tashkil topgani uchun butun boshqa butunlikning qismi bo‘lishi, qismi esa boshqa
elementlarga nisbatan butun vazifasini o‘tashi ham mumkin. Masalan, Er shari o‘zi
butunlik bo‘lib, bu makondagi boshqa barcha narsa, hodisa, jarayonlar uning
qismlaridir. Quyosh sistemasiga nisbatan Er qism bo‘lsa, Galaktikaning esa bir
zarrasi – elementidir.
Zaruriyat va tasodif kategoriyalari. Zaruriyat
– narsa, hodisa va
jarayonlarning taraqqiyoti bilan aniqlanadigan, ichki muhim bog‘lanishlar orqali
qonuniy kelib chiqadigan va shuning uchun yuz berishi muqarrar bo‘lgan hodisadir.
Tasodif
– mohiyatdan, mazkur jarayonning qonuniy rivojlanishidan kelib
chiqmaydigan hodisadir.
Zaruriyat va tasodif
- voqealar rivoji davomida sodir bo‘ladigan hodisalarni
tavsiflaydigan, ob’ektiv olamdagi aloqadorlikni ifoda etuvchi falsafiy kategoriyalar.
Falsafaning boshqa kategoriyalari singari zaruriyat va tasodiflarning mazmuni hamda
umumiy xususiyatlari haqidagi masala hozirga qadar o‘tgan ko‘plab faylasuflarning
e’tiborini o‘ziga jalb etgan edi. Ba’zi faylasuflar voqelikdagi narsa, hodisalar
muayyan sabablar asosida sodir bo‘lar ekan, demak, olamda tasodif bo‘lmaydi, har
qanday hodisa ma’lum sabablar tufayli yuzaga keladigan zaruriyatdir deb qaraganlar.
Dunyoda tasodifga o‘rin yo‘q, mavjudlik va taraqqiyotni birgina zaruriyat belgilaydi,
deb hisoblaganlar. Qadimgi dunyo falsafasining Levkipp va Demokrit kabi vakillari
yangi zamon falsafasining Golbax, Spinoza kabi namoyandalari metafizik
determinizm pozitsiyasida turganlari holda ana shunday qarashni ilgari surdilar.
Levkipp biron – bir buyum sababsiz yuzaga kelmaydi, ammo u ma’lum zamin,
zaruriyat tufayli tug‘iladi, degan edi. Demokrit va Golbax nazarida ham barcha
hodisalar zaruriy bo‘lib, kishilar tabiat qonunlaridagi sababiy bog‘lanishlarning turini
to‘la bilmaganliklari uchun tasodiflarga o‘rin beradigan, hodisalar sababi bilangina
ham tasodifiylik barham topadi, binobarin u sub’ektiv mazmundagi kategoriyadir,
deb hisoblaganlar. Olam, undagi o‘zaro munosabat, aloqadorlikni, sababiyatni inkor
etuvchi indeterministlar tabiiy va ijtimoiy olamdagi zaruriyat yo‘q, - aqliy
faoliyatning shakli (I.Kant), tafakkurga xos tushuncha (E.Max, K.Pirson), kishilar
iroda va istagining namoyon bo‘lish natijasidir, deb hisoblaydilar.
Demak, zaruriyat va tasodif, avvalo, voqelikdagi ayrim narsa, hodisalar
dialektikasini xarakterlovchi va ayni paytda taraqqiyot jarayonidagi turli hodisa,
jarayonlar nisbatini ifodalovchi o‘zaro munosabat hamda aloqadorlik shakllaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: