Mustahkamlash:
1. Buddaviylik dini qayerda va qachon paydo bo’lgan?
2. Buddaviylik dinini asoschisi kim?
3. Buddaviylik dinini asosi qanday?
Dars yakuni: baholarni e’lon qilish
Uyga vazifa: mavzuni o`qib savollarga javob yozish.
Fan: Din tarixi 9- sinf
Mavzu: Buddaviylik ta’limoti
Maqsad:
Ta`limiy : o`quvchilarga Buddaviylik ta’limoti haqida ma’lumot berish
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni diniy ta`limotlarni taqqoslay olish, tahlil qilsh qobiliyatlarini rivojlantirish
Tarbiyaviy: o`quvchilarni diniy bag`rikenglik ruhida tarbiyalash
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars usuli: og`zaki, savol-javob
Dars jihozi: Elektron darslik, xarita, tarqatmalar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
Yangi mavzuning bayoni:
Buddaviylikda kishining qaysi tabaqaga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, ilohiy haqiqatga erishishi mumkinligi qayd etilgan. Budda ta’limoti quyidagi to‘rtta buyuk haqiqatga asoslanadi:
1) hayot iztiroblardan iborat;
2) iztiroblarning manbai – ehtiros va istaklarga to‘la hayot;
3) iztiroblardan nirvanaga (sanskrit tilidan so‘zma-so‘z tarjimasi –
o‘chish, so‘nish degan ma’noni anglatadi) erishish orqali xalos bo‘lish
mumkin;
4) haqiqatni anglash va nirvanaga erishishning yo‘li mavjud.
Diniy ta’limotda hayotning iztiroblardan iborat ekanligi qayd etiladi. Iztiroblar kishini doimo ta’qib qiladi. Odamlar o‘z manfaati va ehtiyojlarini ta’minlash uchun doimo to‘siqlar va qiyinchiliklarni yengib o‘tishga majbur bo‘ladi. Maqsad sari tashlangan har bir qadam to‘xtovsiz ravishda yangidan-yangi iztiroblarni vujudga keltiradi. Kishi iztiroblardan xalos bo‘lish uchun ehtiros va istaklaridan voz kechishi kerak. Budda iztiroblardan xalos bo‘lish va nirvanaga erishishning sakkiz bosqichli yo‘lini ishlab chiqqan:
1) to‘g‘ri e’tiqod – hayotning iztiroblardan iborat ekanligini idrok
etish, istak va ehtiroslarni ongli ravishda cheklash;
2) to‘g‘ri yo‘l – kishi o‘z hayot yo‘lini to‘g‘ri tanlay bilishi;
3) to‘g‘ri so‘z – insonning gapi samimiy va adolatli bo‘lishi;
4) to‘g‘ri ish – kuch ishlatishga yo‘l qo‘yilmasligi;
5) to‘g‘ri hayot – tinch, pokiza va adolatli yashash;
6) to‘g‘ri fikr – inson o‘z fikrining to‘g‘ri ekanligini nazorat qilishi;
7) to‘g‘ri niyat – yomonlikning jismimizda mujassamlashganligini bilish;
8) to‘g‘ri mushohada – meditatsiya va mushohada qilishning to‘g‘ri usullarini tanlash.
Kishi bu bosqichlarni birin-ketin o‘zlashtiradi, bir bosqichdan boshqasiga o‘tishi bilan ijtimoiy hayot zanjirlaridan ozod bo‘lib, ma’naviy erkinlikka erishadi, nirvanaga yaqinlashadi va mutlaq ruh (xudoning jismi)ga qo‘shilishga tayyor bo‘ladi. Buddaviylik ta’limotiga ko‘ra, nirvana kishi ichki dunyosining shunday holatiki, unda barcha hissiyotlar, hayotiy ko‘nikmalar va dunyoga qiziqishlar so‘nadi. Odam ichki o‘zligidan va u orqali yashashga intilish asosida ruhning to‘xtovsiz qayta tug‘ilishini hosil qiluvchi sabablardan xalos bo‘ladi. Kishi ichki erkinlikka ega bo‘ladi. Bu shunday erkinlik va ruhiy holatki, unga erishgan kishiga hatto xudolar ham havas bilan
qaraydi. Nirvanaga erishish yo‘li juda murakkab bo‘lib, tashqi tomondan yordam bo‘lmasa, kishi mustaqil ravishda unga erisha olmaydi. Shu bois bu yo‘lni tanlagan kishilarga nirvanaga erishish holatida bo‘lgan, lekin o‘zi bosib o‘tgan yo‘ldan ko‘proq odamlarning o‘tishi uchun yordam berishgatayyor turuvchi avliyosifat odamlar – bodxisatvalar (sanskrit tilida – tabiatan uyg‘otuvchi, ziyo beruvchi kishi degan ma’nolarni anglatadi) ustozlik qiladi. Buddaviylik har qanday ko‘rinishdagi keskinliklarga qarshi bo‘l-ganligi sababli, nirvanaga erishish yo‘lini tanlagan kishidan albatta tarki dunyo qilishni, hayot quvonchlaridan voz kechib, dunyo kezib yurishni talab qilmaydi. Tarkidunyolikni tanlagan odamlar odatda ibodatxona jamoalari – sangaga birlashib yashaydilar. Buddaviylikda ibodatxonalar (hindularda sangalar deb ataladi) ruhoniylarning iyerarxiya prinsipi asosida tashkil etilmagan yagona tashkiloti va buddaviylikni tashviqot qiluvchi markazi bo‘lib qolgan. Ibodatxonalarda jamoa a’zolaridan shaxsiy gigiyenaga amal qilishlari bilan birga, yashaydigan joylarining toza bo‘lishi ham talab qilingan. Erkaklar sangalari bilan birga, ayollar sangalari ham tashkil etilgan. Ayollar sangalari kam sonli bo‘lib, asosan aholi punktlariga yaqin joylarda qurilgan. Bu yerdagi diniy marosimlarni unga yaqin turgan erkaklar sangalarining ruhoniylari bajarganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |