Mavzu: ”Dunyo dinlari tarixi” fani maqsad va vazifalari Maqsad



Download 120,34 Kb.
bet6/27
Sana30.04.2022
Hajmi120,34 Kb.
#596785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
9 sinf din tarxi konspekt

Mustahkamlash:
1. Dunyoviy davlatlarda davlat va din munosabatlari qanaqa?
2. O’zbekistonda davlat va din munosabatlari qanday?

Dars yakuni: baholarni e’lon qilish
Uyga vazifa: mavzuni o`qib savollarga javob yozish.


Fan: Din tarixi 9- sinf
Mavzu: Nazorat ishi- 1
Maqsad:
Ta`limiy: o`quvchilar o`tilgan mavzular bo`yicha egallagan bilimlarini tekchirish, mustahkamlash
Tarbiyaviy: o`quvchilarni diniy bag`rikenglik ruhida tarbiyalash
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
Nazorat shakli: yozma
Yangi mavzuning bayoni:

Variant I.


1. ”Dunyo dinlari tarixi” fani maqsadi.
2. Mustaqil O’zbekistonda Vijdon erkinligi.
3.Mustaqillik yillarida O’zbekistonda dinga munosabatni o’zgarishi.

Variant II.


1. ”Dunyo dinlari tarixi” fani vazifalari.
2. Mustaqil O’zbekistonda davlat va din munosabatlari.
3. Din va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun va farmonlar.

Dars yakuni: baholarni e’lon qilish
Uyga vazifa: takrorlash
Fan: Din tarixi 9- sinf
Mavzu: Zardushtiylik dini tarixi
Maqsad:
Ta`limiy : O`quvchilarga Zardushtiylik dini tarixi haqida ma’lumotlar berish
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni diniy ta`limotlarni taqqoslay olish, tahlil qilsh qobiliyatlarini rivojlantirish
Tarbiyaviy: O`quvchilarni diniy bag`rikenglik ruhida tarbiyalash
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars usuli: og`zaki, savol-javob
Dars jihozi: darslik, chizma, tarqatmalar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
Yangi mavzuning bayoni:
Miloddan avvalgi 1 – mingyillikda O'rta Osiyoda zardushtiylik deb atalgan din keng tarqaladi. Bu din hali odamlar tabiatni ilohiylashtirgan kezlarda kurtak yoza boshlagan edi. Zardushtiylar olov (Quyosh), tuproq, suv, oy, yulduzlarga sig'inishgan, ularni muqaddas hisoblashgan.
“Zardushtiylik” so‘zi ham Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan kelib chiqqan. Bu mil. aw. 1-mingyillikning birinchi yarmida yashab o'tgan tarixiy shaxs.
Keyinroq Yunonistonda payg'ambar Zardushtning ismi “Zoroastr” shaklida jarangladi (yunoncha “astron” — “yulduz” so'zidan), negaki Yunonistonda uni birinchi galda donishmand, yulduzshunos, mu- najjim sifatida bilishar edi. Zardushtning ismidan kelib chiqqan holda uning ta’limoti ham zardushtiylik dini deb yuritila boshladi. Zardushtiylik tarqala boshlagan ibodatxonalar ham, odamlar duo matnlarini o’rganishi uchun maxsus kitoblar ham bo'lmagan. Diniy marosimlar ochiq osmon ostida, gulxan qarshisida yoki uydagi o'choq olovi atrofida o'tkazilgan.
Miloddan avvalgi 1-mingyillik boshlarida turli qabilalarni istilochilar bilan kurashda birlashtirish zaruri- yati tug'ildi. Zardusht o‘z va’zlarida birlikka chorlagan edi.
Zardushtning so'nggi va’zlari din xizmatchilari bolmish kohinlartomonidan yozib olingan. Zardushtiy lik kohinlari diniy matnlarni yod olib, dindorlarga o'qib berar edilar. Zardusht vafotidan keyin bir necha asrlar o'tgach, barcha diniy marosimlar, madhiyalar va duo- lar zardushtiylar uchun muqaddas bo'lgan bir kitobga jamlandi. Bu kitobning nomi “Avesto” bo'lib, “qat’iy bel- gilangan qonun-qoidalar” degan ma’noni anglatadi.
Zardushtiylikning zo’r ehtiromga sazovor xudolari Ahuramazda, Mitra va Anaxitadir. Ahuramaz­
da zardushtiylarning ulug‘ va donishmand oliy xudosi hisoblanadi. Mitra — Quyosh va yorug'lik xudosi, deh- qonlar va chorvadorlarning hosildorlik, farovonlik va mol-davlat bag'ishlovchi homiysidir. Mitra Ahuramaz­da va odamlar o'rtasida bosh vositachi bo'lgan. Mitra o‘spirin va jangchi qiyofasida tasvirlangan. O'tli chaq- moqlar yordamida u yovuzlik va o'lim xudosi bo'lmish Ahriman bilan jang qiladi. Yomg'irdan keyin hosil bo'ladigan kamalak Mitraning o‘q uzayotgan yoyidek egilgandir. Anaxita zardushtiylikda hosildorlik va suv ilohasi hisoblangan. Zardushtiylik dini ta’limoti insoni- yatning Ezgulik va Yovuzlik haqidagi dualistik qarash- lari takomiliga katta ta’sir ko'rsatdi.

Olimlarning izlanishlari tufayli bugungi kunda biz zardushtiy­larning muqaddas kitobi “Aves­to” matnlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldik. Fransuz olimi A.Dyuperron ilk marotaba “Avesto"ning alohida qismlarini tarjima qilish baxtiga muyassar bo'lgan. Zardushtiylik dunyoga kelishi haqida shunday bir afsona bor. Bir kuni erta tongda Zardusht suv olish uchun daryo bo'yiga boribdi. Zilol suvda u Ahuramazda elchilaridan birining siymosini ko'rib qolibdi, siymo nur bilan qaysi tomonga borishga yo‘l ko'rsatibdi. Zar­dusht sehrli nur izidan ergashibdi, ko‘p o'tmay oliy iloh qarshisiga borib qolibdi. Ahuramazda unga Zardusht- ni xudo Ahuramazda va uning ezgu amallari haqidagi bilimlarni tarqatish uchun tanlaganini ma’lum qilibdi.



! 4Ш
I -

IVlitra - Quyosh xudosi
Shu alfozda Zardusht 30 yoshida yangi diniy ta’li- mot payg'ambariga aylangan. “Payg'ambar” so'zining o‘zi esa “ezgu amallar haqida mujda beruvchi” ma’nosini anglatadi.
“Avesto”ning ilk qismi mil. aw. IX-VIII asrlarda paydo bo'lgan. Zardusht va’zlari matnlarining ham­masi miloddan awalgi III asrda 21 ta kitobga jam- langan, bu kitoblar “Avesto” asosini tashkil etgan edi. “Avesto” matnlariga sharh esa “Zand” deb yuritiladi.
Zardushtiylik ta’limotiga ko'ra, butun Borliq va bizni qurshab turgan hamma narsa ikki ibtidodan, ya’ni Ezgulik va Yovuzlikdan tashkil topgan. Ezgulik va Yovuzlik o'rtasida doimiy kurash boradi. Masalan, yorug‘lik zulmat bilan, hayot o'lim bilan, yaxshilik yo- monlik bilan, haq-huquq esa haqsizlik bilan kurasha- di.
Zardushtiylar umrining tub ma’nosi ezgu amal, ezgu so‘z va ezgu fikrdan iborat bo'lishi lozim. Inson- ning asosiy burchi eng avvalo adolatli turmush tarzi hisoblangan. Yovuzlik bilan kurashda Ezgulikka yor- dam berish lozim: yolg'on so'zlamaslik, aldamaslik, va’daga vafo qilish, faqat ezgu ishlarni amalga oshi- rish.
Zardushtiylik ta’limotiga ko'ra, inson o‘z yo‘lini o‘zi tanlaydi, kimning yonini olish, kimni himoya qilishni ham o‘zi hal qiladi. Olov, tuproq, suv va havoni zardushtiylar muqad- das hisoblashgan. Ularni Yovuzlikni ifoda etuvchi bu- yumlar bilan qorishtirib yubormaslik kerak.
Yer yuzidagi eng qo'rqinchli yovuzlik o'limdir. Shu- ning uchun ham zardushtiylarda vafot etgan kimsalarni dafn etish borasida alohida marosim yuzaga kelgan.
Inson vafot etganida bu hoi unga yovuz ibtido — o‘lim Ko'chib kirganini anglatadi, yovuzlik bilan ezgulik ramzi bo'lmish tuproqni bulg'amaslik kerak. Marhumning ja- sadini yerga ko'mish ham, olovda kudirish ham, suvga tashlab yuborish ham mumkin emas. Shuning uchun ham murdani qushlar va hayvonlar yeb ketishi uchun maxsus moslama (qurilma)da qoldirishgan. Yomg'irlarda
poklagan va oftob qoqlagan suyaklarni maxsus sopol tobutchalar — ossuariylar (suyakdonlar)da dafn etishgan.



Download 120,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish