1.2. Globallashuv jarayonining Elektron axborot vositalariga ta’siri
Globallashuv XXI asr jaxon taraqqiyotining obyektiv qonuniyatlaridan biri
sifatida e’tirof etilmoqda. Globallashuv fenomeni haqida gapirganda, bu atama
bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’noni
anglatishi mumkin. Umumiy nuqtai nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo
yangicha ma’no-mazmundagi xо‘jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global
muhitning shakllanishini va shu bilan birga mavjud milliy mintakaviy
muammolarning jaxon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda
etmoqda.
Globallashuv jarayonlari XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida butui
insoniyat, yer yuzidagi barcha xalqlar va millatlar taraqqiyoti, ayniqsa, yosh avlod
uchun misli kо‘rilmagan imkoniyatlar yaratib berganini hech kim inkor etolmaydi.
Avvalambor,
fan
va
texnikaning
ilg‘or yutuqlari, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet tizimi barcha chegaralarni
ochib berib, о‘zaro hamkorlik va integratsiya rivojiga sо‘zsiz katta hissa
qо‘shayotganiga butun barchamiz amin bо‘lmoqdamiz.
Ayni
paytda
zamonaviy
fanlar
о‘rganayotgan muammolar orasida
globallashuvdan dolzarbroq mavzuni topish mushkul. Chunki uning texnologik,
moliyaviy siyosiy, madaniy ekologik va ijtimoiy jihatlari bilan nafaqat rivojlangan
mamlakatlar, balki butun dunyo yuzma yuz turibdi. Ayniqsa axborot sohasidagi
globallashuv insonlar hayotini tubdan о‘zgartirib yubordi. Hozirgi kunda axborot
mahsulotlarining dunyo bozoridagi daromadi “qora oltin”, samolyotsozlik va
avtomobilsozlik kabi sohalar daromadidan ham oshib ketdi. Shuningdek axboriy
globallashuv barcha shaxslar, kompaniyalar va birlashmalarga ijtimoiy iqtisodiy
muammolarni samarali hal etishda ulkan imkoniyatlar yaratdi. Insoniyat
bilimining о‘sishida, savdo tijorat, marketing, turizm, va boshqa kо‘plab sohalarni
о‘zlashtirishda internet imkoniyatlari va xizmatlaridan kо‘z yumib bо‘lmaydi.
Bugun globallashuvning ta’siri:
Birinchidan, axboriy globallashuv natijasida bir millat ongiga boshqa millat
18
madaniyati, urf odati va hayot tarzi singib borayotganligi, (bunda kinofilmlar,
teleseriallar, qо‘shiqlar va kliplar alohida о‘rin tutadi);
Ikkinchidan, axboriy globallashuv natijasida jahondagi kamsonli xalq
tillarining mavqei pasayishi, hatto, ayrimlarining yо‘qolib ketishi;
Uchinchidan, axboriy globallashuv natijasida bir qator yirik davlatlar dunyo
axborot olamida hukmronlikka intila boshlashi, natijada davlatlar bir-birini ichki
va tashqi axborot bozoridan siqib chiqarishga urinishi oqibatda esa davlatlararo
axborot kurashi boshlanishi va asosiy maqsad axboriy psixologik sohada siyosiy
ustunlikni ta’minlashda о‘z aksini topmoqda.
Lekin odamzot tafakkurining yuksak va yorqin namoyoni bо‘lgan bunday
yutuqlar ayni paytda katta kuch-quvvat va moliyaviy imkoniyatlarga ega bо‘lgan
ayrim siyosiy kuchlarniig g‘arazli niyatlarini amalga oshirishda mafkuraviy qurol
sifatida ishlatilayotgani ham e’tibordan chetda qoldirib bо‘lmaydi. Odamlarning,
birinchi navbatda yoshlarning ongu tafakkurni, ma’naviy olamini izdan
chiqarishga qaratilgan bunday urinishlarning asl mohiyatini, ularning uzoq va
davomli, salbiy oqibatlarini anglash va bunday xavf-xatarlarning oldini olish
bugungi kunda о‘ta muhim ahamiyat kasb etib bormoqda”
1
,- deb yozadi Muxtaram
Prezidentimiz о‘zining “Eng asosiy mezon - hayot haqiqatini aks ettirish" kitobida.
Axborotni
keng
jamoatchilikka
yetkazib
beruvchi
matbuot,
radio,
televideniye, internet kabi hodisalarni о‘zida birlashtiruvchi elektron axborot
vositalari (EAV) jamiyat hayotiga ulkan ta’sir о‘tkazish quvvatiga ega. Qanday
katta kuchga ega ekanini ularga nisbatan «tо‘rtinchi hokimiyat» atamasi
qо‘llanilishida ham kо‘rish mumkin. EAVning ta’sir kuchi beriladigan xabarlarni
tezkorligi, qо‘yilayotgan masalalarning dolzarbligi hamda tahliliylik darajasi va
mavjud muammolarning samarali yechimlarini taklif etishiga bog‘liq. I.Karimov
ta’kidlaganlaridek, “Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar
shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda
olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yо‘q, deb beparvo qarab bо‘lmaydi. Ana
shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib
1
I.Karimov. Eng asosiy mezon - hayot haqiqatini aks ettirish.:Toshkent.2000
19
ketishi hech gap emas”.
1
EAV ijtimoiy hayotdagi muayyan voqea, hodisa yoki muammo yuzasidan
axborotni yetkazib berish orqali, uning jamiyat uchun ahamiyati, keng aholi
qatlamlari uchun dolzarbligini ta’kidlaydi. Axborot oqimi hajmi bо‘yicha,
mazmunan rang-barang, uzatilishga kо‘ra tezkor bо‘lgan bugungi kunda bu
jarayon yanada chuqurlashib bormoqda. EAV muayyan xabarni uzatish yoki biror
bir g‘oyaning mohiyatini ochib berish orqali uning о‘zlashtirilishiga, kishilar
ongida barqaror tasavvurlar, obrazlar, qadriyatlarning shakllanishiga ham
kо‘maklashadi. Qisqa qilib aytganda, u ijtimoiy fikrga doimiy va izchil ta’sir
о‘tkazish, uni shakllantira olish imkoniyatiga egadir.
EAV va kommunikatsiya texnologiyalari rivoji hozirgi davrdagi mafkuraviy
kurashga о‘ziga xoslik bag‘ishlamoqda. Bu jumladan, ma’lumotlar oqimi
manfaatdorlik nuqtai nazaridan yetkazilishida yoki ataylab qarama-qarshi
xarakterdagi ma’lumotlarni ketma-ket berish orqali oxir-oqibatda odamlarning
idrokini susayishtirishga intilishida yaqqol namoyon bо‘ladi. Bu о‘ziga xoslik
jamiyat a’zolaridan tizimli ravishda axborotning muayyan qismini yashirish, ularni
muhokama obyektiga aylantirmaslikka intilishda ham yaqqol kо‘rinadi.
EAV muayyan axborotni yetkazish, u yoki bu masalaga diqqatni qaratish
orqali fuqarolarni uning atrofida birlashishlariga xizmat qiladi, turli ijtimoiy guruh
vakillariga о‘z fikrlarini ifoda etish, yagona maqsad va e’tiqod yо‘lida
birlashishga zamin yaratadi.
Ma’lumotlarga kо‘ra, 30 minutdan keyin axborotning 60 foizi, kun oxiriga
kelib 40 foizi, hafta oxiriga kelib bor yо‘g‘i 10 foizi esda qoladi. Shundan kelib
chiqib, ijtimoiy fikrga ta’sir о‘tkazishga qaratilgan, turli mafkuraviy mazmun bilan
sug‘orilgan axborotlarni vaqti-vaqti bilan takrorlab turishga ham alohida e’tibor
berilayotganini ta’kidlash zarur.
EAV bu sо‘z, obrazlar, musiqa va shu kabi shakllarda axborotlarning tezlikda
uzatilishi va ommaviy tarqatilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday vositalarga
ommaviylik, davriylik, tinglovchi yoki о‘quvchilar auditoriyasining kengligi kabi
1
I. Karimov. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch.– T.: “Ma’naviyat”, 2010. – 112 b
20
xususiyatlar xosdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, hozirgi davrda EAV
imkoniyati va qamrovining keskin darajada о‘sganini qayd etish lozim.
EAVning qamrov darajasi, boshqacha aytganda, mahalliy, umummilliy,
mintaqaviy yoki xalqaro miqyosda faoliyat kо‘rsatishi ham uning ta’sir doirasini
kо‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi.
Globallashuv jarayonida juda katta axborotni qayta ishlash, xohlagan
mamlakat kutubxonasida saqlanayotgan kitoblardan foydalanish imkoniyatining
mavjudligida ham kо‘rish mumkin. Radio, televideniye, internet eng sо‘nggi ilmiy
yangiliklarni qisqa vaqtda butun dunyoga ma’lum qilish, ilm-fan, madaniyat,
adabiyot va san’at yutuqlaridan har bir odam foydalana olishiga zamin bermoqda.
Dunyo miqyosdagi ijtimoiy va madaniy-ma’naviy maydon shakllanayotgani
madaniyatlararo va sivilizatsiyalararo aloqalarning mustahkamlanishiga yо‘l
ochmoqda.
Yuqoridagi mulohazalar bugungi kunda turli shakl va mazmundagi axborotlar
inson va jamiyat hayoti, taraqqiyoti va kamolotining zaruriy shartiga, EAV esa uni
tarqatishning
muhim
bо‘g‘iniga aylanganini kо‘rsatadi. Xususan, radio,
televideniye, gazeta va jurnallarsiz har qanday ma’lumotli kishi ham murakkab
ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarda tо‘g‘ri yо‘l topa olishi qiyin. EAV esa,
kishilarga о‘zining individual tajribasi doirasidan chiqishga va keng qamrovli
jarayonlar mohiyatini his qilishga yordam beradi.
EAVlarining yana bir muhim jihati mavjud. Oxirgi paytlarda informatsion
tahdid va xurujlarning tez-tez uyushtirilayotganligi qurolning «axborot» deb
atalmish yangi turi yanada qudratliroq bо‘lib borayotganligidan dalolat beradi.
Axborot qurolining qо‘poruvchilik kuchi, keltiradigan talofatlari har qanday
ommaviy qirg‘in qurolinikidan kam emas. Chunki, bu qurol yordamida ongga
berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni о‘z va yurt manfaatlariga zid harakat
qilishga undaydi va demak, insonni boshqarish, uning ustidan hukmronlik qilish
imkonini beradi.
Psixologlar о‘tkazgan tadkikotlarga kura, aholining 15-25 foizigina axborotni
tanqidiy nuqtai nazardan о‘zlashtirishga qodir, qolgan 75 foiz odamlar esa, olingai
21
axborotning ta’siriga shundayligicha berilib ketadi.
1
Bu esa axborot-kommunikatsiyalarining xozirgi zamon vositalari va usullari
jamiyat boshkaruvchanligini ta’minlash, insonga ma’naviy-psixologik va axdoqiy
ta’sir о‘tkazish uchun keng imkoniyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi. Insonga
ta’sir о‘tkazib, uniig xulq-atvorini о‘zgargarish misollari qadimgi zamonlardan
ma’lum. Misr, Xitoy, Kadimgi Gretsiya va Rimda shakllangan insonning fikri,
ruhiy holati va xatti-harakatlarini boshqarish san’ati haqidagi misollar tarixiy
manbalar yordamida bizlargacha yetib kelgan. Xozirgi kunda axborot maydoni
globallashuvining avj olishi, zamonaviy tashviqot usullari va texnik vositalarining
takomillashuvi nafaqat alohida olingan shaxsning ongiga, balki butun bir
xalqlarning turmush tarziga ta’sir о‘tkazish, davlatlarning siyosatini tashqaridai
turib boshqarish uchun sharoit yaratmoqda. Asrlar osha omma tomonidan axborot
olish imkoniyatlarining kengayib borayotganligi natijasida u qudratli siyosiy,
iqtisodiy va mafkuraviy qurolga aylanib, turli siyosiy kuchlar va markazlarning
manfaatlariga xizmat qilayotganini kuzatish mumkin.
Jaxon -telekommunikatsiya tarmoqlari va ommaviy axborot vositalari orqali
amalga oshirilayotgan axborot-madaniy va axborot-mafkuraviy ekspansiya
jahonning turli mamlakatlarida tashvish uyg‘otmokda. Istiqbolda qaram bо‘lib
qolish va mustaqillikni qо‘ldan chiqarish ehtimoli davlatlar rahbarlarini, jamoat
instutlari va fuqarolarni havotirga solmoqda hozirning о‘zidayoq kо‘plab
mamlakatlar о‘
Z
madaniyati, an’analari va ma’naviy qadriyatlarini - axborot
ta’siridan himoya qilish uchun maxsus choralar kо‘rishga majbur bо‘lmoqdalar.
Bugungi globallashuv jarayoni global axborot makoni vujudga kelishiga olib keldi.
Axborotlashtirish va globallashuv jarayoni bir-birini tо‘ldirib. ta’sir doirasini
kengaytirib bormoqda. Ana shunday bir sharoitda “ommaviy madaniyat”ning zaif
tomonlari va hodisalari keng ildiz otib borayotgani, axborot xurujining
kuchayayotgani yoshlar ongi va faoliyatiga jiddiy ta’sir о‘tkazmoqda.
Televideniye о‘z imkoniyatlarini tarbiya uchun safarbar etayotgani yо‘q,
1
Polyakova T. A. Pravovoye obespecheniye informatsionnoy bezopasnosti pri postroyenii
informatsionnogo obshestva v Rossii.- lise. d.Y.i. Moskva, 2008. - S. 170.
22
aksincha, u ijtmioiy fe’l-atvorning eng salbiy andozalarini targ‘ib etayapti.
Reklamaga mahliyo bо‘lib о‘stirish о‘smirlarda tanqidiy fikrlash qobiliyatini
cheklaydi va tajovuzkor fe’l-atvorni rag‘batlantiradi.
"Sessionmagazine.com"
elektron
jurnalining
yozishicha,
AQSH
teledasturlarida shahvoniyatga oid lavhalar 1999-2000 yillar oralig‘ida 1997-98
yillar miqiyosidagiga nisbatan salkam ikki barobar oshgan: har о‘nta dasturdan
bittasida jinsiy qо‘shilish aks etgan, musiqiy kliplarning yetti foizi shu mavzuga
bag‘ishlangan. 2001 yilgi Xollivud filmlarining uchdan ikki qismi ham shu
mazmunda
ekani
aniqlangan.
(http-
www.aao.org/advocacou/shildhealthmonth/media.htm). Oqibatda о‘smirlar 16
yoshga tо‘lmasdanoq parda ortidagi hayotni kо‘rib ulgurayapti.
Ustiga ustak bugun axborot bozorida uchta mavzuning doimiy ustuvor
ahamiyat kasb etib borayotgani va ularni asosiy tovar sifatida bozori chaqqon
bо‘layotgani
Amerika
axborot
xavfsizligi
soxasidagi
olimlarni
qattiq
tashvishlantirmoqda pul (boylik orttirish), jinsiy shtoka (parnografiya), kreminal
xabarlarning butun nafaqat axborot tayyorlovchi kompaniyalar barcha axborot
iste’molchilarining didi va ongini shunga mos ravishda tarbiyalamoqda.
Globallashuv - XXI asr dunyo hamjamiyati ijtimoiy-siyosiy hayotidagi
muhim xodisadir. Bugungi globallashuv asrida axborotga bо‘lgan talab har
qachongidan kо‘ra, kuchayib bormoqda Shunday ekan, holis va haqqoniy
axborotlarni tarqatish, ommaning bu mahsulotga bо‘lgan ehtiyojini qondirish har
qachongidan kо‘ra bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki,
demokratik jamiyatda ommaviy axborot vositalari, teleradio kanallar odamlarni
xolis va haqqoniy axborot yetkazadigan, gumanistik qarashlar, g‘oyalarni ifoda
qiladigan erkin minbar sifatida e’tibor beriladigan vositadir. Prezidentimiz
aytganlaridek, axborot omili yadroviy poligonlardan ham dahshatli omilga aylanib
borayotir. Agar mazkur omilga alohida e’tibor berilmas ekan, u borgan sari
kuchayib boradi. Natijada, ayrim kuchlar qо‘lida asosiy “qurol”ga aylanadi. Bu esa
nafaqat davlatlar yoki mintaqalarda keskin vaziyat vujudga kelishiga sabab bо‘ladi,
balki xalqaro mikyosda ham о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
23
AQShning sobiq prezidenti Richard Nikson Milliy xavfsizlik kengashida
byudjet mablag‘larini sarflash masalasi bо‘yicha chiqish qilganda shunday degan
edi: “Axborot va targ‘ibot uchun sarflangan 1 dollar qurol-yarog‘ uchun sarflangan
10 dollardan kо‘proq ahamiyatlidir, chunki ish jarayonida qurol yarog‘ tizimi
sifatida foydalanish sо‘nggi paytlarda qiyinchilik tug‘dirmoqda, tarqibot uchun
sarflangani esa har soatda va hamma joyda ishlaydi”
1
. Axborot kuroli bu
radioelektron klassli qurol, dushmanning axborot imkoniyatlarini yо‘q qilish uchun
yaratilgan
dasturli-axborot
vositalar
kompleksidan
iboratdir.
Agarda
mustaqilligimizning dastlabki yillarida G‘arb matbuotining Respublikamizga
bо‘lgan munosabatini tahlil etadigan bо‘lsak, "Ozodlik", "BBS" va boshqa radio
hamda gazetalarda kо‘proq ijtimoiy, iqtisodiy, maishiy va shu kabi sohalardagi
kamchiliklarga e’tibor qaratilar edi. Lekin, О‘zbekistan о‘z tashqi siyosatida qat’iy
va
dadil
yо‘l tuta boshlaganidan, ayrim halqaro tashkilotlar "Buyuk
derjava"larning yо‘rig‘iga yurmaganidan, ularning geostrategik rejalarini barbod
etgandan sо‘nt axborot xurujlar avj ola boshladi. Sо‘ngti vaqtlarda ayrim ommaviy
axborot vositalarida terroristik tajovuzlar dunyoning Yevropa qismida "terrorizm"
deb baholanib. О‘zbekistonda "inson haq-huquqlarining himoyasi" sifatida
qaratmoqda Mana shunday sharoitda, ya’ni. demokratik jarayonlarga baho
berishda kim holis yondoshayotganligi, kimning esa berayotgan bahosi uydirma
bо‘lib haqiqiy demokratiyaga va milliy manfaatlarga zid ekanligini anglash uchun
har birimizda fuqaroviy pozitsiya bо‘lishi kerak. Shu о‘rinda ulug‘ alloma Abu
Rayxon Beruniy merosidagi ayrim fikrlarga e’tiborni qaratmoqchimiz. Alloma
bundan ming yil burun shunday yozib ketganlar: "Habar beruvchilar sababli rostlik
va yolg‘onlik tusini oladi. Chunki, odamlarning maqsadlari hilma-xil xalqlar
о‘rtasida tortishish va talashish kо‘p. Shunday kishilar ham bо‘ladiki, ularning
tabiatiga yolg‘on habar tarqatish о‘rnashib qolib, unga shu vazifa yuklangandek
bо‘ladi va habar tarqatmasdan tinchiyolmaydi. Bu yomon xohishlardan va tabiatiga
buzuq fikrlarning joylashganligidan kelib chiqadi".
Elektron axbort kommunikatsiyalari misli kо‘rilmagan darajada kuchayib
1
Leonov N.S Informatsionno-analiticheskaya rabota v zagranuchrejdeniyax-M.1996
24
borayotgan hozirga paytda oldimizda juda kо‘p muammolar paydo bо‘lmoqda va
bu faqat bizni emas, balki jaxon afkor ommasini ham tashvishga solmoqda.
Axborotlar oqimining odamlarga ta’siri muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda
va bu borada axborotlarning avlodlarga kо‘rsatadigan ijobiy yoki salbiy ta’sirini
muvofiqlashtirish masalasi tobora muhim bо‘lib borayotir. Negaki, xorij
matbuotining juda kо‘p axborotlari kо‘p hollarda uni xaspо‘shlab taqdim
etilmoqda. Puxta axboriy madaiiyatga ega, maxsus tayyorgarligi bо‘lgan,
mafkuraviy immunitetli, muayyan darajada mulohaza qilish uchun dalil sifatida
ta’sir kо‘rsatsa, dunyoqarashi endigina shakllanib kelayotganlar uchun u teskari
ta’sir kо‘rsatishi sir emas.
Hususan, 2012 yil 21 dekabrda “oxir zamon” bо‘lishi “bashorat” qilingan va
bu kо‘pchilik chet el televideniyelarda bu kunni bо‘lishi tо‘g‘risida vahimali
kо‘rsatuvlar va shoularni efirga berish orqali odamlarni vahimaga solib qо‘ydi.
Buning oqibatida turli g‘arb mamlakatlarida aholining о‘yin kulgini yoqtiradigan
qatlami oxir zamon bо‘lishi yoki bо‘lmasligi tо‘g‘risida oqshom shoulari,
Moskvada shu kunga bag‘ishlab konsertlar tashkil etildi. Yana shuni aytish kerakki
g‘arb mamlakatlarida dо‘konlarda sham, gugurt, tuzning narxi bir necha barobar
kо‘tarildi, aholi bunkerlar sotib olish hech bо‘lmaganda uylaridan yertо‘lalar
qazdirdilar. Eng achinarlisi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda turli guruxlarning paydo
bо‘lishi va ular о‘sha kuni о‘z joniga qasd qilish lozimligiga da’vat qilishdi.
Bu vahimali xabarlar bizning mamlakatmizda shunchaki mish-mish tariqasida
qabul qilindi, ammo ozgina bо‘lsa ham kishilar ongiga ta’sir kо‘rsatmay qolmadi.
Chunonchi о‘sha kuni ayrimlar kunni nishonlash uchun barlar, restoranlar,
choyxonalarning savdosi boshqa kunlarga qaraganda ancha yaxshi bо‘lganligini
kuzatdik.
Muloxaza uchun bir kalima "Qobusnoma"dan: Har sо‘zni haloyiqqa zoxir
qilsang, yaxshi yuz bila zohir qil, toki maqbul bо‘lsin va xaloyiq sening sо‘z bila
baland martabaga egaligingni bilsunlar. Nedinkim, kishining martabasini sо‘z bila
bilurlar, ammo sо‘zning martabasini kishi bila bilmaslar, chunki har kishining
ahvoli о‘
Z
sо‘ziniig ostida pinxondur, ya’ni bir sо‘zni bir iborat bila aytsa bulur,
25
eshitgon kishining esa kо‘ngli undan tira(qorong‘u) bо‘lgay va yana о‘shal sо‘zni
bir iborat bila aytsa bо‘lurkim, eshitgon kishining joni undin rohatda bо‘lgay"(51-
b). "Uydagi gapni kо‘chaga chiqarma, eshitgan har gapga laqqa ishonaverma" va
haqazo gaplar borki, bular ham axborotga nisbatan xalq orasida shakllangan
munosabatning kо‘rinishidir. Ba’zan kо‘chadai uyga u yoki bu darajadagi mish-
mishnimi, biron antiqa xabarnimi, eshitib kelgan va buni oila davrasida
rostakamiga gaapirib berayotgan farzandlariga kattalar nasixat qilishi, ularning
tafakkurida mafkuraviy immunitet hosil qilish, albatta, ularga borib taqaladi.
Oilada har xil gaplarga munosabat kattalarning unga munosabati, bildiradigan fikri
bilan yo tо‘xtaydi, yo tomir otib, mish-mishlarga qо‘shilib, bolalab ketadi. Mana
shular ham axborot makonida xavfning yuzga kelishiga sabab elementlardir.
Bularga nisbata milliy mentalitetimizda о‘ziga xos munosabat bildirilgan,
muayyan mafkuraviy immunitet hosil qilingan.
Axborotning ma’lum bir mintaqaga xos yoki xos bо‘lmagan shakllari,
mazmun-mohiyati mavjud. U mazmuniga, qaratilgan obyektiga qarab uning tag-
zaminidagi mohiyatini, uniig xaspо‘shlashdan farqini bilib olish mumkin. Bu yana
о‘sha - kishilarning axborot resurslaridan, umuman mavjud axborotdan qanchalik
xabardorligiga, ogohligiga bog‘lanadi. О‘zbekiston xalqi mustaqillik yillarida
о‘ziga xos ijobiy axborotlar eshitishga kо‘nikma hosil qildi. Prezidentimiz
I.A.Karimov 2012 yil shahidlar xotirasi maydonida qilgan suxbatlarida bizning
televideniyamiz efirga berayotgai axborotlarning mohiyati kishida ertanga kunga
ishonch, umid uygotishini, lekin xorij televidsniyelari faqat vahima, jabr-zulmni
kо‘proq kо‘rsatayotganini ta’kidladilar. Bu bilan axborot vositalarining auditoriya
oldidaga mas’uliyatiga e’tiborni yana bir marotaba karatdilar. Aytilgan fakt
mamlakat televideniye uchun, balki jami OAV uchun ma’lum darajada dastur
bо‘lishiga shubxa yо‘k.
Jamiyatni barqarorlashtirish, aholining ayniqsa, yoshlarning dunyoqarashini
insonparvar, ertangi kunga ishonch uyg‘otadigai axborotlar bilan boyitish ezgu-
maqsad bо‘lishi lozim, Lekin jahon axborot makonida ijobiy dunyoqarashni hosil
qilishdan
kо‘ra, xalklar, mintaqalar о‘rtasidagi munosabatlarni kо‘proq
26
beqarorlashtirishdan manfaatdor kuchlar hamon bor va ular ham sukut saqlab
targanlari yо‘q. Mustaqillik yillarida qabul qilingai OAV xayotiga oid о‘ndan ortiq
qonunlar, qarorlar mustaqil О‘zbekiston makonida ommaviy axborot ishlab
chiqarishni yо‘lga qо‘yishda ma’lum rol о‘ynamoqda. Bu borada respublikamiz
hamdо‘stlik mamlakatlari ichida yetakchi о‘rinlardan birini egallab turibdi. Shunga
qaramay, axborot xavfsizligi bо‘yicha qonun qabul qilish vaqti kelganga
о‘xshaydi. Chunki aholining axborot olish manbasi va jо‘g‘rofiyasi soat sayin
kengayib, takomillashib borayotgan bir paytda buning ahamiyati katta.
Aholi, ozod mamlakatning har bir fuqarosi axborot olish huquqiga ega bо‘ldi.
Lekin ana shu haq-huquqning mas’uliyati ham borligini, u avvalo mamlakat
xavfsizligi bilan, aholi tinchligi-totuvligi, jamiyat barqarorligi va xokazo
majburiyatlarni anglash bilan amalga oshishini hammma ham bilavermaydi. Erkin
jamiyat fuqarosi hamma narsani eshitib, kо‘rib, shular haqida mas’uliyatsiz gaplar
tarqatuvchi yuqumli mafkuraviy kasallik manbaiga aylanib qolmasligi kerak, Har
bir individ - potensial axborot manbai, tarqatuvchidir. Buni ba’zan unutishadi va
yuqorida ta’kidlaganimizdek, о‘ziga mahliyo bо‘lib, hech ikkilanmay chapga ham,
о‘ngga ham gap sota boshlaydilar. U tilga olayotgan masalalar faqat maishiy
masalalar bо‘lsaku, nur ustiga nur, aksincha ular kо‘p hollarda о‘zlari vakolatli
bо‘lmagan sohalarga ham о‘ylanib о‘tirmay xatlab о‘tib ketadilar, mamlakatlar,
shaxslar haqida tub hozirgina kо‘rganday, о‘kiganday fikr yurita boshlaydilar.
Axborot manbalarining kо‘pligi kishilarning ma’lum tabaqasi dunyoqarashini
mas’uliyatsiz
axborot
manbalariga
aylantirib
qо‘ydi.
Ana
shunday
mas’uliyatsizliklardan
qutilish,
tarqatilgai
axborotiga
mas’uliyat
sezish
madaniyatini
shakllantirish
manfaati
ham
bu
borada
qonunga
ehtiyoj
tug‘dirmoqda. Albatga, bugun qonun yaratilsa, ertaga aholining axborot
madaniyati shakllanib birdaniga qolmasligi aniq. Atom bombasining insoniyat
uchun dahshatli ekanligi, uni qо‘llash bir tomonga ustunlik, ikkinchi tomonga
mag‘lubiyat olib kelmasligini tushunish uchun insoniyat qancha narsani boshidan
о‘tkazdi, qancha arboblar tarix saxifasiga kelib ketdi.
Mana, XXI asrga kelib nihoyat insoniyat о‘zini atom bombalaridan ozoddek
27
his qilib turibdi. Endi axborot bombasi bilan qancha kurashish kerakligini aniq
aytish qiyii. Chunki uniig chegarasini hali hech kim aniqlagan emas. Bu bombalar
har kuni har birimizning oldimizda, ongimizda, yuragimizda misli kо‘rilmagan
kuch bilan portlayotgan bо‘lsa ajab emas. Zero, axborot urushi davom etyapti, u
azaldan bor edi, lekin insoniyat unga deyarli ahamiyat bermas edi. Endi esa inson
qalbi arzimagan axborotdan, aytaylik, hatto farzandingizning bir og‘iz e’tiborsiz
sо‘zidan ham chil-parchin bо‘ladigan davrlarga yetib kelgan, insoniyat tafakkuri
о‘zining eng yukori chо‘qqisiga chiqqan bir paytda axborotning naqadar vayronkor
va ayni naytda naqadar bunyodkor kuchga aylanganini tan olishga majbur bо‘lib
turibmiz.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ushbu muammoni bartaraf etishning
ishonchli vositalarini, mukammal dasturlarini ishlab chiqishga xarakat qilinmoqda,
katta miqdordagi mablag‘lar ajratilmoqda, kо‘plab saytlar filtirlab qо‘yilmoqda.
Albatta, haqli ravishda savol tug‘iladi, О‘zbekistonda yuqorida aytib о‘tilgan
muammolar tasirlariga tushib qolmaslik uchun, umuminsoniy qadriyatlarga, milliy
an’ana va urf-odatlarga, xalqni e’tiqodiga, ma’naviyati va madaniyatiga, ongi va
tafakkuriga zarar yetkazadigan yot mafkura va qarashlardan saqlash uchun nimalar
qilinyapti va nimalar qilish kerak bо‘ladi? Internet olamini cheklab yoki
malumotlar olishni tо‘xtatib qо‘yish bilan masala xal bо‘lmaydi. Bu hususida
I.A.Karimov quyidagicha tо‘xtaladi –“... yoshlarimiz nafaqat о‘quv dargohlarida,
balki radio-televideniya, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang-barang
axborot va malumotlarni olmoqdalar. Jahon axborot maydoni tobora kengayib
borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat о‘rab-chirmab, uni
о‘qima, buni kо‘rma deb, bir tamonlama tarbiya berish, ularni atrofini temir devor
bilan о‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu-maqsad
muddaolarimizga ham tо‘g‘ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va
erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini о‘z oldimizga maqsad qilib qо‘yganmiz
va bu yо‘ldan hech qachon qaytmaymiz”
1
.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 29 sentabrdagi
1
Karimov I.A. Yuksak manaviyat - yengilmas kuch. –T.: Manaviyat, 2008. –B.114
28
“О‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish
tо‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq О‘zbekistonning turli tuzilmalari tomonidan
axborotlarni uzatish tarmoqlarida ta’lim va yoshlar bо‘yicha yaratilayotgan axborot
resurslari yagona Ziyonet axborot tarmog‘iga birlashtirildi. Tarmoqning asosiy
vazifalari: yoshlar uchun milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish,
yoshlarning ma’naviy va aqliy jihatdan kamol topishiga kо‘maklashadigan
axborotdan keng kо‘lamda foydalanishlarini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini
targ‘ib etish va jismoniy tarbiya va sport turlarini ommalashtirish, о‘quvchilar va
yoshlar uchun masofadan turib ta’lim olish usullarini va boshqa axborot-
kommunikatsiya xizmatlarini ta’lim tizimiga joriy etishda kо‘maklashishdir.
Ma’lumki, kо‘plab sayt va tarmoqlar katta mablag‘lar evaziga filtrlab
qо‘yilgan va bu holatni kо‘plab davlatlarda kuzatish mumkin. Albatta taqiqlar yoki
filtr vositalari orqali odamlarni internet olamidagi turli kuchlarning xatarli
tahdidlaridan, keraksiz va salbiy axborotlardan saqlash qiyin va faqatgina
vaqtinchalik
holat
bо‘lishi
mumkin.
I.A.Karimov
takidlaganidek
“…yoshlarimizning ma’naviy olamida bо‘shliq yuzaga kelmasligi uchun ularning
qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat
ehtirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz kerak”
1
. Internetdan
olinayotgan axborotlarga tanqidiy yondashish va uning foydali manbalari asosida
о‘z dunyoqarashini kengaytirish, g‘arazli ma’lumotlarni inkor eta bilish idrokini,
mafkuraviy immunitetni hosil qilish g‘oyat muhim jihatdir. Har bir yosh malum bir
kо‘nikma va bilimlarga, diniy va dunyoviy ilmlarni mohiyatini tushuna olish
qobiliyatiga ega bо‘lishi, dunyoda kechayotgan siyosiy va iqtisodiy jaryonlarga
befarq bо‘lmasligi lozim. Buni avvalo, о‘zining taqdiri, kelajagi oldidagi
mas’uliyat deb bilsa, ikkinchidan, vatani va xalqi oldidagi burchi sifatida
tushunmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |