Draw Layout Cell (Sozdaniye maketnoy yacheyki) - maketli katakcha yaratish instrumentini faollashtiradi.
Draw Layout Table (Sozdaniye maketnoy tablitsi). Maketli jadval yaratish instrumentini faollashtiradi.
Standard View (Standartniy rejim). Hujjat bilan ishlashning standart rejimiga о‘tish.
Layout View (Rejim maketirovaniya) - Hujjatni maketlash rejimiga о‘tish.
Kodlar nazoratchisi bilan ishlash.
Kо‘p sonli HTML tahrirlagichlari sinfi orasida Dreamweaver dasturi gipermatnli hujjatlar kodlari bilan ishlash imkoniyatlari bilan keskin farq qiladi. Foydalanuvchining HTML kodlarni qо‘lda korrektirovka qilishdan qutilishi eng katta yutuq va tezkorlikni ta’minlab berdi.
Kodlar bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ishlash, yashirin xatolarni identifikatsiya qilish, ortiqcha kodni bartaraf etish, gipermatnning tanlangan fragmentiga tezkor о‘zgartirish kiritish, hujjatning strukturasini yoki uning formatlanishini optimallashtirish imkoniyatlari mavjud.
Dreamweaver paketi tarkibida gipermatnli hujjatlarni belgilash kodlarini kо‘rish va tahrirlashga mо‘ljallangan maxsus vositasi mavjud. Bu vosita Code Inspector (Inspektor koda) deb nomlanadi. Uni quyidagi usullar bilan о‘rnatish mumkin: birinchidan, Window > Code Inspector (Okno > Inspektor koda) buyrug‘ini berish yо‘li bilan, ikkinchidan, bu F10 tugmasini bosish yо‘li bilan. Bu buyruqlar takror bosilganda Code Inspector yana ish stolidan yо‘qoladi.
7-rasm. Kodlar nazoratchisi
7-rasmda Kodlarni nazorat qilish oynasi ko‘rsatilgan. Palitrada kodlarning belgilanishini tanishtirishni View Options (Parametri otobrajeniya) tugmasi yordamida ochiladigan buyruqlar boshqaradi. Bu buyruqlarni ko‘rib chiqamiz.
Word Wrap (Perenos po slovam). Kod qatorini kо‘chirish rejimi. Agar u yoqilgan bо‘lsa, HTML tili bayonnomasi tahrirlagich oynasining о‘lchamiga yetganda avtomatik ravishda yangi qatorga о‘tiladi.
Line Numbers (Nomera strok). Nomerlashni о‘rnatish buyrug‘i. Agar bu rejim о‘rnatilgan bо‘lsa, har bir qator tartib bilan nomerlanadi. Bu katta gipermatnli hujjatlarda qidirish va mо‘ljal olish uchun zarur vosita hisoblanadi.
Highlight Invalid HTML (Pometka nekorrektnix kodov). Bu buyruq sintaktik xatoga ega konstruksiyalarni (belgilarni) Property Inspector panelida va hujjatning oynasida sariq rangda ajratish rejimini faollashtiradi. Shundan sо‘ng Property Inspector xato haqida xabar beradi va ayrim xollarda uni tuzatish uchun kо‘rsatmalar beradi.
Syntax Coloring (Raskraska sintaksicheskix konstruksiy). Bu rejimda belgili kodlar turli xil ranglarda ajratiladi, Bu esa hujjatning kiritiladigan matni va belgili kodlarini tez ajratib olishga imkon beradi. Bundan tashqari Dreamweaver dasturi HTML tilining har bir deskriptori uchun alohida rang belgilash imkoniyatiga ega. Ranglarni belgilashning dastur asosiy kо‘rsatgichlarini Code Colors (Sveta koda) bо‘limida amalga oshiriladi.
Auto Indent (Avtomaticheskiy otstup) buyrug‘i Kodlar nazoratchisi oynasiga kiritilgan belgilash diskreptorlari uchun avtomatik joy qoldirish rejimini faollashtiradi.
Kodlar nazoratchisi oynasining о‘ng qismida uchburchak formada tugma joylashgan. U hujjatning mavjud matnlariga xizmat qiladigan buyruqlardan iborat menyuni chaqiradi. Bu buyruqlarni sanab о‘tamiz.
Find and Replace (Nayti i zamenit). Qidirish va almashtirish buyrug‘ini chaqiradi.
Find Next (Nayti daleye). Avval qidirilgan namunani mavjud parametr asosida qidirish. Bu yerda qidirish va almashtirish muloqot oynasi chiqmasdan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri amalga oshiriladi.
Reference (Spravochnoye rukovodstvo). HTML, JavaScript va CSS manbalari asosidagi ma’lumotli qо‘llanmani chaqiradi.
Set Breakpoint (Vstavit kontrolnuyu tochku). Matn kursori pozitsiyasida nazorat nuqtasini belgilaydi. Nazorat nuqtalariga qurilgan dasturlarni sozlashda yordam beradi.
Remove All Breakpoint (Udalit vse kontrolniye tochki). Hujjatning mavjud matnidan barcha nazorat nuqtalarini olib tashlaydi.
Cut (Virezat). Tanlangan kodli fragmentni buferga qirqib olish.
Soru (Kopirovat). Tanlangan kodli fragmentni nusxasini buferga olish.
Paste (Vstavit). Buferga olingan fragmentni qо‘yish.
Kodlar nazoratchisini matn muharriri uchun biroz g‘ayri oddiy rolda muvaffaqiyatli qо‘llash mumkin. Dreamweaver dasturi ASCII simvollarini qо‘llash bilan yozilgan fayllarni, masalan oddiy matnli fayllarni yoki dasturning dastlabki matnini muvaffaqiyatli о‘qiydi. Bunday hujjatlar Open (Otkrit) buyrug‘i yordamida ochiladi va kodli rejimda ishlaydigan oyna hujjatiga yuklanadi. Bunda dasturning ba’zi resurslariga kirish mumkin bо‘lmay qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |