Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni



Download 3,81 Mb.
bet21/131
Sana22.06.2022
Hajmi3,81 Mb.
#691736
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   131
Bog'liq
9-sinf kimyo

Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
1.Eng muhim vodorodli va kislorodli birikmalari.2. Uglеrod (II)-oksid va uglеrod (IV)-oksidlari. 3.Fizik va kimyoviy xossalari, olinishi va ishlatilishi.
Yangi darsning bayoni.
Uglerodning noorganik birikmalari tabiatda keng tarqalgan bo`lib, ko`plab minerallar, tog` jinslari, havo tarkibidagi karbonat angidrid tarzida uchraydi. Ulardan eng muhimlari uglerodning vodorod bilan hosil qilgan birikmalari uglevodorodlar deb ataladi va ular turlicha tarkibga ega bo`ladi. Biz ularni organik kimyo kursida o`rganamiz.Uglerod kislorod bilan ikkita oksid: uglerod (II)-oksid CO va uglerod (IV)-oksid CO2 hosil qiladi. Ularning fazoviy tuzilishlari chiziqli ko`rinishga ega (C=O va O=C=O).Uglerod (II)-oksid CO (is gazi) - rangsiz, hidsiz, o`ta zaharli, havodan yengil, suvda kam eriydigan gaz. Befarq oksidlar sinfiga mansub.Uglerod (II)-oksid uglerod (IV)-oksidning havo yetishmagan sharoitda, 45O°C dan yuqori haroratda cho`g`lanib turgan ko`mir bilan ta'sirlashishidan hosil bo`ladi: CO2 + C = 2CO -16O kJ. Havoda va kislorodda ugterod (II)-oksid moviy rang alanga hosil qilib yonadi:
2CO +O2 = 2CO2 + 572 kJ.Uglerod (II)-oksid ham uglerod kabi qaytaruvchidir. U 300-1500°C da metallarning oksidlarini metallargacha qaytaradi. FeO + CO = Fe + CO2 2CO +SnO2 = 2CO2 + Sn. CO faollashtirilgan ko`mir katalizatorligida xlor bilan reaksiyaga kirishib, fosgen deb ataluvchi kuch zaharli gazni hosil qiladi:
CO + C12 = CO C12. CO + C12 = CO C12 .CO + C12 = CO C12
Uglerod (IV)-oksid CO2 (karbonat angidrid) rangsiz, hidsiz, havodan og`ir gaz. Karbonat angidridni havoga nisbatan zichligi 1,52 ga teng. 5,76-1O6 Pa va 2O0C da rangsiz suyuqlikka aylanadi. Bu suyuqlik bug`langanda ko`p miqdorda issiqlik yutiladi va karbonat angidrid oq qattiq massa (quruq muz) ga aylanadi. Olinishi. Laboratoriyada uglerod (IV)-oksid kalsiy karbonat (bo`r, ohaktosh bo`lakchalari, marmar) ga xlorid kislota ta'sir ettirib olinadi.
CaCO3+ 2HC1 - CaCl2+ CO2+ H2O . CaCO3+ 2HC1 - CaCl2+ CO2+ H2O .
Sanoatda ohaktoshni kuydirib olinadi: CaCO3 =CaO + CO2. CaCO3 =CaO + CO2
Tabiatda hayvon va o`simliklarning nafas olishida, organik qoldiqlarning chirishida, yonish jarayonlarida hosil bo`ladi.Karbonat angidrid kislotali oksid xossasini namoyon qiladi. U suvda erib, karbonat kislota hosil qiladi:CO2 +H2O = H2CO3. Metall oksidlari va asoslar bilan reaksiyaga kirishib tnz hosil qiladi: 2NaOH + CO2 = Na2CO3 + H2O . NaOH + CO2 = NaHCO3 CaO + CO2 = CaCO3Ohakli suv orqali karbonat angidrid o'tkazilganda, loyqalanish kuzatiladi (CO, uchun sifat reaksiyasi):Yonishga yordam bermaydi. Ba'zi moddalargina, masalan, magniy unda yonishi mumkin:
Ca(OH)2 + CO2 = CaCO3 + H2O . 2Mg + CO2 = 2MgO + С
Ishlatilishi. Sanoatda soda (ichimlik sodasi, kir soda, texnik soda) olishda, organik kislotalar sintezida, yong'inni o'chirishda, gazlangan ichimliklar tayyorlashda ishlatiladi. Quruq muzdan oziq-ovqat mahsulotlarini sovuq saqlashda foydalaniladi.

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish