Mavzu: KRЕMNIY. KRЕMNIYNING ELЕMЕNTLAR DAVRIY SISTЕMASIDA JOYLASHGAN O`RNI, ATOM TUZILISHI
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Krеmniyning elеmеntlar davriy sistеmasida joylashgan o`rni, atom tuzilishi, tabiatda tarqalishi haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o`stirish dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
4. Kompitensiya elementlari: Fanga oid kompitensiya - 1) Kimyoviy jarayon ,hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish 2) Element va hodisalarni kimyoviy tilda ifodalay olish. 3)Kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash. Umumiy kompitensiya- 1)Kommunikativ kompitensiya, 2) Axborotlar bilan ishlash kompitensiyasi, 3) O’zini o’zi rivojlantirish kompitensiyasi, 4) Ijtimoiy faol fuqarolik kompitensiyasi, 5) Milliy va umummadaniy kompitensiya, 6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompitensiyasi.
Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
1. Krеmniyning elеmеntlar davriy sistеmasida joylashgan o`rni.
2.Krеmniyning atom tuzilishi. 3. Krеmniyning tabiatda tarqalishi
Yangi darsning bayoni.
Kremniy. Kremniyning davriy sistemadagi o'rni va atom tuzilishi . Kremniyning p-elementlar oilasiga mansub ekanligini qanday izohlaysiz? Kremniy davriy sistemaning uchinchi davri to'rtinchi guruh bosh guruhchasida 14-tartib raqami bilan joylashgan, p-elementlar oilasiga kiradi. Nisbiy atom massasi 28,O86 ga teng. Tashqi elektron pog'onasida to'rtta elektron tutadi.
Davriy sistemada kremniy elektronlarni oson beruvchi va elektronlarni oson qabul qiluvchi elementlar orasida joylashgan. Vodorodli birikmasida SiH4 kremniy to'rt valentlilikni, oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Yuqori oksidlanish darajasi esa +4 (SiO2).
Tabiatda tarqalishi va biologik ahamiyati. Yer qobig'ida tarqalish jihatidan kisloroddan keyingi ikkinchi o'rinda turgan kremniyning massa ulushi 27,6% ni tashkil etadi. Kremniy tabiatda faqat birikmalar holida uchraydi. Kremniy tabiatning asosiy elementidir.
Ko'pchilik tog' jinslari (gneyslar, granitlar, bazaltlar) va minerallar (kvars, dala shpatlari, qum, gillar) kremniy birikmalaridan tashkil topgan. Kremniy ayrim o'simliklar poya va barglari, qush patlari va hayvon junlari tarkibiga kiradi. Kremniy ayrim o`simliklar poya va barglari, qush patlari va hayvon junlari tarkibiga kiradi .
Do'stlaringiz bilan baham: |