Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi. kirish, uchta bob, olti
paragrif, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat.
8
I-BOB. GLOBALLASHUV JARAYONINING ELEKTRON AXBOROT
VOSITALARIDAGI IN’IKOSI
1. Axborot asrining Elektron axborot vositalarida aks etishi
Globallashuv jarayonlari kuchaygan XXI asrning dastlabki yuz yilligi
insoniyat tarixiga axborot texnologiyalari asri sifatida kirib keldi. Kо‘z
о‘ngimizda zamonaviy dunyoning geosiyosiy, geostrategik, iqtisodiy va ijtimoiy,
axborot-kommunikatsiya qiyofasida fundamental о‘zgarishlar yasaydigan chuqur
jarayonlar rо‘y bermoqda.
Kurrai zamindagi turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati,
odamlari о‘rtasidagi о‘zaro ta’sir va bog‘liqlikning kuchayishi xalqaro
atamashunoslikda birgina – globallashuv sо‘zi bilan ifodalanadi. U gо‘yoki ob-
havoga о‘xshaydi. Kunlar sovib ketsa, issiqroq kiyimlarimizni kiyib olamiz,
aksincha qizigudek bо‘lsa, yengilroq libosga о‘tamiz. Demak, bu jarayondan
chetda turishning deyarli iloji yо‘q. Xususan, aloqa vositalarining rivojlanishi,
ularning kompyuterlashtirilishi, elektron pochta, internet, kosmik teleradioaloqa
tizimlarining texnik-texnologik vositalari kuchayib ketishi bilan axborot almashuv,
binobarin, g‘oyaviy ta’sir о‘tkazish imkoniyatlari ham tobora kengayib bormoqda.
Hozirgi kunda jahonda sodir bо‘layotgan jarayonlar bir-birini istisno qiluvchi
va shu bilan birga bir-birini taqozo etuvchi differensiya (tabaqalashuv) va
integratsiya (hamkorlik qilish) qonuniyatlariga bо‘ysunadi. Bir tomonda, davlatlar
parchalanib ketmoqda, hatto bir mamlakatdagi turli etnoslar qarama-qarshiligi oliy
chо‘qqisiga kо‘tarilib, qonli tо‘qnashuvlar yuz bermoqda. Ikkinchi tomonda esa,
kо‘zga kо‘rinadigan va kо‘rinmaydigan iplar yaqin va uzoq mamlakatlarni, butun
qit’alarni mislsiz kuch bilan bir tugunga bog‘lamoqda. Siyosiy ongda ham huddi
shunday jarayonlar: begonalashish, bir-birini tushunishni istamaslik va keskin,
borgan sari kuchayib borayotgan qiziqish jarayoni kechmoqda. “Biz bugun yon-
etrofimizda, aytish mumkinki, bugun dunyoda notinchlik, qarama-qarishlik va
keskin ziddiyatlar rо‘y berayotgan о‘ta murakkab bir zamonda yashayapmiz.
Shunday taxlikali vaziyatni e’tiborga oladigan bо‘lsak, yurtimizning tinchligi,
9
xalqimizning hamjixatligini har tomonlama asrash va mustaxkamlash, doimo
cepgak, sezgir va hushyor bо‘lib yashashimizni bugun hayotning о‘zi talab
qilmokda”
1
deb ta’kidlagan edi Prezident I.Karimov.
Globallashuvning milliy, ijtimoiy-ma’naviy qiyofaga о‘tkazayotgan ta’sirini
birinchi navbatda axborot fenomeni bilan izohlash maqsadga muvofiqdir. Shuning
uchun xam “Shu ma’noda, axborot - deb yozadi Islom Karimov olamidagi ustunlik
kо‘p narsani xal etadigan bunga vaziyatda mustakil ongni mustakil fikrga ega
bulgan shaxsni tarbiyalash masalasi nafaqat ma’naviy, kerak bо‘lsa, muhim siyosiy
ahamiyat kasb etadi”
2
. Chunonchi, hozirgi kunda globallashuv, jumladan axborot
globallashuvining mutlaqo domiga tushmaslikning chorasi mavjud emas va buning
iloji xam yо‘k. Eng yaxshi yо‘l - bu ma’lum milliy davlat manfaatlarini saqlash va
himoya qilish maqsadida axborot texnologiyalarini, dasturlarini imkon qadar
tezlashtirish, iktisodiy va siyosiy sohadagi islohotlarni izchil yо‘lga qо‘yishdir.
Axborot qadim zamon zamonlarda ham qudratli kuchga ega bо‘lgan. Sо‘z
qurolining kuchi, kuch qurolining sо‘zidan kuchliroq ekanligini teran anglagan
Navoiy hazratlari:
Erursen shoh - agar ogohsen sen,
Agar ogohsen sen, shohsen sen, -
deb yozgan edilar.
Axborotga muayyai vokea-hodisalar tо‘g‘isidagi xabar yoki ma’lumot, ularni
tushutirish, tushunish va idrok etishda qadim zamonlardan buyon qullanib
kelinayotgan, kibernetika va informatikaning taraqqiyoti tufayli keyingi vaqtda
yangi, keng ma’no kasb etayotgan tushuncha sifatida ta’rif beriladi. О‘tgan asriing
oxiri va hozirga asr boshida axborot vositalarining jadal rivojlanishi XXI asriing
“Axborot asri” deb atalishiga sabab bо‘ldi. Bugungi kunda zamonaviy axborot
texnologiyalari,
axborotlashgan
jamiyatning
intellektual
salohiyatini
1
I.Karimov. Xalk deputatlari Xorazm viloyati Keigashining- navbatdan tashqari sessiyasidaga nutqi. //
Xalk sо‘zi - 2012. -10 oktabr.
2
Karimov I.A. Eng asosiy mezon - hayot xakiqatini aks etgirish, - T.: О‘zbekiston, 2009.-B.9.
10
shakllantirishda muhim ahamiyag kasb etmoqda. Bugungi kunda axborot asosida
ta’lim-tarbiya jarayni olib borilmokda, ijtimoy hayot samarali boshqarilmokda.
Hozirgi kunda hayotning biror-bir soxasini axborotsiz tasavvur etib bо‘lmaydi.
Axborotlar banki, axborot texnologiyalari kishilik faoliyatining ajralmas qismiga
aylanmoqda. Axborotlarni aniq maqsadda yig‘ish, saqlash, tizimlarga ajratish va
ulardan ommaviy tarzda foydalanishda texnik, dasturiy, algoritmik ishlar va
ularning
tashkiliy
vositalari beqiyos ahamiyatga ega. Axborotlashtirilgan
jamiyatning har bir bо‘g‘inida axborotlar bankiga murojaat qilinadi va bu asosda
zamonaviy ta’lim texnologiyalari yaratiladi va ta’lim-tarbiya jarayonlarini optimal
boshqarish imkoniyati vujudga keladi.
1
Axborot tarqatish vositalari, kommunikatsiya tarmoqlari globallashayotgan
bugungi kunda u yanada qudratli kuch, qurolga aylanmoqda. Jarayonlarni
boshqarish uchun, avvalo, tezkor va mavjud vaziyat tо‘g‘risida tо‘la tasavvur
beradigan axborot zarur.
Bugungi
kunda
iqtisodiyot
va
siyosat
barobarida
axborot
ham
globallashmoqda, tо‘g‘rirog‘i, axborotning globallashuvi iqtisodiy va siyosiy
integratsiya jarayonlariga sharoit yaratib bermoqda. Ba’zan о‘zimiz yashab turgan
mintaqadagi jarayonlarga tо‘g‘ri baho berish uchun ham tashqi axborotga,
dunyoning boshqa mintaqalarida rо‘y berayotgan voqealar tahliliga ehtiyoj
sezamiz.
Ommaviy axborot vositalarining yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat –
axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berish bilan bog‘liq.
Oxirgi paytlarda informatsion tahdid va xurujlarning tez-tez uyushtirilayotganligi
qurolning «axborot» deb atalmish yangi turi yanada qudratliroq bо‘lib
borayotganligidan dalolat beradi. Axborot qurolining qо‘poruvchilik kuchi,
keltiradigan talofatlari har qanday ommaviy qirg‘in qurolinikidan kam emas.
Chunki, bu qurol yordamida ongga berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni о‘z va
yurt manfaatlariga zid harakat qilishga undaydi va demak, insonni boshqarish,
1
Ma’naviyat asosiy tushunchalar iyuxli lug‘ati. -T.: G‘.G‘ulom nomidagi NMIU. 2009.-B.
11
uning ustidan hukmronlik qilish imkonini beradi.
Biz ushbu holatni ham bemalol axborot xuruji, tahdidi, urushi deb baholay
olamiz. Aslida, axborot maqsadga erishishning eng arzon vositasi ham sanaladi.
Axborot urushlari biz bilgan urushlardan qator jihatlari bilan ajralib turadi.
Birinchidan, axborot urushlari ancha kamxarj – qо‘shin saqlashni, qurol-yarog‘
sotib olishni talab qilmaydi. AQShning sobiq Prezidenti J. Karter ham:
«Targ‘ibotga sarflangan 1 dollar qurollanishga sarflangan 10 dollardan
samaraliroq», deb bekorga ta’kidlamagan. Ikkinchidan, axborot urushlari hech
qanday chegaralarni tan olmaydi. Internet, sun’iy yо‘ldosh orqali aloqa, ommaviy
axborot vositalari hukmronlik qilayotgan bugungi dunyoda axborotni bojxona
kо‘rigidan о‘tkazib, saragini-sarakka, puchagini-puchakka ajratishning iloji yо‘q.
Biroq, eng tashvishlisi, bu urushda raqibni jismonan yо‘q qilish emas, uni о‘ziga
ma’nan bо‘ysundirish maqsadi kо‘zlanadi.
Bozorning oddiy haqiqati shundaki, har kim topganini savdoga chiqaradi.
Tovarni sifati, turi va foydasi jihatidan tanlash xaridorning ixtiyorida. Ana shu
qonuniyat nuqtai nazaridan qaraganda jahon axborot bozorida bizning
manfaatlarimizga mutlaqo zid, milliy hususiyatlarimiz, an’ana, qadriyatlarimizni
mensimaydigan axborotlar shiddat bilan hayotimizga kirib kelmoqda. Bu о‘z-
о‘zidan axborot sohasidagi hurujlardan himoyalanish, binobarin, milliy
xavfsizlikni ta’minlash muammosini kun tartibiga qо‘ymoqda.
Axborot xurujlarining quyidagi turlari mavjud:
– yolg‘on axborot tarqatish;
– milliy-ma’naviy qadriyatlarni yemirib tashlash;
– yetti yot begona ma’naviy qadriyatlarni singdirish;
– xalqning tarixiy xotirasini buzish va о‘zgartirish;
– kiberterrorizm.
Kiberterrorizm о‘z navbatida virus tarqatish, internetda noqonuniy boylik
orttirish (kiberjinoyat), kiber-manyakchilik, turli bо‘hton va uydirmalar tarqatish
orqali biror mamlakat yoki shaxsni obrо‘sizlantirish singari turlarga bо‘linadi.
Bu borada "erkin axborot almashuvi" nazariyasiining asoschilaridan biri
12
xisoblangan MRB sobiq direktori A.F.Dallesning fikrini keltirish mumkin. “Agar
menga, - deb yozadi A.F.Dalles, - tashqi siyosatning faqatgana bitta tamoyilini
tanlab olish huquqi berilganda, men axborotning erkin oqimi prinsipini tanlagan
bо‘lur edim”.
1
G‘arbda "axborotning erkin oqimi” deyilganida cheksiz mikdordagi
axborotni bir taraflama uzatish, bunda axborot mazmunining hech kanday
meyorlar bilan cheklanmasliga va mazkur axborot u yetkazib berayotgan
hududdagi davlat tomonidan nazorat qilinmasligi tushuniladi.
Axborot turli ijtimoiy qatlamlarga har xil ta’sir qilishi barobarida uni iste’mol
qilish amaliyoti turli guruhlarda keskin farq qilishi mumkin. Bu, eng avvalo,
axborot manbalari miqdori о‘rtasidagi farqda namoyon bо‘ladi. Masalan, ayrim
odamlarda axborot manbai minimal (televideniye, radio), ba’zilarda eng keng
(gazeta, jurnal, kitob, yangi kommunikatsiyalar tizimi) bо‘lishi mumkin.
Mutaxassislar fikriga kо‘ra, hozirgi davr jamiyatida aynan axborotni olish, unga
yо‘l topish sohasida keskin bо‘linish, tabaqalashuv sodir bо‘lmoqda.
Yoshlar о‘zining xarakatchanligi, yangiliklarga intiluvchanligi hamda bо‘sh
vaqt resursiga egaligi tufayli yuqori darajada komunikativ faollik kо‘rsatadilar.
Boshqa guruhlarda esa nisbatan passivlik kuzatiladi. Ularga xos bunday befarqlik,
loqaydlik, dunyo bexabarlik hususiyatlari salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarishi
mumkin. Bu birinchi guruh uchun tobora faollashayotgan agressiv, tajovuzkor
siyosiy ta’sirga berilib ketish xavfining mavjudligida, ikkinchi guruhning esa,
pozitiv mazmunga ega axborotlardan tashqarida qolishi bilan belgilanadi.
Axborotlarni tashkil etuvchi va tarkatuvchi asosiy maydon - bu internet
tarmog‘i ekanligi hech kimga sir emas. Tabiiyki, yoshlar katta avlodga nnsbatan
internet tarmog‘ining eng kо‘p foydalanuvchi qatlamidir. Zamonaviy jamiyatga esa
asosiy tarmoq xisoblangan ushbu vositadan voz kechish yoki uni umuman inkor
etish mumkin emas.
Yoshlar turli reklamalar va ayniksa bir-birlariga bevosita ta’sir о‘tkazish
natijasida internet tarmog‘idan berilayotgan kundalik axborotga katta ehtiyoj
sezmoqdalar. Kutubxona va kitobxonlikka nisbatan bir necha marta arzon va qulay
1
A. Dalles. Iskusstvo razvedki. M., «Mejdunarodniye otnosheniya», 1992, S. 127.
13
bо‘lgan internet tarmog‘i ular uchun, axborotlar bilan ishlashning eng yaxshi
makoni sanaladi. Ammo davomiy axborotlar bilan ishlash oqibatida foydalanuvchi
о‘zi sezmagan holda axborot hurujiga tushib qoladi sababi oddiy ya’ni axborot
iste’molchisi bо‘lgan har bir foydalanuvchiga axborot bilan ishlash kо‘nikmasi
maxsus
shakllantirilmagan. Rivojlangan mamlakatlarda internet tarmog‘iga
maxsus yо‘naltirilgan axborot vositalarini tarqatilsa hamda unda berilayotgan
ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshirib borish uchun maxsus internet-provayder
kompaniyalari hamda markazlar tashkil etilgan. Shu markazlar nafaqat davlat
mikyosida balki ma’lum bir soha hamda ixtisosliklar doirasida maxsus ishlab
chiqiladi. Internet tarmog‘iga ketadigan kо‘p axborot vositalari mashhur
teleradiokompaniyalar yoki OAVnomi orqali tarqatiladi. Nega televideniye va
gazeta-jurnallarda keng yoritish bо‘lmagan turli ma’lumotlarni katta hajmdagi
axborot sifatida internetda bemalol va istagancha talqin qilish mumkin. Shu sababli
ham bugun, internet tarmog‘ida BBS, CNN, TIMES kabi, internet saytlari
hammabop bо‘lib qolganligini e’tirof etish mumkin. Bu saytlarda mavjud
axborotlar dunyonipg barcha xalqlari tushunadigai asosiy tillarda deyarli har kuni
har soat va har daqiqalarda tarqaladi yangilanib turadi.
Global axborot tizimi hisoblangan internet orqali tarqatilayotgan habarlar,
ma’lumotlarni foydali tomonlari bilan birga zararli hatto о‘ta xavfli ekanligini ham
eslatib о‘tish lozim. Bunga hozirgi demokratik tamoyillar ishidan kelib chiqib turli
mamlakatlarda faoliyat olib borayotgan nodavlat, nohukimat hatto ayrim davlat
matbuot nashrlari va OAV orqali tarqatilayotgan xabarlarni ham aytish mumkin.
Shunday mas’uliyatsiz axborot vositalari tarqatgan, tarqatayotgan xabarlari
bevosita va bilvosita, boshqa jamiyatlar, davlatlar, milliy birliklar, diniy e’tiqodiga,
yosh hususyatlariga kо‘ra yoki yoppasiga ijtimoiy barqarorlikni buzish, ijtimoiy,
milliy
guruxlarni
bir-biriga
qayrash,
inqilobiy
xarakatlarga
chaqirish,
yolg‘ondakam, iqtisodiy inqirozlarni bashorat qilish, davlatlar о‘rtasida yirik
nifoqlar keltirib chikaruvchi soxta mafkuraviy xurujlardai iborat ekanligi kо‘rinib
qolmoqda.
Undan tashkari axborot tizimlari orqali uzoq muddatlarga mо‘ljallangan
14
boshqa halklarni manqurtlashtirishga olib boradigan kо‘zga kо‘rinmas uslublar va
texnologiyalar ham qо‘llanilmoqda.
Buni quyidagi jixatlarini aytib о‘tish lozim:
-internetda va boshqa axborot vositalari orqali tarqatilayotgan xabarlar uchun
hech kim yoki tashkilot yoki davlat javob bermasligi va bu hol sо‘z erkinligi,
demokratiyada fikr erkinligi tamoyili bilan xaspо‘shlanayotganligi;
-shundan foydalangai holda, bu tizim orqali bо‘lar bо‘lmas axborotlarni
tarqalib ketayotganligi;
-xabarlar tizimida oddiy bir-birini kо‘rolmaydigan shaxslarni raqiblarini mavh
etishida, davlatlar va boshqa jamiyatlarni о‘zaro tizimlarini mot etishgacha bо‘lgan
xolis bо‘lmagan axborot xurujlari uslublaridan foydalanish;
- zarur axborotlar qatorida, jamiyat ma’naviyatiga, axloqiga salbiy ta’sir
kо‘rsatadigan bema’ni manbalar, axborotlar, tasvirlar, filmlar, kliplar, kitoblar,
matnlar, qо‘shiqlar, ma’ruzalar va boshqalarni borligi;
- axborotlar tarkibini asosan, mutlaqo foydasi yо‘q shunchaki vaktni
о‘tkazishga qaratilgan lekin shu bilan birga hammani о‘ziga jalb qiladigan uyinlar,
ma’lumotlar borligi;
-kompyuterlarni boshqa zarur dasturlari alohida sotib olib qо‘yishga
mо‘ljallangani holda, uning bazasida turli uyinlarni, korxonani о‘zidayok, qо‘yib
chikarilishi, ularni internet tarmoqlari orqali targ‘ib qilib tarqatilishi;
-internetda ta’lim tizimida foydalanayotgan darsliklar, о‘quv qо‘llanmalar,
referat, kurs ishlarini tayyorlarini kо‘chirib kelinayotgani oqibatida, talabani
izlanishga ishtiyoqi pasayib ketayotganligi shu tufayli fikrlash qobiliyati
susayishidek istiqbolsiz jarayon kechayotganligi;
- hali dunyoqarashi tо‘liq shakllanmagan yoshlar shuningdek о‘z qatiy fikri
pozitsiyasiga ega bо‘lmagan kishilarni о‘z domiga tortib ketadigan diniy,
mafkuraviy kuchga ega bо‘lgan oqimlarni da’vatlarini borligi;
- diniy ekstrimistik, irqchilik, agressiv millatchilik, fashistik g‘oyalarii targ‘ib
qilinayotganligi;
- ayrim firma va kompaniyalar о‘zlarining sifatsiz ayni paytda zararli
15
mahsulotlarini reklama qilishda ustalik bilan foydalanayotganligi;
- yirik siyosatchilar, taniqli kishilar, olimlar san’atkorlarni shaxsiy hayoti,
maishiy turmush tarzi, oilasi, uning obrо‘sizlantiruvchi yoki soxta obrо‘
keltiruvchi aksari bо‘htondan iborat habarlarni tarqalishi. Hususan ularni qanday
ichki kiyim kiyishi, nechta jazmani borligi, qanday restoran yoki kafelarda
ovqatlanishi, qanday taqinchoqlari borligi, qimorda qancha pul yutqizganligi,
necha marta uylanganligi yoki turmushga chiqqanligi, mashinanasini markasi, uni
qancha pul turishi, it yoki mushugini laqabi qanday ekanligi kabi xomaki
ma’lumotlar berilib intelektual saviyasi past kishilarni ongini shunday axborotlar
bilan aylantirilayotganligi va hakazo.
Ulug‘ adib Abdulla Qaxxor “Adabiyotni kuchi atomdan kuchli, lekin uni о‘tin
yorishga sarflamaslik kerak” degan edi. Darhaqiqat, foyda kuchi shunchalik
qudratli bо‘lgan axborotlarini befoyda va zararli hatto havfli maqsadlarda
foydalanilayotganligi achinarli hol.
Hind xalkining farzandi Maxatma Gandi axborotlarni tо‘g‘ri va о‘rinli talqin
qilinishi, ba’zi xabar yoki g‘oyalar jamiyatga notinchlik inqilobiy о‘zgarishlarga
olib kelishi haqida fikr yuritib, - “men uyimni havosini almashtirish, toza havo
kirishi uchun derazamii ochamai, lekin havo tо‘fonga aylanib, uyimni ag‘dar-
tо‘ntar qilib yuborishini istamayman” degan edi.
Globallashuv deganda faqatgina internet yoki axborot globallashuvini nazarda
tutish xato hisoblanadi. Internet tarmog‘i globallashuv jarayonini kuchaytiruvchi
asosiy omildir. Shunday ekan globallashuvga iqtisod, madaniyat, fan sohasidaga va
ayniqsa ma’naviyatdagi globallashuvni misol qilib keltirish mumkin. Shuning
uchun ham millat ma’naviy qiyofasini salbiy tomonga о‘zgarishi jamiyat
a’zolarining har biriga ma’nan ta’sir kо‘rsatib qolmasdan ularning moddiy
hayotiga ham yomon ta’sir qiladi. Shu ma’noda yoshlarning globallashuvga
nisbatan sog‘lom ma’naviy qiyofani shakllantirishga qaratalgan dastur ishlab
chiqilishini davr taqazo qiladi.
Internetning kuniga 24 soat davomida tо‘xtovsiz ishlashi va uni tо‘liqligicha
qо‘lga olishning iloji yо‘qligi kо‘plab davlatlarda axborotlar bilan ishlash
16
belgilangan kо‘nikmalar shakllantiruvchi о‘quv markazlar tashkil etilgan.
Bizningcha universitet va talabalar turar joylarida internet markazlarining
faoliyatini amaliy jihatdan rivojlantirishda О‘quv markazlari tashkil etish lozim.
Axborot xurujiga qarshi talabalarga biror-bir amaliy yordam kо‘rsatadigan
qо‘llanma va kitoblar yetishmayapti. Talabalar internet axborot xurujiga qarshi
о‘zlarida hali fuqarolik pozitsiyasini tо‘liq shakllantirish imkoniyatiga ega emaslar.
Mashhur iqtisodchi xalqaro Nobel mukofoti sohibi, professor F.Xayek о‘z
munozaralarida shunday deydi. “Haqiqat bir tomondan bizning zamonaviy fanimiz
qonunlari asosida о‘z isbotini topmaydi yoki konstruktiv metodologiyasi
talabalariga ham asoslamaydi lekin shu bilan birgalikda bizda о‘zimizning kо‘plab
hozirgi ilmiy taxminlarimiz ham oxir-oqibatda xato chiqib qolishi uchun ham asos
mavjud. Agar har qanday ta’limot bizga katta yutuklar olib kelgan taqdirda ham,
biz ishonmaylik, bu ilgari odimlash uchun jiddiy mazmun kasb etganda ham,
mohiyatiga kо‘ra, huddi avvalgilari singari anglashilmaganday bо‘lib qolaveradi”.
Rossiya universitetlarida 2009 yili talabalar orasida internet tarmog‘ida
boshqa "о‘zingiz foydalanadigan asosiy axborot manbalarini kо‘rsatib о‘ting"
degan mazmundagi sо‘rovnoma о‘tkazilganda quyidagi ma’lumotlar olingan:
52,0% talaba kutubxonadan;
43,9% jurnaldan;
36,7% gazetalar;
43,9% televideniye va radiodan;
42,9% о‘qituvchilardan
10,2% kursdoshlardan oladigan axborot deb javob bergan. Kо‘rsatkichlarda
ham talabalarning deyarli yarmi о‘z bilimlarini kengaytirish uchun asosiy
manbalarni ikkilamchi vositalardai olishi ma’lum bо‘lmoqda.
Hullas, globallashuv jarayoni avj olgan bugungi kunda har qanday axborotni,
qanday axborot vositasidan olinishidan qat’iy nazar axborotdan tо‘g‘ri xulosa
chiqargan holda uni qay maqsadda foydalanishni keng jamoatchilikka anglatish
lozim hisoblanadi.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |