Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi. : 1. Krеmniyning olinishi, ishlatilishi va biologik ahamiyati.
2. Krеmniyning fizik, kimyoviy xossalari.
Yangi darsning bayoni.
Fizik va kimyoviy xossalari. Kremniy tashqi ko`rinishidan metallarga o`xshab ketadi. Kristall kremniy kulrang - po`lat rangli, metall yaltiroqligiga ega modda. Suyuqlanish harorati 142O°C, qaynash harorati 2355°C; zichligi 2329 kg/m3; izotop soni 11 (24-»34);
Uglerodga qaraganda kremniyda metallmaslik xossalari kuchsizroq namoyon bo`ladi, chunki, uning atom radiusi kattaroq va tashqi elektronlar yadrodan uzoqroqda joylashgan. Kuchli qizdirilganda kremniy havoda yonib ketadi va kremniy (IV)-oksidni hosil qiladi:Si+O2=SiO2
Qizdirilganda kremniy xlor, brom va oltingugurt bilan ham ta'sirlashadi:
Si+2Cl2=SiCl4 Si+2Br2=SiBr4 Si+2S=SiS2
Kremniyning galogenli va oltingugurtli birikmalari gidrolizga uchraydi: SiCl4+2H2O= SiO2+4HCl SiS2+2H2O= SiO2+2H2S
Kremniy yuqori haroratda uglerod bilan birikadi va juda qattiq birikma-karborund (kremniy karbid) ni hosil qiladi: Si + C = SiC
Karborunddan silliqlash va pardozlash toshlari tayyorlanadi. Qizdirilganda kremniy ko`plab metallar (Mg, Ca, Cr, Mn, Fe va b.) bilan silitsidlar hosil qilib birikadi:
Si+2Mg=Mg2Si
.Metall silitsidlariga kislotalar ta'sirida kremnevodorod SiH4- silan hosil bo`ladi
Mg2Si+4HCl=2MgCl2+SiH4
Eng muhim birikmalari. Kremniy (IV)-oksid SiO2 - qattiq, qiyin suyuq- lanuvchan, atom kristall panjarali, suvda erimaydigan modda. Tabiatda kvars minerali holida uchraydi. Kvarsning tiniq, rangsiz kiistalini tog' xrustali deb ham ataladi. Kremen, agat, yashma, qum - kvarsning shakl o'zgarishlari hisoblanadi.Kislotali oksid xossasiga ega bo'lib, ishqorlar, ishqoriy metallar karbonatlar va asosli oksidlar bilan qo'shib suyuqlantirilganda kremniy kislota tuzlari - silikatlarni hosil qiladi:
SiO,+2NaOH= H2O+Na2 SiO3 SiO2+Na2O3=CO2Na2 + SiO3 SiO,+CaO=CaSiO3
Ftorid kislotadan boshqa kislotalar bilan ta'sirlashmaydi. Ftorid kislota ta'sirida gazsimon kremniy ftorid SiF4 hosil bo'ladi:
SiO2+4HF=2H2O+SiF4
Suyuqlantirilgan kvarsdan ultrabinafsha nurni o'tkazuvchi va kichik kengayish koeffitsientiga ega bo'lgan kvars oynasi ishlab chiqariladi. Kvarsning suyuqlanish harorati 15OO°C atrofida. Shuning uchun kvars oynasini yuqori haroratli sharoitlarda ishlatish mumkin. Kvarsdan simob lampalari va kimyoviy laboratoriya idishlari tayyorlanadi.Metakremniy kislota va uning tuzlari. Metakremniy kislota H2SiO3 ikki negizli kuchsiz kislota bo'lib, karbonat kislotadan ham kuchsizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |