YORITISH ELEKTR QURILMALARINING KOMMUTATSIYA ASBOBLARI
Yoritish qurilmalarining asboblari yorug‘lik manbalarining elektr tarmog‘iga ulash, yorug‘lik manbalarini boshqarish va mahalliy sharoitlar bilan, masalan, ishlab chiqarish tavsifi, kunning qancha davom etishi bilan aniqlanadigan yoritishning talab qilinadigan ish rejimini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Patronlar (3.2-rasm), uzgichlar (3.3-a, b rasm), ajratib ulagichlar (3.3-drasm), sanchiqlari bor shtepselli rozetkalar, lyuminessent lampalarni yoqish uchun startyor (ishga tushirish) qurilmalari yorug‘lik qurilmalarining eng
ko‘p tarqalgan asboblaridir.
Konstruksiyasi, ishlatilishi va o‘rnatish usuliga ko‘ra patronlar osma, armaturali, nippelli yoki nippelli bor bo‘yinli (3.2-a, b, d rasm), metall quloqli,yarim germetik, osma (3.2-e rasm), shiplarga (3.2-f rasm) va devorlargao‘rnatiladigan (3.2-g rasm) turlari farq qilinadi. Sokolining o‘lchamlariga qarab patronlar 14, 27 va 40 mm rezbali bo‘ladi.
Chastotasi 50 Hz li o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga ulanadigan yoritish elektr qurilmalarining elektr zanjirlarida kommutatsiya qilish uchun kuchlanishi 250 V va toki 10 A gacha bo‘lgan bir qutbli uzgichlar (3.3-a, b rasm) va ajratib ulagichlar (3.3-d rasm) ishlatiladi. Himoyalangan va germetik qilib tayyorlangan ochiq va yashirin o‘rnatiladigan bir qutbli uzgichlar va ajratib ulagichlar kamida 20 ming marta uzishga bardosh berishi lozim.
Hozirda uzgichlar va ajratib ulagichlar kontakt qismlarining metall- sopoldan tayyorlanishi ularning mustahkamligini oshirib, kontaktlar 200 ming marta uzib ulashga bardosh bermoqda.
Nominal toklari 10 va 25 A, mos holda kuchlanishlari 250 va 380 V gacha bo‘lgan elektr iste’molchilarning (ko‘chma lampalar, uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan elektr asboblari, elektrlashtirilgan asboblar va h.k.) bir fazali va uch fazali elektr tarmoqlariga shtepselli ulagichlar bilan ulanadi.
Shtepselli ulagichlar ikkita asosiy element: rozetkalar (3.4-a—g rasm) va sanchiqlar (3.4-h—k rasm) dan tashkil topgan.
Shtepsel rozetkalar doiraviy (3.4-a, b, d rasm) va yassi (3.4-e, f, g rasm) kontaktli qilib tayyorlanadi.
Yong‘in va portlash xavfi mavjud bo‘lgan xonalarda ko‘chma elektr iste’molchilarni 36 V li elektr tarmog‘iga ulash uchun yerga ulanadigan kontaktli ikki qutbli (3.4-e, f rasm) va uch qutbli (3.4-g rasm) shtepselli rozetkalardan foydalaniladi, yerga ulanadigan kontakti mahalliy yerga ulash tarmog‘idan keladigan simga ulanadi. Toki 10 A gacha bo‘lgan ikki qutbli shtepselli rozetkalarning kontakt qismlariga kesim 2,5 mm2 gacha bo‘lgan simlarni ulash; toki 25 A gacha bo‘lgan uch qutbli rozetkalarga kesimi 16 mm2 bo‘lgan simlarni ulash mumkin.
YORITISH ELEKTR QURILMALARINING YORITKICHLARI
Yoritish elektr qurilmalarining yoritkichlari 25 m gacha masofada turgan obyektlarni (narsalarni, ish joylarni, ishlab chiqarish maydonlarini va h.k.) yoritish uchun xizmat qiladi.
Yoritkich armatura va yorug‘lik manbayidan tuzilgan. Yorug‘lik manbayi
armaturaning ichida turadi; armatura yorug‘lik manbayining yorug‘lik oqimini talab qilingan darajada taqsimlanishini ta’minlaydi va uni mexanik
shikastlanishlardan hamda tashqi muhit ta’siridan saqlaydi.
Yorug‘lik manbalarining turiga qarab armaturalar shartli ravishda quyidagilarga bo‘linadi: cho‘g‘lanma, simobli lapmalar uchun (3.5-a, b, d, e, f rasm) va lyuminessent lampalar (3.6-a, b, d, e rasm) uchun.
Cho‘g‘lanma lampalar va simobli lampalarning armaturalari korpusdan va uning ichiga mahkamlangan patrondan iborat. Yopiq osma yoritkichlarning korpusiga past tomonida lampani ifloslanishdan va mexanik shikastlanishlardan himoyalovchi oyna mahkamlangan, ust tomonida tayanch konstruksiyalarga osib qo‘yish uchun quloqchasi bor.
Lyuminessent lampalar uchun yoritkichlar armaturasi ko‘pincha metall korpus, uning ichiga joylashgan ishga tushirish-rostlash qurilmasi (IRQ), lampa tutqichlar (startyor tutqichlar) va ulash simlaridan iborat. Yoritkich osma bo‘g‘inining qopqoqlaridan birining tagiga joylashgan qismlar yordamida ta’minlash elektr manbayiga ulanadi. Armatura korpusiga, odatda, qaytargich mahkamlanadi, qaytargichda yoritkichning konstruksiyasiga qarab ekranlovchi panjara, himoyalovchi oyna yoki yorug‘lik sochgich o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |