, undagi element alohida
individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko‘zga
tashlanadi. YA’ni, jamiyatning axloqiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa
munosabatlari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. O‘z navbatida, sistemani
to‘laligicha bilish, uning stukturaviy tuzilishidagi har bir elementning funksional
faoliyatini alohida tahlil qilishni taqozo etadi.
SHuni alohida ta’kidlash keraki, insonlarning narsa hamda hodisalarga
muayyan manfaatlari va ehtiyojlariga ko‘ra yondashishiga qarab, har bir elementni
nisbatan mustaqil sistema sifatida olib qarash mumkin. Masalan, ma’naviyat jamiyat
strukturasida, uni tashkil qiluvchi muhim elementlarning biri hisoblanadi, lekin
ma’naviyatni, maxsus ijtimoiy hodisa sifatida alohida olib tahlil qiladigan bo‘lsak,
uning ichki elementlardan iborat mustaqil sistemaligini ko‘ramiz. SHunga ko‘ra,
sistema, struktura va element nisbiy tushunchalar bo‘lib, kategoriyalar sifatida, unga
bo‘lgan munosabat doirasida konkretlashadi.
SHuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar
narsa va hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy tahlil uzillarining
umummetodologik asosi bo‘lib hisoblanadi. Umuman, falsafaning sistema, struktura,
element kategoriyalari narsa va hodisalarning mazmunini, shaklini ochib berishda
metodologik asos bo‘ladi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish