8-modda. Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar alohida ajratilgan hududlardan iborat bo‘lib, u yerda ilmiy-ishlab chiqarish va o‘quv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot o‘rnatiladi.
Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar yuksak texnologiyalar amal qiladigan zonalar, texnoparklar, mintaqaviy innovatsiya markazlari—texnopolislar shaklida tashkil etiladi.
9-modda. Yuridik va jismoniy shaxslar huquqlari hamda manfaatlarining kafolatlari O‘zbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zona hududida faoliyat yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.
Erkin iqtisodiy zonalarda investorlarning O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha kafolatlari va imtiyozlariga rioya etilishi ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan qo‘shimcha kafolatlar va imtiyozlar nazarda tutilishi mumkin.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga 3-ilova sifatida tasdiqlanga “Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom”. Davlat organlari va boshqa organlar yoxud mansabdor shaxslarning yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatiga asossiz aralashuvi natijasida ularga yetkazilgan zararning o‘rni, shuningdek boy berilgan foyda hamda yetkazilgan ma’naviy ziyon sud tartibida qoplanishi yoki kompensatsiya qilinishi kerak.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) 10-modda. Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi Erkin iqtisodiy zona O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan dasturga muvofiq rivojlantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-dekabrdagi 418-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi”. Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi ishlab chiqarish va bozor infrastrukturasini yaratishni, alohida huquqiy tartibotni ta’minlashni, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini iqtisodiy rag‘batlantirish choralarini o‘z ichiga oladi.
(10-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-224-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 424-modda) Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini moliyaviy ta’minlash zonaning o‘z resurslari hamda xususiy va boshqa manbalardan mablag‘lar jalb etish, shu jumladan xalqaro dasturlar hisobiga, shuningdek mazkur hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga respublika budjetidan va mahalliy budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-dekabrdagi 418-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi”ga ilova sifatida tasdiqlangan “Erkin iqtisodiy zonalarning ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari”.