Mustahkamlash:
1. Yahudiylik dinining asosini nima tashkil etadi?
2. Yahudiylik dinining payg’ambari kim?
3. Hozirgi kunda dinning ahvoli?
Dars yakuni: baholarni e’lon qilish
Uyga vazifa: mavzuni o`qib savollarga javob yozish.
Fan: Din tarixi 9- sinf
Mavzu: Hinduiylik dini tarixi
Maqsad:
Ta`limiy : O`quvchilarga Hinduiylik dini tarixi haqida ma’lumot berish
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni diniy ta`limotlarni taqqoslay olish, tahlil qilsh qobiliyatlarini rivojlantirish
Tarbiyaviy: O`quvchilarni diniy bag`rikenglik ruhida tarbiyalash
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, baxs-munozara
Dars jihozi: elektron darslik, chizma, tarqatmalar,
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
Yangi mavzuning bayoni:
Braxmanizmning negizida yangi diniy ta’limot – hinduiylik vujudga kelgan. Uning shakllanish jarayoni milodiy I asrga kelib yakunlangan va Hindistonda keng yoyilishi milodiy IV–VI asrlardagi Guptalar imperiyasi davriga to‘g‘ri kelgan. Buddaviylik bilan hinduiylikning raqobat kurashi uzoq davom etgan. Faqat X asrga kelib, buddaviylik Hindistondan uzil-kesil siqib chiqarilgan. Yangi dinni «hinduiylik» deb atash VIII asrda islom dinining Hindistonda yoyilishi bilan bog‘liqdir. Islom dinini qabul qilmagan aholini mahalliy musulmonlar «hindilar» deb ataganlar va keyinchalik ilmiy adabiyotda yangi din tarafdorlari «hinduiylar» deb atala boshlangan.
Hinduiylar o‘z diniy e’tiqodlarini «arya-dxarma» (oriylar qonuni) yoki «sanatana dxarma» (abadiy qonun) deb ataganlar. Hinduiylik Hindistonda qadimgi davrlardan paydo bo‘lgan barcha din turlarini, mahalliy xalqlarning urf-odatlari, an’ana va udumlarini qabul qilgan. Ushbu din buddaviylikka ko‘p jihatlari bilan o‘xshash bo‘lsa ham, kasta tizimini muqaddaslashtirganligi, mahalliy urf-odatlar va an’analarni, afsonalar, rivoyatlar va bayramlarni qabul qilishi va boshqa jihatlari bilan undan farq qilgan. Shu bois, haqli ravishda, hinduiylik «hind turmush tarzi» deb ataladi. Yangi din mazmuni va mohiyati jihatidan nihoyatda kengligi va moslashuvchanligi bilan ajralib turgan. Undan turli tabaqa vakillari o‘zlarini qiziqtiruvchi muammolarga javob topganlar. Uning negizida diniy tilsimotlar, falsafiy mulohazalar, yoga falsafasi va amaliyoti, ibtidoiy diniy qarashlar, diniy xurofotlar va irimlar o‘zaro qo‘shilib ketgan. Zero, murakkab falsafiy qarashlar faqat uni tushunib, o‘rganadigan dindorlar uchun saqlanib qolgan. Aholining o‘rta va quyi tabaqa vakillari asrlar davomida saqlanib qolgan, sodda va tushunarli qadimiy marosim va an’analarga e’tiqod qilishni davom ettirganlar. Hinduiylik ta’limotining kengligi, rang-barangligi sababli sanskrit tilida yozilgan vedalar, braxmanlar matnlari va upanishadalar muqaddas bitik sifatida qabul qilingan. Hinduiylikning eng qadimgi muqaddas bitigi – Vedalar (sanskrit tilida – bilim degan ma’noni anglatadi) miloddan avvalgi II ming yillikning o‘rtalaridan miloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalarigacha she’riy uslubda yozilgan diniy-adabiy yodgorlik. Unga xudolarga madhiyalar aytish, afsun va jodular, ibodatlar va qurbonliklar qilish tartibi kabilar kiritilgan. Vedalarning hajmi juda kattaligi sababli to‘rt to‘plam (samxitlar)ga bo‘lingan. Vedalar matnining mazmunini tushunish juda qiyinligi sababli muqaddas yozuvlarni tafsir qiluvchi to‘plam vedangalar (vedalarning qismi) yaratilgan. Braxmanlar matnlari ham hinduizmning muqaddas bitiklaridan biri sifatida qabul qilingan. Braxmanlar matni kastalar tuzumining shakllanishi davrida vedalarni sharhlashga bag‘ishlangan diniy traktat sifatida yaratilgan. Ushbu muqaddas bitik mazmunan braxmanlarning jamiyatdagi rahbarlik mavqeini mustahkamlashga xizmat qilgan. Diniy ta’limotning muhim manbalaridan yana biri upanishadalar (sanskrit tilida – sirli ta’limot degan ma’noni anglatadi) bo‘lib, diniy-falsafiy asarlar to‘plami hisoblanadi. Unda vedalar sharhlangan, dunyoning paydo bo‘lishi, materiya va ruhning munosabatlari, xudolarning mohiyati kabi masalalar tahlil qilingan. Upanishadalar matni Hindistondagi boshqa muqaddas bitiklar singari juda uzoq vaqt davomida to‘plangan. Uning eng qadimgi qismi miloddan avvalgi VIII–VI asrlarda yaratilgan. Matnining ayrim qismlari yozilgan vaqt milodiy yil hisobi boshlangan tarixiy davrlarga to‘g‘ri keladi. Muqaddas yozuvlar matni asrlar davomida to‘ldirib borilganligi sababli ularni o‘rganishda til va urf-odatlar bilan bog‘liq qiyinchiliklar vujudga kelishi muqarrar edi. Mazkur muammolarni hal qilish maqsadida muqaddas yozuvlarni o‘rganishga ko‘maklashuvchi qo‘shimcha adabiyotlar yaratilgan. Ulardan biri sutralar deb ataladi. Sutralar diniy ta’limotning juda qisqa bayoni bo‘lib, avloddan-avlodga og‘zaki tarzda o‘tib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |