Xlor (VI) - oksid past temperaturada C1O2 ga ozon ta’sir ettirish natijasida hosil qilinadi. Xlor (VI)- oksid oddiy sharoitda qizil-qoramtir tusli suyuqlik, toza holda barqaror, organik modsalar ta’sirida kuchli portlaydi, xlor (VI)-oksid suvda erishi natijasida perxlorat kislota hosil kiladi.
Xlor (VII)- oksid Cl2O7 rangsiz moysimon suyuqlik, suvda yaxshi eriydi, kizdirilganda va zarb ta’sirida portlaydi. Xlor (VII)- oksidga mos keladigan perxlorat kislota perxlorat tuzlarga vakuumda sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi. Perxlorat kislota havoda о‘z-о‘zidan tutaydigan, termik beqaror, suvda yaxshi eriydigan organik moddalar ta’sirida tez parchalanatsigan suyuqlik. Bu kislota tuzlarini xloratlarni katalizatorsiz parchalab olinatsi. Xlorning kislorotsli kislota-lari kuchi xlorning oksidlanish sarajasi ortishi bilan ortadi, oksidlanish xususiyati esa kamayadi.
Bromning Br2O, BrO2, BrO3 va Br2O7 tarkibli kislorotsli birikmalari ma’lum.
Brom(I)- oksid Br2O -qо‘ng‘ir-qizg‘ish tusli suyuqlik, qizdirilganda shidsatli parchalanadi. Brom (IV) - oksid sariq rangli qatgiq modda, yuqori temperaturada beqaror, ma’lum sharoitda vakuumda Br2O hosil qilib parchalanadi. Brom (VI)-oksid BrO3oq rangli, qatgiq beqaror modsa. Brom (VII)- oksid Br2O7oq rangli, suvda yaxshi eriydigan qattiq modda.
Bromning gipobromid HBrO va bromat HBrO3 kislotalari bor. Gipobromid kislota bromni simob (II)- oksid ishtirokida suvda eritib olinadi. Gipobromid kislota gipobromidlari termik beqaror bо‘lgani uchun qizdirilganda dispropor-siyalanadi:
3KBrO2KBr + KBrO3
Bromat kislota bariy bromatga suyultirilgan sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi:
Ba (BrO3)2 + H2SO4BaSO4 + 2HBrO3
Bundan tashqari, bromli suvga xlor ta’sir ettirib ham bromat kislota olish mumkin:
Br2 + 6H2O + 5C122HBrO3 + 10HCl
Bromat kislotaga moye keladigan tuzlar bromatlar deb ataladi. Bromatlar bromitlarni termik parchalab yoki xloratlarga bromidlar ta’sir ettirib olinadi:
KC1O3 + KBr KBrO3 + KC1
Texnikada bromatlar KBr va NaBr eritmalarini elektroliz qilib olinadi.
Yodning J2O va J2O5 tarkibli kislorodli birikmalari ma’lum: J2O5 - oq rangli kristall tuzilishiga ega bо‘lgan barqaror modsa. Periyodat kislotani termik parchalash natijasida hosil qilinadi. J2O5- 300° gacha barqaror, keyin yod va kislorod hosil kilib suyukdanadi. U suv bilan shiddatli reak-siyaga kirishadi:
J2O5+H2O2HJO3
J2O5 - kuchli oksidlovchi bо‘lgani uchun H2S, HCl va CO lar bilan reaksiyaga kirishadi:
5H2S + J2O5 J2 + 5S + 5H2O
5CO+J2O5J2 + 5CO2
Yodning gipoyodid HJO, yodat HJO3 va peryodat HJO4 tarkibli kislorodli kislotalaribor. Gipoyodit kislotaning tuzlari gipoyoditlar juda beqaror moddalar bо‘lib, osonlik bilan yodatlarga aylanadi. Lekin gipoyoditlar kislotaga qaraganda barqaror moddalardir. Agar yodga ishqor ta’sirettirilsa, avvalgi gipoyodatlar, sung ular yodatlarga va yodidlarga parchalanadi:
J2 + 2KON KJ + KJO + N2O
3KJO2KJ + KJO3
Gipoyodit kislota va uning tuzlari oksidlovchilardir. Yodat kislotani HJO3 yodga nitrat kislota yoki xlorli suv ta’sir ettirib hosil qilinadi:
3J2 + 10HNO3 6HJO3 + 10NO + 2H2O
J2 + 5C12 + 6H2O 2HJO3 + 10 HC1
Yodat kislota suvda yaxshi eriydigan rangsiz kristall modsa. Yodat kislotaning tuzlari yodatlar, bromatlar va xloratlar kabi neytral va ishqoriy eritmalarda oksidlovchi xossani namoyon qilmaydi, zarba ta’sirida portlaydi. HClO3 -HBrO3 - H JO3 qatorda kislotalarning barqarorlik darajasi chapdan о‘ngga tomon kuchayadi, oksidlanish xossasi va kislotaning kuchi pasayib boradi.
Galogenlar о‘zaro birikib, asosan birlamchi va uchlamchi birikmalar hosil qiladi. Bulardan BrCl, JC1, JCl3, JBr lardan boshqa barcha birikmalar ftor galogenlardir.
Birlamchi galogenli birikmalarning reaksiyaga kirishishi xususiyati uchli bо‘lib, oksidlovchi xossasiga ega, kupgina erkin holatdagi elementlar bilan birikib galogenidlar aralashmasini hosil kiladi. Ular suv ta’sirida gidrolizlanadi:
BrC1 + H2O HCl+ HOBr
Uchlamchi galogenlararo birikmalar suv ta’sirida kuchli portlash hosil qilib parchalanadi. Galogenlararo birikmalar ichida eng kо‘p tarqalganlari galogenftoridlardir. ClF va ClF3 ni tо‘gridan-tо‘gri mis idishda 250°C da xlorga ftor ta’sir etgirib olish mumkin. C1F5 ni ClF5 ga 250 atmosfera bosimda 350°C da F2 ta’sir etgirib olinadi. Galogen ftoridlar reak-siyaga kirishish xususiyati kuchli bо‘lgani uchun organikada ftorlash keng qо‘llaniladi. Galogen ftoridlarning aktivligi CF3 - BrF5 - JF7 - C1F - BrF3 - JF5 - BrF qator bо‘yicha chapdan о‘ngga о‘tgan sari kamayib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |