Mavzu: Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar shaxsi va shaxslararo munosabatlar xususiyatlari. Bajardi: Farxodova Durdona Shukurova Aziza Reja: - 1. Shaxs ijtimoiy tarixiy kategoriya.
- 2. ENB bolalar shaxs xusisiyatlari.
- 3. Maktabgacha yoshdagi ENB bolalar shaxslararo munosabatlari.
Shaxs ijtimoiy-tarixiy kategoriyadir. Uning ijtimoiy mohiyati va ijtimoiy vazifasi shaxsning tasnifnomasini belgilaydi. Shaxs-ijtimoiy fanlar: tarix, filosofiya, sotsiologiya, etika, estetika, psixologiya, pedagogikaning oʻrganish manbaidir. Shaxs-ijtimoiy taraqqiyot vakili, ongli individ bo'lib, jamiyatda ma'lum o'rin egallaydi va ma'lum rol bajaradi. - Shaxs ijtimoiy-tarixiy kategoriyadir. Uning ijtimoiy mohiyati va ijtimoiy vazifasi shaxsning tasnifnomasini belgilaydi. Shaxs-ijtimoiy fanlar: tarix, filosofiya, sotsiologiya, etika, estetika, psixologiya, pedagogikaning oʻrganish manbaidir. Shaxs-ijtimoiy taraqqiyot vakili, ongli individ bo'lib, jamiyatda ma'lum o'rin egallaydi va ma'lum rol bajaradi.
- Shaxs-ongli individdir. Individuallik - bu shaxsning "o'ziga xos" namoyon bo'lishidir. Individuallik deganda shaxsning o'ziga xos sifatlari haqida gap boradi. Individuallik deganda shaxsdagi yetakchilik qilayotgan xususiyatlar haqida gap yuritiladi. Individ - har bir konkret insonning o'ziga xos xususiyatlari bilan birga tushuniladi. Ayrim, reaksion psixologiyada biologik, biosotsial, social shaxs oqimlari mavjud. Biologizm g'oyasi ayniqsa, E.Freyd ishlarida ochib beriladi. Uning fikricha, barcha shaxsiy sifatlar biologik meros bo'lib hisoblanadi. Biosotsial oqim tarafdorlari esa, shaxsni o'zlaricha ikkiga bo'ladilar.
Ijtimoiy-psixologik g'oyalardan yana biri "oʻrganish" nazariyasidir. Shunga binoan, shaxsning hayoti uning aloqalari-oʻrganish, bilimlar yig'indisini o'zlashtirishdan iboratdir. (E.Torndayk). Shaxs nazariyasi A.F.Lazurskiy, V.N.Myasishev ishlarida o'ziga xos tarzda ochib berilgan.
Maxsus maktab o'quvchilarining shaxsiy sifatlarining shakllanishi, normal bolalardagidek, bola taraqqiyotida ontogenezda yuz berar ekan. Ammo, bu jarayonda oila, maktab va mehnat jamoasining o'rni alohida ahamiyatga ega.
Shaxs atrofdagi olamni, undagi xodisalami faol anglovchi va qayta ishlovchi insondir. Shaxs jamiyatda o'z-o'ziga va boshqalarga nisbatan ma'lum pozitsiyada turuvchi, ma'lum qarashlar, fikrlar, ideallar tizimiga ega bo'lishi ko'zda tutiladi. Yangi tug'ilgan chaqaloq ijtimoiy mavjudot bo'lsa ham, uni shaxs deb bo'lmaydi. Bola shaxsi kattalar bilan muloqotda insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallash jarayonida shakllanadi'.Kar bola shaxsining shakllanishi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Birinchidan, kar bola eshituvchi odamlar bilan muloqotda cheklangan bo'ladi, bu ma'lumotni egallash jarayonini sekinlashtiradi. Ikkinchidan eshitish analizatorining faoliyatini buzilishi emotsional rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan akustik olam (inson ovozi, qushlar sayrashi, musiqiy ovozlar) anglash imkonidan mahrum qiladi. Uchinchidan eshituvchi bolalardan farqli eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar insonlarning ijtimoiy tajribasini egallashdan maxrumdir.
Maxsus bog'cha va maktablarga qadar eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar rivojlanishi sekin tempda amalga oshadi. Muloqot qiyinchiligi va eshituvchilar bilan muloqotining cheklanishga ularning umumiy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Xarakterning ayrim xususiyatlari, shaxs qirralari kabi maxsus tashkil etilgan ijtimoiy sharoitlarda amalga oshadi. Sog'lom odamlar ichida yashab kar bola eshituvchi tengdoshlariga nisbatan oʻzgacha munosabatni sezadi, bu unda shaxs qirralari shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
K.Obunovskiy tadqiqotlarida 80-130 sm dagi past bo'yli odamlarning shaxs qirralarini shakllanish jarayoni oʻrganiladi. Olim ularni shaxs qirralarini shakllanishda ma'lum darajadagi bir xillikni aniqladi, o'ziga xos bo'lmagan. optimizmli, bevositalik, sharoitlarga chidamlilikni aniqlagan. Shuning uchun, tekshiruvchi atrofdagilar pakanaga boshqacha munosabatda bo'lganligi uchun unda shaxsning o'ziga xos qirralari shakllanadi deb xulosaga kelgan.
Eshituvchi kattalar eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar maktab-interatidagi eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar quvnoqligi hayotga chanqoqligini ko'rib xayratga tushganlar. Ularning fikricha, eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar o'z nuqsonidan uyalib, doimo xomush yurishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |