Mavzu: Uglеrodning elеmеntlar davriy sistеmasida joylashgan o`rni,atom tuzilishi
uglеrod allotropiyasi.
Darsning maqsadi: 1,Ta`limiy maqsad: Uglеrodning elеmеntlar davriy sistеmasida joylashgan o`rni,atom tuzilishi uglеrod allotropiyasi haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o`stirish dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
4. Kompitensiya elementlari: Fanga oid kompitensiya-1)Kimyoviy jarayon ,hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish 2)Element va hodisalarni kimyoviy tilda ifodalay olish.3)Kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash. Umumiy kompitensiya- 1)Kommunikativ kompitensiya, 2)Axborotlar bilan ishlash kompitensiyasi,3)O’zini o’zi rivojlantirish kompitensiyasi,4)Ijtimoiy faol fuqarolik kompitensiyasi,5)Milliy va umummadaniy kompitensiya,6)Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompitensiyasi
Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
. Yangi darsning bayoni. Darsni rejasi:
Uglerodning:
Davriy sistemadagi o‘rni
Atom tuzilishi
Тabiatda uchrashi
Allotropiyasi
Uglerod va uning birikmalarining xalq xo‘jaligida ishlatilishi Darsni tashkil qilishda o‘quvchilarni mustaqil ishlatish yahshi natija beradi. Chunki o‘quvchilar 8-sinfda, davriy qonun, Davriy jadval, atom tuzilishi haqida bilimlarga ega.
O‘qituvchi darsning har bir bosqichida, o‘quvchilarni mustaqil ishlashlari uchun savol yoki topshiriqlar beradi. O‘quvchilar esa berilgan savol va topshiriqlarga 8-sinf kimyo darsligidan yoki qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib topshiriqlarni bajaradilar.
O‘quvchilar tomonidan bajarilgan ishlar tekshirib olinishi va yakuniy hulosani o‘qituvchi berishi kerak.
Dars reja asosida shu tarzda davom etadi.
Uglerod-tirik tabiatning asosi
Uglerod tabiatda ko‘mir va karbonat minerallari shaklida uchraydi
Olmos va grafit-uglerodning allotropik shakl o‘zgarishlaridir.
Karbin va fulleren-uglerodning sun’iy allotropik shakl o‘zgarishidir.
Uglerodning O‘zbekistondagi zahiralari va amaliy ahamiyatini tushuntirishda quyidagi sitatadan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi: «...O‘zbekiston katta ko‘mir zahiralariga ega. Uning geologik zahiralari bo‘yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi o‘rinda turadi. O‘zbekistonda ko‘mir Angren, Sharg‘un va Boysun konlarida qazib chiqariladi. Ularning umumiy zahirasi-2 milliard tonna.
Ular orasida Angren ko‘mir koni eng noyob kon hisoblanadi. Bu yerda ko‘mir zahiralari ilg‘or hamda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq usullar bilan: 150-250 metr chuqurlikdagi ko‘mir qatlamlarini ochiq usulda, yer osti usulida va yer ostida gazga aylantirish usulida qazib olinmoqda. Bunda chiqitsiz texnologiyadan foydalanilmoqda...» (Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. 236et)
Do'stlaringiz bilan baham: |