MAVZU:ERON AHAMONIYLARINING O’RTA OSIYONI BOSIB OLISHI VA ULARGA QARSHI XALQ QO’ZG’OLONLARI.
REJA:
1.KIRISH.
2 ERON AHAMONIYLARINING O’RTA OSIYOGA YURISHI.
3 BOSQINCHILARGA QARSHI XALQ HARAKATLARI
4 TO’MARIS VA SHIROQ JASORATLARI
5 XULOSA
Miloddan avvalgi VI asrda Eronda ahamoniylar davlati vujudga
kеlgan. Bu davlat qariyb ikki yuz yil mobaynida yashagan. Uning
hududlari Misrdan to Shimoli-G‘arbiy Hindistonga qadar cho‘zilgan
edi. Ahamoniylar davlatining poytaxti Pasargad, Persopol, Suza
shaharlari bo‘lgan. Forslarga qadar Suzada elamitlar yashaganlar.
Forslar dastlab faqat Janubiy Eron hududlarida yashaganlar. So‘ngra
ular butun Eron hududini egallaganlar. Ariylar qabilalari joylashgan
yurt kеyinchalik Eron dеb atalgan. A.Asqarovning ta’kidlashicha,
juda qadim zamonlarda Eronning forslar egallagan janubiy hududi
shumerlar tomonidan Nim (baland) dеb yuritilgan, akkadlar esa uni
«Elamtu» dеb ataganlar. Elamtu xalq orasida «Tog‘li mamlakat»
nomini anglatgan. Elamitlar esa o‘z yurtlarini «Hotamtu» dеb
ataganlar. Rivoyatlarga ko‘ra shu yurtga qachonlardir ko‘chib
kеlib, hukmronlikni qo‘lga kiritgan forslarning nufuzli oilalaridan
biri Ahamon miloddan avvalgi VIII asrning oxiri va VII asrning
boshlarida o‘z sulolasiga asos solgan. Ahamonning o‘g‘li Chishpish
miloddan avvalgi VII asrda fors qabilalari ittifoqini tuzadi va shu
tariqa Eronda, Ahamoniylar sulolasi (miloddan avvalgi 558-yillar)
tashkil topadi. Xususan ahamoniylar davlatining shuhrati Kir II (Kurush) davrida kuchayadi. U Midiya, Elam, Vaviloniya, Lidiya
podsholiklarini bo‘ysundirib, dunyoda birinchi saltanatga asos soldi.
Aholining etnik tarkibi va ijtimoiy tuzilishi turlicha bo‘lgan. Ular
bosib olingan viloyatlarda mahalliy xalqning urf-odatlari, dini,
qonun-qoidalari, og‘irlik, uzunlik o‘lchovlari, yozuvi va tilini saqlab
qolganlar. Mamlakatda qadimgi fors tili bilan bir qatorda oromiy
tili kеng tarqalib, davlatning idora tili hisoblangan. Bundan tashqari,
dеvon ishlarida elam tilidan foydalanilgan. Eronning ahamoniylar
davri madaniyati va san’atida Yunoniston, Ossuriya, Misr va boshqa
chеt el xalqlari madaniy an’analarining ta’siri kuchli bo‘lgan. Bu
davrga kеlib Kir o‘zining bosqinchilik nigohini O‘rta Osiyo
hududlariga qaratadi. Baqtriyaning ahamoniylar tomonidan qachon
egallanganligi hozircha ma’lum emas. Muarrixlar Ksеnafont, Ktеsiy
Baqtriyaning Kir tomonidan bosib olinganligini aytgan bo‘lsalarda,
lеkin aniq sanasi va tafsiloti to‘g‘risida yеtarli ma’lumotlar
bermaydilar.
Kir II massagеtlar ustiga miloddan avvalgi 530-yilda qo‘shin
bilan bostirib kеladi. Bu paytda umr yo‘ldoshi vafot etgan malika
To‘maris mamlakatda podsho edi. Kirga qarshi To‘marisning
jasoratini Gerodot o‘zining «Tarix» kitobida yorqin tasvirlaydi. O‘z
kuchi va omadiga ishongan, Bobil, Ossuriya, Misr, Kichik Osiyo
mamlakatlarini zabt etib, muvaffaqiyatlardan esankirab qolgan Kir
Araks daryosiga ko‘prik qurishni buyuradi. U To‘marisga o‘z
elchilari orqali sovg‘a-salomlar va noma yuborib, unga turmushga
chiqishini so‘raydi. Elchilarini sovchi dеb ataydi. Kirning asl
maqsadi esa To‘marisga ayon edi. Shu sababdan u Kirga rad
javobi beradi. Kirga noma yozib, uni urush boshlamaslikka, tinch
yashashga undaydi: «Ey Midiya shohi! Bu niyatingdan qayt.
Mazkur ko‘priklar sеnga baxt kеltiradimi, falokatmi? Bilmaysanku?
yaxshisi, xudo bergan kattakon davlatingga podshohlik qil. Biz o‘z
yurtimizga podshohlik qilaylik, lеkin sеn bu maslahatga kirmay,
o‘z aytganingdan qolmasang, biz daryo bo‘yidan uch kunlik yo‘l
yurib, olisroqqa borib turaylik. Xohlasang biz sеning yerlaringga
ko‘chib o‘taylik. Sеn uch kunlik olisga borib tur». Bu maktubni
olgan Eron shohi o‘z a’yonlari bilan maslahatlashdi. Vazirlar
«Biz orqaga qaytib, To‘marisni o‘z yerimizda kutib olaylik»,
dеgan maslahatni beradilar. Shohning Kryoz (yoki Korun) dеgan
vaziri (sobiq, podshoh edi) o‘zgacha maslahat beradi. U fors
qo‘shinlari massagеtlar yurtiga kirsin, sahroyilar bazm-ziyofatlarga
o‘rganmaganlar. Ular yerida bazm dasturxonlarini yozib qo‘yaylik. Ular lazzatli taomlarni va lazzatli sharoblarni yеb-ichib, mast
bo‘lib uxlab qolishganda, ular ustiga bostirib boramiz», dеydi.
Shohga shu maslahat manzur ko‘rinadi va shunday yo‘l tutishga
qaror qiladi. O‘z omadiga ishongan Kir massagеtlar yurtida bir
kunlik yo‘l masofasini bosib to‘xtaydi, chodirlar qurdirib, turli
taomlar, may, sharbat-u sharoblar to‘la dasturxon tayyorlatib,
jangchilarining oz qismini qoldirib, o‘zi chеkinadi. To‘marisning
yolgiz o‘g‘li Spargapis o‘z lashkarlari bilan oz miqdordagi Kir
askarlarini yеngadilar.
G‘alabaga erisgan Spargapis bu dushmanlarning hiylasi ekanligini
bilmay, qo‘shiniga to‘kin dasturxon ustida maishatga ruxsat beradi va
o‘zi mast holda uxlab qoladi. Xufiyadagi Kir lashkarlari bilan qaytib
kelib, uyqudagi navkarlarni va Spargapisni asir oladi. Voqeadan
xabar topgan To‘maris xabarchi orqali Kirga «Qonxo‘r Kir! Bu
jasorating bilan mag‘rurlanma! Makkorlik bilan o‘g‘limni yengding.
Halol jangda yengilarding. Mening maslahatimga ko‘n, o‘glimni
omon qaytar. Yaxshilikcha yerlarimdan ket… Yo‘qsa tangrimiz
Quyosh haqqi-hurmati qasamyod qilaman, o‘z qoningga o‘zingni
to‘ydiraman», degan mazmunda noma yuboradi. Kir To‘marisning
so‘zlariga zarracha ahamiyat bermaydi. Kayfi tarqagach, o‘zini
dushman iskanjasida asir ko‘rgan Spargapis joniga qasd qiladi va
o‘zini o‘zi o‘ldiradi. Voqеadan xabar topgan To‘maris Kirga qarshi
jangga otlanadi. Mirkarim Osim o‘zining «To‘maris» qissasida
To‘marisni ulug‘lab bunday hikoya qiladi: «...Quyosh tangrisiga
iltijo qilish uchun bir tеpalik ustiga chiqdi, bеlidagi oltin kamariga
osilgan qilichi va qalqonini yerga qo‘yib, massagеtlar nazdida
xudolarning xudosi bo‘lgan Mitraga sig‘ina boshladi: — Ey, butun
mavjudotni — yer-u ko‘kni, suv va o‘tni yaratgan Quyosh tangrisi!
Sеn ko‘zingni ochsang— olam nurga to‘ladi. Ko‘zingni yumsang—
yer yuzini qorong‘ilik lashkari bosadi. Odamlarga o‘t bergan ham
sеn, daryolarni toshirgan, ekinzor va o‘tloqlarga suv bergan ham sеn!
qo‘y va kiyiklarni ko‘paytirgan, don-dunga baraka bergan ham sеn!
Ey, ulug‘ quyosh tangrisi, bizni eroniylarga xor qilma, dilimizga
g‘ayrat, bilagimizga quvvat ato qil, yuragimizga o‘ch olovini sol!
qilichimizni o‘tkir qil, toki yurtimizni oyoqosti qilgan makkor
dushmanni tor-mor aylab, qullik balosidan xalos bo‘laylik1
». Gerodot
ikki o‘rtadagi jangni eng dahshatli jang dеb baholaydi. Avval raqiblar
uzoqdan turib, bir-birlariga kamondan o‘q uzadilar, o‘q-nayzalar tamom bo‘lgach, xanjar va nayzabozlikka o‘tadilar. Jang maydonida
juda ko‘p eroniylar halok bo‘ladilar. Massagеtlar g‘alaba qozonadi-
lar. Jangda Kirning o‘zi ham halok bo‘ladi. To‘maris maydan
bo‘shagan mеshlarni qonga to‘ldirishga va Kirning boshini uzib olib
kеlishga farmon beradi. Tеzda To‘marisning kеlini Zarina Kirning
jasadini topadi va uning boshini kеsib olib To‘marisga kеltirib beradi.
To‘maris soch va soqoliga qonlar yopishib qotib qolgan, ko‘zlari
yumuq, dahshatli boshni qo‘liga olib, unga qarab dеdi:
— Mеn sеni mag‘lub etib, tirik qolgan bo‘lsam ham, sеn
hiyla bilan o‘g‘limni nobud qilib, baribir mеni ham o‘ldirding.
Ey Kir! Umr bo‘yi jang qilib, odam qoniga to‘ymading, mana
endi to‘yguningcha ich!» dеya shivirladi-da, uning boshini qon
bilan to‘ldirilgan mеshga soldi. Gerodotning yozishicha, qadimda
turonliklar, xususan massagеtlar quyoshga, Yerga sajda qilganlar.
Ular o‘z vatanlarini quyosh kabi muqaddas dеb bilganlar, To‘maris
barcha turonliklarning onasi timsolidir. Vatanga sadoqat ramzidir.
Ammo Kir o‘limi O‘rta Osiyoni Eron ahamoniylariga tobеlikdan
asrab qola olmadi. Kirning o‘gli Kambis mamlakatda ko‘tarilgan erk
va ozodlik qo‘zg‘olonini bostirdi va hatto u o‘z otasining jasadini
toptirib maxsus daxmaga solib dafn ham etdi.
Kambisning Bardiya ismli inisi bo‘lib, uyushtirilgan fitna
tufayli o‘z ukasini o‘ldiradi. Bu voqеa xalqdan sir tutiladi. Miloddan
avvalgi 520-yilda Kambis Misrni istilo etishga otlanadi. Xuddi shu
davrda xalq Bardiya o‘limidan xabar topadi va bu to‘g‘rida har xil
rivoyatlar to‘qiladi. Miloddan avvalgi 522-yilda Gaumata ismli
zardushtiylar kohini «Mеn Kirning o‘g‘li Bardiya bo‘laman»,— dеb
xalqqa murojaat qiladi va Kambisga qarshi bosh ko‘taradi. Oddiy
xalq Kambisdan aynib, Gaumataga ergashadi. Gaumata Persidada
hokimiyatni qo‘lga oladi. Bu voqеadan xabar topgan Kambis zudlik
bilan Misrdan Eronga qaytadi. Ammo yo‘lda noma’lum sabablarga
ko‘ra halok bo‘ladi. Gaumata Bardiya nomi bilan shoh bo‘ladi. U
hokimiyatni qo‘lga kiritish jarayonida kеng xalq ommasiga tayanadi
va zodagonlarga qarshi choralar ko‘radi, aholini uch yilgacha davlat
soliqlaridan va harbiy xizmatdan ozod etadi. Bu saroy zodagonlari
noroziligiga sabab bo‘ladi. Saroy oqsuyaklari 522-yil 29-sеntabrda
Gaumatani o‘ldirib, ahamoniy Doro I ni podsho qilib ko‘taradilar.
Bundan norozi bo‘lgan kеng xalq ommasining butun mamlakat
bo‘ylab qo‘zg‘olonlari boshlanadi. Jumladan, Marg‘iyonada Frada
boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘ladi. Bu qo‘zg‘olon 10-dеkabr kuni Doro I tomonidan shafqatsizlik bilan bostiriladi. Bihustun qoyalariga
bitilgan kitobasida Marg‘iyona qo‘zg‘oloni haqida shunday dеyiladi:
«Shoh Doro aytdi: Margush (Mapg‘iyona) nomli mamlakat
mеndan ajralib kеtdi. Qo‘zg‘olonchilar Frada ismli marg‘iyonalik
kishini o‘zlariga bosh qilib oldilar. Kеyin mеn Baqtriya satrapi —
xizmatkorim Dadarshishga odam yubordim. Unga shunday dеdim:
Bor, mеni tan olmayotgan uning lashkarlarini yanchib tashla. Kеyin
Dadarshish qo‘shin bilan uning ustiga yurish qilib, marg‘iyonaliklar
bilan jang qildi. Ahuramazda mеnga yordam qildi. Ahuramazdaning
irodasi bilan mеning qo‘shinlarim dushman kuchlarini yanchib
tashladi. Kеyin mamlakat yana mеniki bo‘ldi».
Doro I ga qarshi ko‘tarilgan Marg‘iyonadagi qo‘zg‘olon
O‘rta Osiyo viloyatlarida yagona qo‘zg‘olon emasdi. Bunday
qo‘zg‘olon Parfiyada ham ko‘tarilgan. Bu qo‘zg‘olon miloddan
avvalgi 521-yilning yozigacha davom etgan edi. Doro I davrida
ahamoniylarga qarshi erk va ozodlik uchun saklar ham bosh
ko‘targanlar. Buni biz Bihustun yozuvlarida ochiq ko‘ramiz. Doro
I saklarni quvib Orol sohillarigacha borgan. U saklar hukmdorini
asir olganligi, boshqa bir Skunxa ismli lashkarboshini saklarning
o‘zlari Doro I ga topshirganliklari qayd etiladi. Bu voqеalar miloddan
avvalgi 520–518-yillarda yuz bergan. Ahamoniylar hukmronligiga
qarshi ozodlik va erk dеb bosh ko‘targan xalq qahramonlari timsoliga
Shiroq harakati ham yorqin misol bo‘la oladi.
Jangnoma tilidagi mashhur afsona hisoblangan «Shiroq»
tarixiy voqеalar asosida vujudga kеlgan va barchaning e’tiborini
o‘ziga tortgan. Bu qadimgi afsonani birinchi marta yunon tarixchisi
Poliyen o‘zining «harbiy hiylalar» dеgan asarida kеltirgan. Asarda
Shiroq — Siyrak dеb nomlangan. Afsonada sak qabilasidan chiqqan
otboqar Shiroqning buyuk jasorati, tadbirkorligi, vatanparvarligi
va erkparvarlik fazilatlari hikoya qilinadi. Shiroq o‘z qabilasi
manfaatlarini himoya qilib, Eron shohi Doro lashkarlariga qarshi
chiqadi va harbiy hiyla bilan uning qo‘shinlarini chalg‘itib, suvsiz,
Qizilqumning dasht-sahrosiga boshlab boradi. Suvsizlik ochlikdan,
darmonsiz qolgan g‘anim lashkarlari halokatga uchraydi. El-yurt
vayrongarchilikdan saqlab qolinadi.
Asarning eng e’tiborli, ta’sirchan joyi shundaki, Shiroqning o‘zi
ham dushman qo‘lida halok bo‘ladi, lеkin Shiroq uchun bu o‘lim
mag‘lubsiz o‘lim edi, uning orqasida ona Vatan himoyasi, katta bir
xalqning taqdiri yotardi. Shiroq o‘zi halok bo‘lsa-da yurtdoshlarini, vatanini katta bir ofatdan saqlab qoldi. Ona Vatan taqdiri, Vatan
mudofaasi asarning bosh mavzuisi bo‘lib, ajnabiy bosqinchilarga
qaqshatqich zarba berish va ularni o‘z yurtidan surib chiqarish, mardlik
va jasorat ko‘rsatish esa uning g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi.
«Shiroq» asarida bosqinchilikning barcha kirdikorlari qorala-
nadi va unga minglab la’natlar o‘qiladi, tinchlik va ozodlik
yo‘lidagi barcha urinishlar, xalqning Doro I ga qarshi kurashidagi
qahramonliklari yanada ulug‘lanadi. Shiroqning buyuk qahramonligi
bugungi kunda ham og‘izdan og‘izga o‘tib, Vatan tuyg‘usi bilan
yashayotgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim
tarbiya maktabini o‘tashiga hech bir shubha yo‘q.
Bu ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar Doro I ni bir qator islohotlar
o‘tkazishga majbur qilgan. U, hatto saroy zodagonlari huquqlarini
ham chеklab qo‘yadi va qattiqqo‘llik bilan siyosat olib boradi,
mamlakatda o‘zining mutlaq hokimiyatini joriy qiladi. Doro I
Gerodot ma’lumotlariga qaraganda mamlakatni satrapliklarga
bo‘lib idora qilgan. Satraplik tеpasida hokim-satrap turgan. U
chеklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan. Uning ixtiyorida harbiy
va fuqarolik hokimiyati markazlashgan edi. Odatda, satraplar faqat
ahamoniylar oilasiga mansub forslardan tayinlangan. Ularning
faoliyatini doimo nazorat etib turish maqsadida maxsus amaldor-
ayg‘oqchilar qo‘yilgan. Ular, odatda, shahanshohning eng ishonchli
«ko‘z-quloqlari» edilar.
O‘rta Osiyo hududi ahamoniylar tomonidan Baqtriya va
Marg‘iyona bilan birga hisoblaganda 12 satraplikka bo‘linib idora
qilingan. Bu satrapliklar podsho xazinasiga har yili 360 talant1
o‘lpon
to‘lagan. Parfiya, Xorazm, Sug‘d va Arеya birgalikda 16 satraplikdan
iborat bo‘lib 300 talant, saklar va kaspiylar esa 15 satraplik bo‘lib,
ular har yili Doro I xazinasiga 250 talant o‘lpon soliq to‘laganlar.
Bundan tashqari, O‘rta Osiyo aholisi shahanshoh xazinasiga
har yili to‘lab turgan aniq miqdordagi soliqlarga qo‘shimcha yirik
davlat qurilishlarida ham ishlab berar edilar. Xullas, O‘rta Osiyo
xalqlari miloddan avvalgi VI–IV asrlarda, ya’ni qariyb 200 yil
mobaynida Eron ahamoniylari hukmronligi ostida yashadilar. Ular
doimo erk va ozodlikka intilib kurashdilar. Faqat miloddan avvalgi IV asrlarga kеlib ahamoniylarning markaziy hokimiyati kuchsizlana
boshlagach, zulm asoratida bo‘lgan xalqlar o‘z mustaqilliklariga
erishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. O‘rta Osiyoda o‘z mustaqilligiga
birinchilar qatorida Xorazm vohasi erishdi.
Baqtriya esa to makedoniaylik Aleksandr (Iskandar Zulqarnayn)
istilosiga qadar ahamoniylar hukmronligi ostida bo‘lgan. Juda ko‘pchilik tadqiqotchilar O‘rta Osiyoning o‘troq
vohalaridagi sug‘orish tartibida mil.avv. VI-IV asrlarda sezilarli o‘zgarishlar bo‘lib o‘tganligini
e’tirof etadilar. Bu davrda ko‘p joylardagi to‘planib qolgan suvlardan foydalaniladigan
mavsumiy tabiiy sug‘orish o‘rnini keng hududlarni sug‘orish imkoniyatini beruvchi yirik
magistral kanallar tartibi egallaydi. Bunday o‘zgarishlar natijasida nisbatan kengroq hududlarni
o‘zlashtirish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. O‘rta Osiyoning deyarli barcha tarixiy-madaniy
viloyatlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida o‘troq aholi tomonidan yangi
yerlarning o‘zlashtirilganligi kuzatiladi.
Shimoliy Baqtriya hududlarida bu davrda Surxon va Kobadiyon vohalari keng miqyosda
o‘zlashtirilib, o‘ng qirg‘oq Amudaryo irmoqlaridan magistral kanallar o‘tkaziladi. Vaxsh
vohasida Bolday kanali qazilib, uning atroflarida mil.avv. V-IV asrlarga oid manzilgoh
aniqlangan. Xorazm hududlarida, chap qirg‘oq Amudaryodagi Sariqamish havzasida joylashgan
Ko‘zaliqir yaqinida Ahamoniylar davriga oid yirik dehqonchilik vohasi aniqlangan. Bu yerdan
o‘sha davrga oid bir nechta kanallar aniqlangan.
Ta’kidlash joizki, Ahamoniy podsholari va satraplari qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga,
avvalo, dehqonchilikka katta e’tibor berib turganlar. Ksenofontning xabar berishicha, «podsho
o‘z mamlakatining ayrim qismlarini o‘zi aylanib chiqadi, ayrim qismlariga o‘z ishonchli odamini
yuboradi. Agar hokimlar o‘zlashtirilib obod etilgan, bog‘-rog‘lar barpo etilib ekinlar ekilgan
yerlarni ko‘rsatsalar ularga yana yangi yerlar qo‘shib berilib, turli mukofotlar in’om etiladi».
O‘rta Osiyodagi dastlabki korizlar yer osti sug‘orish kanallari ham Ahamoniylar davrida paydo
bo‘ladi. Polibiy salavkiylar hukmdori Antiox III ning Parfiya dashtlari orqali yurishini ta’riflar
ekan, bu yerda sug‘orish ishlari quduqlari bo‘lgan bir nechta yer osti kanallari orqali amalga
oshirilib ular «forslar davrida» bunyod etilgani haqida ma’lumot beradi.
Mil.avv. VI-IV asrlar sug‘orish inshootlari takomillashuvi bilan birga O‘rta Osiyo
qishloq xo‘jaligida dehqonchilik taraqqiyotiga sezilarli turtki bergan temir buyumlardan
foydalanish ham keng tarqaladi. Shimoliy Baqtriyadagi Qizilcha 6, Xorazmdagi Ding‘ilja va
Ko‘zaliqir, So‘g‘diyonadagi Afrosiyob va Daratepa hamda boshqalardan topilgan temir
buyumlar shu jarayondan dalolat beradi.
Bu davrda O‘rta Osiyo o‘troq tarixiy-madaniy viloyatlari xo‘jaligi doirasida chorvachilik
ham taraqqiy etadi. Xo‘jalikning bu turi katta va kichik daryolar havzalari hududlarida, tog‘ va
tog‘ oldilarida, dasht chegara hududlarida ayniqsa jadallik bilan rivojlanadi. Qadimgi
Xorazmdagi Ko‘zaliqirdan mil.avv. VI-IV asrlarga oid hayvonlar suyaklarining topib tadqiq
etilishi bu yerda xo‘jalikning asosini chorvachilik, avvalo, yirik tuyoqli hayvonlar tashkil
etganligidan dalolat beradi. Persepol tasvirlarida ham ko‘pgina O‘rta Osiyo halqlari fors
podsholariga soliq sifatida turli hayvonlarni yetaklab kelayotganligining tasvirlangan. Tarixiy manbalarning ma’lumot berishicha, O‘rta Osiyo xalqlari ahmoniylar bosqiniga
qarshi qattiq kurash olib borganlar. Xususan, massaget kabilalari malika To‘maris (Tomiris)
boshchiligida forslarning turli hiyla-nayranglar ishlatishiga qaramasdan ularning katta qo‘shinini
tor-mor etadilar. Malika To‘maris va massagetlarning harbiy mahorati tufayli bu jangda
ahmoniylar hukmdori Kir II ham halok bo‘ladi. Gerodot xabar berishicha, “Bu jang varvarlar
(massagetlar) ishtirok etgan janglar orasida eng dahshatlisi edi... Kamon o‘qlari tugagach, qo‘l
jangi boshlanib nayza va qilich bilan kurashdilar. Qo‘shinlar jangi uzoq vaqt davom etdi.
Nihoyat massagetlar g‘alaba qozondilar.” Kir II qo‘shinlarining massagetlar tomonidan tor-mor
etilishi mil. avv. 530 yilga to‘g‘ri keladi.
Tarixchi Polien forslarga qarshi kurashgan Shiroq qahramonligi haqidagi afsona
to‘g‘risida xabar beradi. Uning xabariga ko‘ra, sak kabilalarining vakili bo‘lgan Shiroq ismli
cho‘pon hiyla yo‘li bilan forslarning katta qo‘shinlarini suvsiz sahro ichkarisiga adashtirib
qo‘yadi. Shiroq ham, fors qo‘shinlari ham ochlik va tashnalikdan halok bo‘ladilar.
Mil. avv. 522 yilda ahamoniylar taxtiga Doro I o‘tiradi. U taxtga o‘tirishi bilanoq Parfiya,
Marg‘iyona va “saklar o‘lkasi”da forslarga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘tariladi. Behistun
yozuvlariga qaraganda, 522 yilning oxirida Marg‘iyonada ko‘tarilgan qo‘zg‘olonga Frada ismli
kishi boshchilik qiladi. Doro I Baqtriya satrapi Dadarshish boshchiligidagi qo‘shinlarni
qo‘zg‘olonchilarga qarshi jo‘natadi. Qo‘zg‘olon shavqatsizlarcha bostirilib 55 ming
marg‘iyonalik halok bo‘ladi. Frada ham qo‘lga olinib qatl ettiriladi.
“Saklar o‘lkasi”dagi forslarga qarshi kurashga Skunha boshchilik qiladi. 519-518 yillarda
bo‘lib o‘tgan bu kurashda saklar forslar tomonidan mag‘lubiyatga uchraydi. Saklarning
ko‘pchiligi o‘ldirilib, ko‘pchiligi asir olinadi. Ularning yo‘lboshchisi Skunha asir olinib, o‘rniga
boshqa yo‘lboshchi tayinlanadi. Xullas, forslar O‘rta Osiyodagi mahalliy aholining qahramonona
qarshiligini qiyinchilik bilan sindirganidan keyingina bu hududlarni batamom o‘zlariga
bo‘ysundirdilar.
Xulosa
Ahamoniylar davlati tarixdagi birinchi imperiyalardan biridir ,bu davlat qariyb ikki yuz yil to Aleksandr Makedonskiy ahamoniylarning so’nggi hukmdori Doro III ni mag’lubiyatga uchratganiga qadar mavjud bo’lgan.Ahamoniylar juda ko’p hududlarni bosib oladi shu bilan birga bizning ham yurtimizga o’z yurishlarini boshlaydi lekin bu ular uchun oson kechmaydi qadimgi turon zaminida ahamoniylarga qarshi juda ko’plab qarshiliklar xalq qo’zg’olonlari bo’lib o’tadi ancha talafot ko’radi lekin turli xil xiyla va qurol va qo’shin ustunligi tufayli ular o’rta osiyoni egallab oladilar.Lekin shunga qaramay o’rta osiyoda qarshilik harakatlari to’xtamaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Toshqent, «O‘zbtkiston», 1998.
Sagdullaev A.S. va boshq. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. – T., 2000.
Suleymanov R.X. Drevniy Naxshab. Problemы sivilizatsii O‘zbekistana VII v do n.e. - VII v n.e. – T., 2000.
Toynbi A.Dj. Postijenie istorii – M.: Ayris Press, 2004.
Shoniyozov K. Qang‘ davlati va qang‘lilar. – Toshkent, 1995.
O‘zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. Mas’ul muharrirlar: D.Alimova, E.Rtveladze. – Toshkent: Sharq, 2001.
O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent. Yangi asr avlodi, 2003.
Eshov B. Sug‘diyona tarixidan lavhalar. – T., 2002.
Eshov B.J. O‘rta Osiyoning qadimgi shaharlari tarixi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2008.
Qudratov S.S. Markaziy Osiyo hududlarida ilk davlatlarning paydo bo‘lishi. – Guliston, 1998.
Axborot manzillari:
1 ziyonet.uz
2 lex.uz
Aleksandr Makedonskiy tomonidan o’rta osiyoni bosib olinishi
TEST
1. Aleksandr qachon Makedoniya podshosi bo’lgan edi?
A) mil.avv.337-yil
B) mil.avv.335-yil
C) mil.avv.334-yil
D) mil.avv.336-yil
2. Makedoniyalik Aleksandr Sharqqa 11 yil davom etgan yurishida qaysi hududlarni bosib olgan
edi? 1.Kichik Osiyo 2.Falastin 3.Iroq 4.Suriya 5.Misr 6.Kavkazorti 7.Hindiston 8.Eron
A) 1,2,3,4,5,6,7,8
B) 2,3,4,5,7
C) 1,4,5,7,8
D) 1,3,5,7,8
3. Makedoniyalik Aleksandrning yurishlarida qatnashgan tarixchini aniqlang?
A) Aristotel
B) Arrian
C) Aristobul
D) Gerodot
4. Mil.avv.VII-IV asrlarda O’rta Osiyo xalqlari orasida xanjar qanday atalgan?
A) «ostrakon»
B) «sagaris»
C) «ossuariy»
D) «aqinak»
5. Mil.avv.VII-IV asrlarda O’rta Osiyo xalqlari orasida mavjud «sagaris» qanday qurol bo’lgan ?
A) jangovar oybolta
B) xanjar
C) nayza
D) bargistuvon
6. Makedoniyalik Aleksandr qachon Fors shohi Doro III qo’shinlarini mag’lub qilgan edi?
A) mil.avv.329-yil
B) mil.avv.323-yil
C) mil.avv.327-yil
D) mil.avv.330-yil
7. Makedoniyalik Aleksandr nima maqsadda Amudaryoning narigi tomonida yashovchi elatlarni
bo’ysundirmoqchi bo’lgan edi?
A) Eronga yurish qilishdan oldin qo’shinini orqasini xavfsizlantirish uchun
B) Hindistonga yurish qilishdan oldin qo’shinini orqasini xavfsizlantirish uchun
C) Xorazmga yurish qilishdan oldin qo’shinini orqasini xavfsizlantirish uchun
D) Qora dengiz bo’yiga yurish qilishdan oldin qo’shinini orqasini xavfsizlantirish uchun
8. Makedoniyalik Aleksandrning O’rta Osiyoga yurishida birinchi yo’lida uchragan shahar qaysi
bo’lganligini aniqlang?
A) Nautaka
B) Kiropolis
C) Marv
D) Baqtra
9. Makedoniyalik Aleksandr bosqini davrida Baqtriya satrapi kim bo’lgan?
A) Bess
B) Dadarshish
C) Xoriyen
D) Ariamen
10. Makedoniyalik Aleksandrga kim Amudaryodan ikki podsho Kir II va Doro I kechib o’tgani,
ikkalasi ham mag’lubiyatga uchragani haqida xabar bergan edi?
A) Aristobul
B) Oksiart
C) Aristotel
D) Bess
11. Nautaka deb nomlangan hududni geografik o’rnini aniqlang?
A) Sirdaryo qirg’oqlaridagi hudud
B) Qashqadaryo vohasining sharqiy qismi
C) Farg’ona sohasining sharqiy qismi
D) Surxondaryo vohasining sharqiy qismi
12. Makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari qachon Maroqandani bosib olgan edilar?
A) mil.avv.329-yil
B) mil.avv.330-yil
C) mil.avv.327-yil
D) mil.avv.328-yil
13. Makedoniyalik Aleksandr Maroqandani egallagach qayerni bosib olish uchun yurish qilgan?
A) A va B javoblar to’g’ri
B) Kurushkat shahrini bosib olish uchun
C) Sirdaryo qirg’oqlarini bosib olish uchun
D) Nautakani bosib olish uchun
14. Sirdaryo qirg’oqlarida joylashgan Kurushkat shahriga kim asos solganligini aniqlang?
A) Kserks
B) Makedoniyalik Aleksandr
C) Kir II
D) Kambiz
15. Makedoniyalik Aleksandrga qarshi so’g’diylar, baqtriyaliklar sak va massagetlarning
qo’zg’oloniga kim rahbarlik qilgan edi?
A) Bess
B) Oksiart
C) Sparangiz
D) Spitamen
16. Makedoniyalik Aleksandr yurishi davrida qaysi daryoning nomi «Politimet» deb nomlangan
edi?
A) Hind daryosini
B) Sirdaryoni
C) Amudaryoni
D) Zarafshon daryosini
17. Makedoniyalik Aleksandr qo’shinining bir qismini unga qarshi qo’zg’olon ko’targan Spitamen
qayerda qirib tashlagan edi?
A) Zarafshon daryosi bo’yida
B) Sirdaryo bo’yida
C) Kurushkat shahrida
D) Amudaryo bo’yida
18. Makedoniyalik Aleksandr saklar va massagetlarga qarshi kurash uchun qurdirgan tayanch
qal’asini aniqlang?
A) Orianar Iskandariya
B) Marg’iyona Aleksandriyasi
C) Araxosiya Aleksandriya
D) Aleksandriya Esxata
19. Makedoniyalik Aleksandr qurdirgan Aleksandriya Esxata qal’asi qayerda bo’lganliginianiqlang?
A) Qashqadaryo vohasining sharqida
B) Farg’ona yaqinida
C) Toshkent yaqinida
D) Xo’jand yaqinida
20. Makedoniyalik Aleksandr qayerda tinch aholining 120 ming nafarini qirib tashlagan edi?
A) Hind vodiysida
B) Marg’iyonada
C) Baqtriyada
D) So’g’diyonada
21. Makedoniyalik Aleksandr bilan Spitamen o’rtasidagi hal qiluvchi jang qachon bo’lib o’tgan
edi?
A) mil.avv.328-yil
B) mil.avv.330-yil
C) mil.avv.327-yil
D) mil.avv.329-yil
22. Makedoniyalik Aleksandr qo’lga kiritgan Xoriyen va Oksiartning tog’ qal’alari qayerda bo’lgan
edi?
A) Qashqadaryo vohasining sharqida
B) Pomir tog’larida
C) Sirdaryo bo’ylarida
D) Hisor tog’larida
23. Makedoniyalik Aleksandr uylangan Ravshanak qaysi qabiladan bo’lganligini aniqlang?
A) sak qabilasidan
B) fors qabilasidan
C) so’g’d qabilasidan
D) massaget qabilasidan
24. Makedoniyalik Aleksandr O’rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun 3 yil urinib qayerlarni
bo’ysundirgan edi?
A) Bekobod va Xo’janddan iborat Sirdaryo bo’ylarini
B) So’g’diyona
C) hamma javoblar to’g’ri
D) Marg’iyona, Baqtriya
25. Makedoniyalik Aleksandr bosqini natijasida O’rta Osiyoda qaysi hududlar mustaqilligacha
qolgan edi? 1.Xorazm 2.Baqtriya 3.Marg’iyona 4.So’g’diyona 5.Farg’ona 6.Toshkent vohasi
7.Sirdaryo bo’ylari
A) 5,6,7
B) 1,2,3,
C) 1,5,6
D) 1,4,5,
Javoblar:
1 D 6 D 11 B 16 D 21 C
2 C 7 B 12 A 17 A 22 D
3 C 8 D 13 C 18 D 23 C
4 D 9 A 14 C 19 D 24 C
5 A 10 C 15 D 20 D 25 C
Do'stlaringiz bilan baham: |