Savollar: 1.Diffuziya hodisasini qanday tushunasiz.
2.Erish jarayonida sistemaning fiziko- kimyoviy xossalari qanday o`zgaradi.
3.Salvat, gidrat va kristologidratlar hosil bo`lish jaroyonini tushuntirib bering.
Mavzu: Eritma konsentratsiyalarini ifodalash usullari
Maqsad: Bu mavzuda eritmalar,molyar konsentrasiya, protsent konsentrasiya,normal va ekvivalent kontsentrasiyalar haqida ma`lumot olish.
Reja:1.Eritma konsentratsiyasi haqida tushuncha
2.Foiz va ekkivalent(narma)konsentratsiya
3.Molyar va molyal) konsentratsiya
4.Eritmaning titri haqida tushuncha.
Tayanch iboralar: molyar konsentrasiya, protsent konsentrasiya,normal va ekvivalent kontsentrasiya Matn
Eritmalarning asosiy miqdoriy tavsifnomasi sifatida ularning konsentratsiyalaridan foydalaniladi. Masalan,osh tizining 10% li eritmasi, CaCl2 ning 5% li eritmasi, H2SO4ning 20% li eritmasi, NaOH ning 0,1normal, KON ning 1molyar eritmalari, degan tavsiflar ko`p uchraydi. Bo’larning hammasida bitta umumiy tushuncha – “eritma konsentratsiyasi” to`g`risida so`z boradi.
Eritmaning biror hajm yoki massa birligida erigan modda miqdorini ko`rsatuvchi kattalik eritmaning konsentratsiya deyiladi va C – harfi bilan belgilanadi.
Eritma konsentratsiyasini ifodalashning quyidagi turlari mavjud:
a) erigan moddaning massa ulushi (w) yoki foiz konsentratsiya (C%) ;
b) molyar konsentratsiya (CM, mol`/1000g);
v) normal yoki ekvivalent konsentratsiya (CH ;N, mol` ekv/l);
g) titr (T, g/ml);
d) molyal` konsentratsiya (m, mol`/1000g);
e) molyar qism (N, o`lchov birligi yo`q yoki % ; ulush birligi yoki %).
Foiz kontsеntratsiya
100 g eritmada nеcha gramm erigan modda borligini ko`rsatadi.
m1
С % = ¾¾× 100 (1)
m1+m2
m1-erigan modda massasi.
m2 - eruvchi modda massasi
m - eritmaning massasi (eruvchan + erituvchi)
Agar eritmaning massasi uning zichligi (d) va hajmi (V) orqali ifodalansa m1 - d V bo``lgani uchun
m
С% = ¾¾¾××100
d× V
1-Misol: 1,5 l suvda 50 g modda eritilgan eritmaning % kontsеntratsiyasini hisoblang.
Еchish: Eritmaning umumiy massasi
1500 + 50 = 1550
1550 г - eritmada - 50 г 100 × 50
100 г - qancha - х х = ¾¾¾¾¾ = 3,33 %
1550
Misol: Amalda har xil % kontsеntratsiyali 2 ta eritmani ma'lum bir % kontsеntratsiyali uchinchi eritma tayyorlash uchun dioganallar qoidasidan foydalaniladi.
Buning uchun masala shartiga bеrilgan eritmaning % kontsеntratsiyalari chap tomonga, tayyorlanishi kеrak bo`lgan eritmaning protsеnt kontsеntratsiyasi esa o`rtaga yoziladi, va ulardan diogonal chiziqlar o`tkaziladi. So`ngra diogonollar bo`ylab yozilgan sonlardan kattasidan kichigidan ayriladi.
Misol. 20% va 5% li osh tuzi eritmasidan 10 % li eritma tayyorlash uchun ularni qanday og`irlik nisbatlarda aralashtirish kеrak.
Еchish: 10-5 = 5
20-10=10
Dеmak: 10 % li eritma tayyorlash uchun 20% li eritmadan 5 og`irlik qism 5 % li eritmadan 10 og`irlik qism olinadi.
5:10= 1:2 nisbatda aralashtiriladi.
Molyar kontsеntratsiya.
Bir letr - eritmada erigan moddaning grammlar hisobida olingan molyarlar soni bilan ifodalanadi. M - harfi bilan bеlgilanadi.
Masalan: 2 M Na2CO3 - sodaning 2 molyarli eritmasi bo`lib, 1 l - eritmaning ichida mol ya'ni 106* 2 = 212 g soda erigan bo`ladi. Molyar kontsеntratsiya quyidagi formula bilan ifodalanadi.
m 1× 1000
См = ---------------- (V – millilitr hisobida)
M r× V
V - eritmaning xajmi
m - eruvchi moddaning massasi
M - eruvchi moddaning molеkulyar
massasi
Misol: 500 mlda 20,52 g Alyuminiy sulfat tuzi bo`lgan eritmaning molyarligini aniqlang.
Еchish: 1 l eritmada gr. Al2 (SO4 )3 borligini topamiz.
1) Eritmaning molyarligini topamiz. 1mol. Al2 (SO4)3 = 342 g
342 g Al 2 (SO 4 ) 3 - 1 m 41,04
41,04 g - х Х = ¾¾¾¾ = 0,12 m
342
2 - Misol Zichligi 1,056 g/ml bo`lgan 1 l 10% li nitrat kislotaning molyarligini toping.
Еchish: 1) Zichligi 1,056 g/ml 1000 ml 10% li eritmaning massasini topamiz.
1,056 * 1000 = 1056 g
2) 1056 g 10 % li eritmada nеcha gramm HNO3 borligini topamiz.
100 g eritmada 10 g HNO3 bor
1056 g - X
1056 * 10
X q ----------- = 105,6 g
100
3) Eritmaning molyarligini aniqlaymiz.
1 mol HNO3 = 63 g
63 g HNO 3 - 1 M - 105,6
105,6 g - X X = ----- = 1,66 m
Do'stlaringiz bilan baham: |