Mavzu Ekspluatasiya jarayonida buyumlarni (transport vositasini) ishonchlilikka sinash, u to`g`risidagi axborotni yig`ish va ishlov berish


Axborot yig‘ish va ishlov berishning maqsad va vazifalari



Download 26,97 Kb.
bet5/6
Sana09.07.2022
Hajmi26,97 Kb.
#764732
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-ma'ruza

7.8 Axborot yig‘ish va ishlov berishning maqsad va vazifalari


Axborot yig‘ish va unga ishlov berish tizimi – buyumning ishonchliligi to‘g‘risida kerakli va haqqoniy axborot olish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar majmui.
Tizimning maqsadi quyidagilardan iborat:
- buyumning ishonchliligini oshirish uchun uning konstruksiyasini takomillashtirish;
- tayyorlash va yig‘ish texnologiyasi, nazorat sinovlarini takomillashtirish;
- ta’mirlash sifatini yaxshilash va uning sarf-xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish;
- ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish;
- buyumni attestatsiyalash;
- ishonchlilik ko‘rsatkichlarini nazoratga olish va h.k.
Tizimning vazifalari quyidagicha:
- buyumning ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini aniqlash va baholash;
- buyumning ishonchliligini pasaytiradigan konstruksion va texnologik kamchiliklarni aniqlash;
- buyumning umumiy ishonchliligini chegaralaydigan detallar va yig‘ma birikmalarni aniqlash;
- buyumning ishonchliligiga ekspluatatsiya sharoitlari va tartibotlari ta’sirini aniqlash;
- buzilishlarning kelib chiqish qonuniyatlarini aniqlash;
- ishonchlilikning me’yorlanadigan ko‘rsatkichlariga tuzatishlar kiritish;
- ehtiyot qismlar sarfini optimallash, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash tizimini takomillashtirish;
- buyumlarning ishonchliligini optimal darajaga ko‘tarishga yo‘naltirilgan tadbirlarning samaradorligini aniqlash.

7.9 Kuzatuvlar dasturining mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar


Axborot yig‘ish va unga ishlov berish tizimi quyidagi tashkilot va korxonalarga taalluqlidir:

  • ishonchlilik bo‘yicha axborot yig‘uvchi va unga ishlov beruvchi bosh tashkilotlarga;

  • ishlanmalarni bajaruvchi tashkilotlarga;

  • tayyorlovchi korxonalarga;

  • ekspluatatsion korxonalarga;

  • ta’mirlash korxonalariga.

Tizim doimiy, davriy yoki bir karrali kuzatuvlarni, axborotni hisobga olish, yig‘ish, to‘plash, ishlov berish va tahlil, buyum ishonchliligini oshirishga mo‘ljallangan tadbirlar ishlab chiqishni o‘z ichiga olishi kerak.
Tizimning ishi quyidagi me’yoriy-texnik hujjat bilan tartibga solinadi:

  • tizimning muayyan buyumga taalluqliligi;

  • korxona ichida va korxonalar orasida axborot ayirboshlashning shartlari;

  • axborotga ishlov berish usullari;

  • kuzatuvlarni rejalash usullari;

  • kuzatuv jarayonida texnik vositalarni qo‘llash zarurligi va ularga qo‘yiladigan talablar;

  • ishonchlilikni oshirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish tartibi.

Buyumning ishonchliligi to‘g‘risida axborot yig‘ish hamda unga ishlov berish texnik topshiriq va ishchi usullarga asosan olib boriladi.
Axborot yig‘ishni o‘tkazish bo‘yicha texnik topshiriq quyidagilarni belgilaydi:

  • kuzatilayotgan buyumlar ro‘yxati;

  • buyumlar soni;

  • ishonchlilikning me’yorlanadigan ko‘rsatkichlari ro‘yxati;

  • axborot yig‘ish usullari;

  • risoladagi tartibot va ekspluatatsiya sharoitlari;

  • axborot uzatish davriyligi.

Axborotni yig‘ish va unga ishlov berish ishchi usullari quyidagilarni belgilaydi;

  • kuzatuvlar rejalari;

  • ish tartibotlari va ularni o‘lchash uslublarini aniqlaydigan parametrlar;

  • buzilishlar va chegaraviy holatlar mezonlari;

  • axborotni kodlash usullari;

  • axborotni hisobga olish dastlabki shakllarini to‘latish bo‘yicha yo‘riqnomalar;

  • ish hajmini va kompyuterlarning mavjudligini hisobga olgan holda buyumlarning ishonchliligi to‘g‘risidagi axborotga ishlov berish dasturlari.

7.10 Axborot yig`ish usullariga, ishlov berish va tahlil etishga qo`yiladigan asosiy talablar
a) ishonchlilik to‘g‘risida axborot yig‘ish ekspluatatsion va ta’mirlash korxonalarida axborot yig‘ishni o‘tkazadigan tashkilot tomonidan olib borilishi kerak;
b) axborot yig‘ish uni markazlashgan holda yig‘uvchi tashkilotga topshirish, tekshirish va anketalash orqali bajarilishi kerak;
d) dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish tayanch punkti yoki ekspluatatsion va ta’mirlash korxonalari tomonidan olib borilishi kerak;
e) tekshiruvni axborot yig‘adigan tashkilot olib boradi. Bunda buyumning texnik holati ekspluatatsiya sharoitlarida o‘rganiladi, axborotni dastlabki hisobga olish shakllari (ekspluatatsiya va ta’mirlash hujjatlari, avariyalarni tekshirish, norozilik dalolatnomalari va boshqalar) tahlil qilinib, uning natijalari axborot-to‘plagichlarda aks ettiriladi;
f) anketalashni axborot yig‘uvchi tashkilot o‘zining maxsus so‘rov varaqalarini ekspluatatsion va ta’mirlash korxonalariga yuborish orqali amalga oshiradi;
g) tayanch korxonalarni tanlash risoladagi ekspluatatsion sharoitlar uchun axborot olishni ta’minlashi kerak.

Download 26,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish