Mavzu: Endokrin tizim fiziologiyasi Asosiy savollar



Download 27,43 Kb.
bet7/10
Sana08.04.2022
Hajmi27,43 Kb.
#537692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
№8 узб

Qalqonsimon old bezlari. Kaltsiy va fosfor muvozanatni saqlashda vitamin D bilan bir qatorda yana ikki gormon – paratgormon va kaltsitonin qatnashadi. Paratgormon qalqonsimon bezi oldi bezlarida, kaltsitonin esa qalqonsimon bezning maxsus s-hujayrasida sintezlanadi. Paratgormon mol. massasi 8,5ming ga teng, kaltsitonin – 3,6 ming ga teng oqsil moddalar. Paratgormon, birinchidan osteoblastlarning faolligini kuchaytirib, suyakdan kaltsiy va fosfor ajralib chiqishini tezlashtiradi. İkkinchidan, u buyraklarda reabsorbtsiyani kuchaytiradi. Vitamin D ning miqdori etarli bo’lganda paratgormon ichakda kaltsiy so’rilishini ham tezlashtiradi. Natijada qonda doimiy (0,1g/l yoki 3mmol/l) bo’lgan kaltsiy miqdori ko’payadi. Fosforning qondagi miqdori paradgormon tasirida unchalik o’zgarmaydi.
Kaltsitonin paratgormonning antogonosti bo’lib, qonda Ca2+ miqdorini kamaytiradi. Bu suyaklarda kaltsiy ajralishining susayishi natijasida xisoblanadi. Kaltsitonin medaning pilorik qismida sentezlanadigan va meda sikretsiyasining juda kuchli stimulyatori xisoblangan gastrin gormonining qonga o’tishini tozmozlaydi.
Paratgormon etishmovchiligi qonda kaltsiy miqdorini kamaytiradi. Kaltsiy miqdori 0,08g/l ga tushib qolsa tetaniya ro’y beradi. Skelet mushaklarning qo’zg’aluvchanligi oshib, ular kuchsiz tasurotga tonik qisqarish bilan javob beradi. Nafas mushaklari kuchli tonik qisqarish xolatiga o’tganda, odam xalok bo’lishi mumkin. Giperparatireozda kaltsiyning qondagi miqdori ko’payadi. Kaltsiy miqdori 0,17g/l dan oshib ketsa, odamning yuragi to’xtab o’lishi mumkin.
Meda osti bezi. Bu bezning asosiy qismi ovqat xazmida ishtirok etuvchi shira ishlab chiqaradi. Bu ishni bajaruvchi ekzokrin to’qima orasida maxsus endokrin hujayralar – Langgergans orolchalari joylashgan. Ulardagi -hujayralar glyukagon -hujayralar insulin ajratadi, delta - hujayralar somatostatinlarni sintezlaydi. Gipotalamik somatostatin gipofizda o’sish gormoni ajralishini tormozlaydi. Bundan tashqari, somatostatin insulin, glyukagon va gastrointestinal gormonlarning qonga o’tishini tormozlaydi. MAT ning faoliyatida somatostatin mediator rolini ham bajaradi.
İnsulin va glyukagon organizmida uglevodlar almashinuvini boshqaruvchi asosiy gormonlar xisoblanadi. İnsulinning molekulyar massasi 6minga teng bo’lgan oqsil. U bir-biriga parallel bo’lgan ikkita disulfid ko’prikchalar yordamida bog’langan ikki polipeptiddan iborat. Glyukagon molekulyar massasi 3,5ming dan iborat bo’lgan polipep-tiddir.İnsulin qonda glyukoza miqdorini kamaytiruvchi yagona gormon. Glyukozaning qondagi miqdori 0,8-1,0g/l (4,4- 6,6mmol/l) bo’ladi. Bu miqdorning oshishi qandli diabetga olib keladi. Buning asosiy sababi insulin etishmovchiligi xisoblanadi. Glyukoza miqdori qonda 1,8g/l dan oshib ketsa, siydik bilan chika boshlaydi. Nefron kanalchalarida to’liq reabsorbtsiyaga uchramagan glyukoza oxirgi siydik xajmi oshishiga sabab bo’ladi. Organizmga tashqaridan insulin kritilsa, qondagi glyukoza miqdorini kamayishining sababi: 1) insulin glyukozani skelet mushaklari, yog’ to’qimasi va miokard hujayralariga o’tishini engillashtiradi va hujayralarda glyukoza almashinuvini tezlashtiradi; 2) jigarda glikogen hosil bo’lishini rag’batlaydi; 3) aminokislotalardan glyukoza sintezlanishini (glyuqoneogenezni) sekinlashtiradi. İnsulin yog’ almashinuvga ham tasir qilib, qondan erkin yog’ kislotalarini jigar va yog’ to’qimasiga o’tishini, triglitserid shaklida jamg’arilishini amalga oshiradi. Hujayra membranasida joylashgan maxsus retseptor insulinni hujayra ichiga kirishini taminlaydi. U oqsil tuzilma bo’lib, bir juft b va bir juft v qismlardan tashkil topgan; b-qismi membrananing tashqi tomonida turib, insulinni taniydi va u bilan bog’lanadi, v–qismi esa hujayra ichiga kirishini taminlaydi. Protoplazmada insulin–retseptor birikma parchalanadi, retseptor membranadan o’z joyiga qaytadi. İnsulin esa enzimlar faolligini kuchaytirib, biologik tasir o’tkazadi. Bu tasir ko’p qirrali, yani DNK, oqsil, yog’ sintezlash, modda almashinuvini ko’p jarayonlariga aralashishdan iborat. İnsulin hujayralar bo’linishini tezlashtirish, yani mitogen tasiriga ega. Uning bu tasiri jigarda o’sish gormoniga bog’liq bo’lgan somatomedin sintezining tezlashishi natijasi xisoblanadi.

Download 27,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish