________2015-2016
9-sinf ( ________ ) Milliy Istiqlol G`oyasi va Ma’naviyat asoslari
DARSNING MAVZUSI: Halol mehnat- ma`naviy yuksalish garovi
DARSNING MAQSADI:
TA`LIMIY: O`uvchilarga, Halol mehnat- ma`naviy yuksalish garovi mavzusini atroflich yoritib berish
TARBIYAVIY: O`quvchilarni halol mehnat qilishga o`rgatish
RIVOJLANTIRUVCHI: mehnatdan kelsa boylik turmish bo`lar chiroylik
DARS TURI: yangi bilim berish, tushuncha va ko`nikmalarini shakillantirish
DARS METODI: aralash, aqliy hulum, savol- javob
DARS JIHOZI: darslik, doska, ruchka, daftar, ko`rgazmali qurollar, buketlar, rasmlar
DARSNING BORISHI
TASHKILIY QISM : dars boshlangandan keyin o`quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, darsga tayorgarligini tekshirish, darsga jalb etish
O’TILGAN MAVZU TAHLILI: o`quvchilarni o`tilgan mavzuni qanchalik o`zlashtirganini bilish maqsadida o`tilgan mavzu yuzasidan savo-jovob o’tkazaman. Savollarga javob berish uchun o`quvchilarga bir daqiqa vaqt berib ularni javoblarini tinglaymiz, shu tariqa mavzuni qanchalik o`zlashtirilganini bilib olamiz.
YANGI MAVZU BAYONI: Inson mehnati aqliy va jismoniy mehnat turlariga bo‘lim Ular orasiga sun’iy to‘siq tiklab, bir-biriga zid qo‘yish esa mutlaqo yaramaydi. Aksincha, o‘z hayotida har ikki mehnat turining uyg‘unligiga erisha olgan shaxs har tomonlama yetuklikka ko‘tariladi. Aqliy mehnat inson aqlini charxlab, tafakkurini rivojlantirsa, jismoniy mehnat uning jism-u joni barkamol, sog‘lom o‘sishi uchun zamindir. Bunday kamolotga erishganlar mehnatda toblangan, el-yurt va oilasida hurmat ila obro‘ topgan, o‘z mehnati bilan bir qatorda o‘zgalar mehnatidan rohatlanadigan, uni qadrlaydigan insonlar hisoblanadi. Yodingizda bo‘lsa, 8-sinfda ham aqliy-ijodiy, ham jismoniy mehnat qilishdan tolmagan, shu orqali zamondoshlari va keyingi avlodlar hurmat-e’zoziga sazovor bo‘lgan o‘zbek adibi Abdulla Qodiriy, rus mutafakkiri Lev Tolstoy to‘g‘risida gapirgan edik. Har ikki mehnat turining uyg‘unligiga erishgan bu adiblar tomonidan yaratilgan asarlarning xalqchilligi, o‘qishliligining siri ham mana shundadir. Oilaning moddiy va ma’naviy ahvoli ham mehnat ortidan yuksaladi. Oila a’zolarining mavqeyi, mahalla-ko‘ydagi obro‘si, ularga nisbatan o‘zgalar munosabati ham qilingan mehnatning natijalari asosiga quriladi. Bir kun kelib inson olamdan o‘tgach, uning mehnati, foydali ishlari yaxshi so‘zlar bilan esga olinadi. Ota-onaning oilada farzandlariga o‘rgatgan mehnat saboqlari, kasb-kori avlodlari uchun bebaho boylik bo‘lib qoladi.
.O’TILGAN YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH: Mavzuni qanchalik darakada o`zlashtirganligini bilish uchun o`quvchilarga savollar beraman
Mehnat tarbiyasiansonning to‘g‘ri shakllanishida qanday o‘rin tutadi? «Odam savdosi» insoniyat boshiga qanday falokatlarni olib kelishi mumkin?
Aqliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni kimlarning faoliyatida kuzatgansiz?
Xonadoningizda qanday kasb egalari bor? Yana qanday kasb sohibi bo‘lishini istardingiz? O’QUVCHILARNI BAHOLASH: O`quvchilarni baholashda, ularning darsga ishtiroki, tarbiyasi, bilim saviyasiga qarab dars moboynida ularni rg`batlantirib borib, dars yakunida baholandi. UYGA VAZIFA: O`quvchilarga uyga topshiriq shundayki, o`tilgan mavzuni uyda yana bir bora takroran o`qib, yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rib kelish, mavzu yuzasidan savollar tayyorlab kelish, krasvort, konspekt yozib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |