Mavzu: Elektromontaj ustaxonasi bilan tanishuv. Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish


mavzu: Elektr stansiya va elektr tarmoqlari jihozlarini konsruksiya qismlarigaajratish



Download 0,8 Mb.
bet18/36
Sana10.09.2022
Hajmi0,8 Mb.
#848541
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
Maruza el st

mavzu: Elektr stansiya va elektr tarmoqlari jihozlarini konsruksiya qismlarigaajratish.

Reja:

  1. ELEKTR JIHOZLARNING NOSOZLIGI VA UNING SABABLARI

  2. YORITISH ELEKTR QURILMALARINING

KOMMUTATSIYA ASBOBLARI
Elektr jihozlar ishlatilishi davomida asta yedirilib ishdan chiqib boradi. Elektr jihozlarning ishdan chiqib borishi, ya’ni yemirilishini o‘z tavsifiga ko‘ra shartli ravishda mexanik, elektr va ma’naviy turlarga bo‘lish mumkin.
Elektr jihozlarning mexanik yemirilishi deb, jihozning uzoq vaqt ishlatilishi davomida, uning mexanik harakatda bo‘ladigan ba’zi qismlari doimiy mexanik ta’sirlar ostida bo‘lishi sababli, o‘z o‘lchamlari yoki sifat ko‘rsatkichlarini eng birinchi holatdagidan farqli bo‘lishiga olib kelishiga aytiladi. Masalan, o‘zgarmas tok elektr mashinalarining kollektorlariga uzoq vaqt davomida cho‘tkaning mexanik ta’siri natijasida ularning cho‘tka bilan kontaktda bo‘lgan yuzalarida chuqur ariqchalar paydo bo‘ladi va bu kollektorlarninig yemirilishiga olib keladi. Kollektorlarning yeyilishini tezlashtirishga, bundan tashqari, elektr erroziya ham sabab bo‘lishi mumkin.
Elektr apparatlar kontaktlarining sidirilishi va eng avvalgi holatidan farqli bo‘lishiga olib kelishi, mexanizm prujinasining bo‘shashib ketishi va h.k. mexanik yemirilishga misol bo‘ladi. Elektr motorlarda mexanik ishqalanish natijasida asosan vallarining bo‘yinlari, podshipniklar, faza chulg‘amli rotorlarning kontaktli halqalari yeyiladi.
Elektr yemirilish deb, elektr jihozlari elektr izolatsion materiallarining izolatsion xususiyatlari tiklanmaydigan darajada yo‘qolishiga aytiladi. Masalan, elektr motorlar chulg‘amlari izolatsiyasi, elektr mashinalari stator ariqchalari izolatsiyasi, apparatlarning izolatsiyalovchi detallari va h.k. ning elektr yemirilishlarini keltirish mumkin. Elektr yemirilish elektr jihozlarning davriy ruxsat etilmagan yuklanishlarda ishlashi, atrof- muhit haroratining ruxsat etilmagan qiymatida yoki kimyoviy agressiv muhitda uzoq muddat ishlashi natijalarida yuzaga kelib, g‘altaklarda va chulg‘amlarda o‘ramlararo qisqa tutashuvlarning yuzaga kelishiga, izolatsiyalarining teshilishiga olib kelib va elektr jihozning qismlari orasida xavfli qiymatli potensiallarni yuzaga keltiradi va bu esa shunday shikastlanishlarni vujudga keltiradiki, natijada bu nosozlikni tugatish uchun elektr jihozni kapital ta’mirlash kerak bo‘ladi.
Ma’naviy yemirilish, bu ishga to‘liq yaroqli bo‘lgan zaxiradagi yoki ishlab turgan elektr jihozni, shu elektr jihozning vazifasini to‘liq bajaruvchi texnik jihatdan mukammal va iqtisodiy samarador turdosh jihoz yaratilishisababli, bundan keyin ishlatish maqsadga muvofiq emasligi tushuniladi. Elektr jihozlarning ma’naviy yemirilishi qonuniy jarayon bo‘lib, fan va texnik taraqqiyotninig uzluksiz rivojlanishi bilan izohlanadi. Elektr jihozni kapital ta’mirlash jarayonida uning konstruksiyasi va texnik ko‘rsatkichlari yangilanib, shu jihoz bajarayotgan vazifani bajaruvchi turdosh eng zamonaviy jihoz ko‘rsatkichlariga yaqin bo‘lsagina, ta’mirlangan ma’naviy yemirilgan elektr jihozni ishlatish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish