Mavzu: dreamweaver dasturi interfeysi va uning imkoniyatlari



Download 232,34 Kb.
bet1/14
Sana30.12.2021
Hajmi232,34 Kb.
#191100
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
DREAMWEAVER DASTURI INTERFEYSI VA UNING IMKONIYATLARI. 2


MAVZU:DREAMWEAVER DASTURI INTERFEYSI VA UNING IMKONIYATLARI.

REJA:

1. Dreamweaver MX dastur va uning imkoniyatlari

2. Dreamweaver MX dasturini oʻrnatish va ishga tushirish

3. Interfeys. Dastur oynasi qismlari

4. Hujjat oynasi

Dreamweaver MX bu - nafaqat interfeysning tashqi kо‘rinishi yangilangani, balki radikal texnologik yangilangan, gipermatnli belgilash tili imkoniyatlari kengaygan. Web-sahifa maketlarini yaratish uchun yangi ashyolar paydo bо‘ldi; bu tizimga Flash obyektlarni qо‘yish (integrirovana) buyruqlari qо‘shilgan; bu esa kelajakda WEB uzellar bilan boshqarish va turli jamoaviy ishlarni loyihalashda rivojlanishga imkon beradi. Endi Dreamweaver MX bilan batafsil tanishib chiqamiz.

Belgili kodlar bilan ishlash vositalari sezilarli darajada rivojlandi. MX–versiyasi bu ixtiyoriy murakkablikdagi dastlabki matn bilan ishlash uchun kuchli bazaga ega bо‘lgan gipermatnli dasturlashning tо‘laqonli qobig‘idir. Asosiy imkoniyatlarini sanab chiqamiz:

1. Hujjatning oynasi endi har xil rejimlarda ishlashi mumkin. Design View (Rejim planirovki) rejimida, foydalanuvchi HTML sahifa maketini taxminan shunday kо‘rinishda kо‘rish mumkin. Code View (Rejim razmetki) rejimida esa hujjatning oynasida belgili matn sahifasining barcha deskriptorlari, ssenariylari va kommentariyalari tasvirlanadi. Dasturning bu rejimlari orasida kichik koordinatsiya mavjud. Kodlarni о‘zgartirish maket modifikatsiyasiga olib keladi, vizul rejimda (tartibda) rejalashtirish yoki formatlashga о‘zgartirish kiritishga olib keladi;

2. Dreamweaver tizimi qobig‘iga barcha zaruriy qurilmalarga ega bо‘lgan tо‘laqonli kodlar tahrirlagichidan iborat dastur integratsiya qilingan. Unda HTML hujjatlarining dastlabki matnlari bilan ishlashni yengillashtiruvchi vositalar: kiritilgan teglarning sarlavxalari, turli kodlarni rangli belgilash, tez qidirib topish vositalari aks etgan. Sintaktik notо‘g‘ri loyihalarni aniqlash, uzun qatorlarni avtomatik kо‘chirish, avtokorreksiya rejimi yо‘lga qо‘yilgan. Dastur vositalari yordamida nafaqat gipermatnli sahifalarni, balki matnli kо‘rinishiga ega har qanday hujjatlarni, dasturlar, ssenariylar, oddiy matnlar, XML belgili hujjatlar va boshqalarni tahlil qilish mumkin.

3. Belgilash kodlari bilan ishlashni ma’lumot paneli ancha oddiylashtiradi. Bu dastur ichiga qurilgan interaktiv ma’lumotnoma gipermatnli belgilash tilining barcha standart loyihalarini va u bilan bog‘langan vositalarni: diskreptorlar, atributlar, iyerarxik stildagi о‘ziga xosliklarning deklaratsiyalari (Cascading Style Sheet), Java Script tilining sintaktik loyihalarini qisqa va lо‘nda shaklda tavsiflaydi.

Tajribadan ma’lumki xatto eng tajribali, HTML tilini chuqur biladigan Web-ustasi ham bu til standartiga kiruvchi yuzlab kodlar va atributlarni eslab qolishga qodir emas. Ma’lumotlar paneli deskriptorni aniq va ravshan tavsiflab beradi, uning atributlari hamda kо‘rib chiqish dasturining turli versiyalari bilan mos tushishi haqida ma’lumot beradi.

Tahrirlagichning oldingi avlodlari vektorli animatsiyalashgan tasvirlar sohasida birinchilar qatorida bо‘lgan Flash dasturi bilan juda yaxshi о‘zaro aloqada bо‘lishi bilan ajralib turgan. Dasturning joriy versiyasiga animatsiyalashgan obyektlarni generatsiya qilishning ikkita asosiy buyrug‘i integratsiya qilingan. Endi bevosita dastur oynasida interaktiv tugma yoki «jonli matn» yaratish mumkin. Bunga о‘xshash obyektlarni kiritishning texnik tomoni о‘ta soddalashtirilgan va loyihalashtirishdan kо‘ra kо‘proq anketalashtirishga о‘xshab ketadi. Foydalanuvchidan Flash – texnologiya sohasida chuqur bilimlar talab qilinmaydi, u faqat muloqot oynasi sohasini tо‘ldirishi kerak. Zamonaviy dasturlarning kо‘pchiligi animatsiyalashgan Flash – grafikani aniq aks ettiradi. Bu tipdagi obyektlar a’lo darajada masshtablanishi bilan ajralib turadi va tarmoq bо‘ylab uzatishda ham diskda saqlashda juda kam resurs talab qiladi. Dasturning kam ahamiyatga ega bо‘lgan yangiliklarini qisqacha sanab о‘tamiz:

- iyerarxik stildagi о‘ziga xosliklar (CSS) bilan ishlash vositalari sezilarli darajada takomillashtirilgan.

- Macromedia firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Fire woks grafik redaktori bilan Dreamweaver dasturining integratsiyasi yanada rivojlantirildi.

- yangi Assets (resurslar) palitrasi yaratildi. U dasturda bitta WEB – tugunning bir necha sahifasi tomonidan birgalikda ishlatiladigan turli xildagi ma’lumotlarning omborxonasi vazifasini bajaradi. Bular tasvirlar, animatsiya roliklari, ranglar, tashqi dalillar, ssenariylar, kutubxonalar va boshqalar bо‘lishi mumkin. Saqlanayotgan resurslarni turli sahifalarning talab qilinadigan sohalarida joyini о‘zgartirish (yoki surish) yо‘li bilan joylashtirish mumkin.

- oldingi versiyalarning achinarli cheklashlar ishlab chiquvchining izohlari bilan bekor qilingan (Design Notes). Endi ularni ixtiyoriy gipermatnli fayllar va obyektlar bilan bog‘lash, ularni tarmoq bо‘ylab ishlab chiquvchilar jamoasining boshqa a’zolari bilan almashish mumkin.

Site Report (Otchet o sayte) buyrug‘i loyiha holati haqidagi batafsil hisobotni hosil qiladi. Hisobot о‘ziga kо‘p sonli giperbog‘lanishli hujjatlarni biriktiradi.

- tahrirlagichga versiyalarni va dasturiy ta’minotni yangilashni boshqarishni nazorat qilishning yetakchi dasturiy vositasi bо‘lgan Microsoft Source Safe paketli integratsiya vositalari qо‘shilgan. Bu narsa Dreamweaver tizimini Internet uchun murakkab loyihalarni ishlab chiquvchi jamoa uchun asosiy uskuna sifatida qо‘llanilishiga asos bо‘ladi.

- dasturning bu versiyasi WEBDav bayonnomasini tо‘laqonli qо‘llab-quvvatlaydi. Bu versiyalarni boshqarish va taqsimlangan ishni tashkil qilish bо‘yicha kengaytirilgan imkoniyatlarga ega bо‘lgan klassik bayonnomaning kengaytirilishidir.

-interfeysni standartlashtirish va sayqal berish bо‘yicha katta ish qilindi. Macromedia firmasi kо‘pgina dasturlarning tashqi kо‘rinishi notо‘rg‘un palitralarning yagona konsepsiyasiga asoslanadi. Muharrirning oxirgi versiyasida palitralarning kо‘rinishi standartlashtirilgan. Ularning deyarli hammasi tarkibiy majmuaviy palitralarga birlashish imkoniyatiga ega bо‘ldilar. Oldingi versiyalarning rо‘yxatga olishdagi ba’zi kamchiliklar tuzatildi.

- klaviatura kombinatsiyalari bir shaklga keltirildi. Ular web–dizayn uchun Macromedia firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, barcha dasturlash vositalari uchun umumiy bо‘lgan ichki standartga moslashtirilgan. Ichiga qurilgan menedjer yordamida tugmalarning har qanday tuzilishini о‘zgartirish mumkin.




Download 232,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish