respublika oliy ta’lim muassasalari biologiya yo‘nalishlarining 3 va 4-kurslari tahsil olayotgan iqtidorli talabalar tarkibidan alohida guruhlarda chuqurlashtirilgan o‘qitish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin;
kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, barcha qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan kollej va texnikumlarda mutaxassisliklar klassifikatsiyasini inobatga olgan holda “Dorivor o‘simliklar yetishtirish agrotexnologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ysin.
11. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (N.J.Bakirov) ikki oy muddatda:
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzuridagi Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazining ilmiy salohiyatini oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
12. Markaz Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon qo‘rg‘oni, Chimkent yo‘li ko‘chasi, 2-uyda joylashgan Ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kollejining foydalanilmasdan turgan binosiga joylashtirilsin.
13. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (N.J.Bakirov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M.Ganiyev belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A.Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021 yil 1 iyun va 2021 yil 15 dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
6. Mavzu;Sho’r yerlarga dorivor o’simliklarni intraduksiyasi Mahalliy floraga mansub 4,3 mingdan ortiq o‘simliklarning 750 ta turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 ta turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro‘yxatga olingan, shundan 70 ta turi farmatsevtika sanoatida faol qo‘llanib kelinmoqda.
2019-yilda 48 mln AQSh dollari qiymatidagi qayta ishlangan dorivor o‘simliklardan olingan mahsulotlar eksport qilingan.
Shu bilan birga, tahlillar dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, ularning plantatsiyalarini tashkil etish, qayta ishlash orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlashni yanada rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish jarayonlarini integratsiyalash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2020-yil 1-maydan boshlab dorivor o‘simliklarni yetishtirish, saqlash, birlamchi yoki chuqur qayta ishlash klasterlarini (keyingi o‘rinlarda – dorivor o‘simliklar klasteri) tashkil etish, shuningdek, hududlarni dorivor o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Asosiy turdagi dorivor o‘simliklarni yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan hududlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
a) dorivor o‘simliklar klasteriga yer maydoni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va tashabbuskorlar o‘rtasida tuziladigan bitim asosida ajratiladi;
b) xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etiladigan dorivor o‘simliklar klasteriga yer maydoni Qishloq xo‘jaligi vazirligi, o‘rmon fondi yerlarida esa O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan tuziladigan investitsiya kiritish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangandan so‘ng Vazirlar Mahkamasi tomonidan ajratiladi.
Bunda dorivor o‘simliklar klasterlariga yer maydoni dorivor o‘simliklar yetishtirishga mos bo‘lgan, yuridik va jismoniy shaxslarga ajratilmagan va qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan, zaxiradagi yerlardan, shuningdek, lalmi va o‘rmon fondi yerlaridan ajratiladi;
v) dorivor o‘simliklar klasterini tashkil etadigan tashabbuskor tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (o‘rmon fondi yerlarida — O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi)ga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
dorivor o‘simliklar klasterini tashkil etish bo‘yicha ariza;
dorivor o‘simliklar klasteri faoliyatini tashkil etishda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, muhofaza qilish, qayta ishlash va resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asos;
dorivor o‘simliklar klasterining faoliyat yuritishi uchun zarur infratuzilma obyektlari (foydalanish huquqi asosida), shuningdek, mol-mulk va boshqa vositalarning mavjudligi haqida ma’lumotnoma.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari dorivor o‘simliklar klasterlarini tashkil etishda iqtisodiy jihatdan barqaror faoliyat yuritayotgan, zarur infratuzilma obyektlari, shuningdek, mol-mulk va boshqa vositalarga ega bo‘lgan salohiyatli yuridik shaxslarni tanlash va shakllantirishga shaxsan mas’ul hisoblanadi.
4. Quyidagilar dorivor o‘simliklar klasterining asosiy vazifalari etib belgilansin:
dorivor o‘simlik yetishtiruvchilar bilan yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish, ularni urug‘lik, mineral o‘g‘itlar, texnika, yoqilg‘i va boshqa vositalar bilan ta’minlash;
ixtisoslashtirilgan hududlarda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, urug‘liklar va ko‘chatlar tayyorlash, bosqichma-bosqich zamonaviy dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etish;
dorivor o‘simliklarni yetishtirish va urug‘chiligini tashkil etishda ilg‘or ilm-fan yutuqlarini qo‘llash;
dorivor o‘simliklar yetishtirish va ularni qayta ishlash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro faol hamkorlik qilish va sohaga bosqichma-bosqich innovatsion yechimlar (nou-xau) joriy etish;
dorivor o‘simliklar yetishtirish va ularni qayta ishlashga xorijiy kompaniyalarning investitsiyalari hamda ilg‘or texnologiyalarini jalb qilish;
dorivor o‘simliklar va ulardan olinadigan mahsulotlarga bo‘lgan ichki bozor talabini qondirish hamda ularni eksport qilish;
tajriba va ma’lumotlarning doimiy almashinuvini tashkil etish orqali ushbu yo‘nalishdagi xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro tadqiqot dasturlari, anjumanlar va simpoziumlarda ishtirok etish.
5. Belgilansinki:
a) dorivor o‘simliklar plantatsiyalari resurs tejovchi texnologiyalarni qo‘llagan holda, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ajratiladigan, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan barpo etiladi;
b) dorivor o‘simliklar klasterlariga:
yer maydonlarini foydalanishga kiritishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-son Farmonida;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-goryelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-son qarorida;
qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi “Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4268-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining dorivor o‘simliklar klasterlari, dorivor o‘simliklar yetishtiruvchilar va ularni qayta ishlovchilar tomonidan 2023-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan xomashyo, shu jumladan madaniy plantatsiyalar barpo etish uchun urug‘ va ko‘chatlarni, uskunalar hamda maxsus texnikalarni, shuningdek, fitobarlar uchun vending avtomatlarini bojxona bojidan ozod qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Bunda, vending avtomatlari faqat fitobarlar tashkil etish uchun, bojxona imtiyozlari berilishi hisobidan bo‘shaydigan mablag‘lar ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilishga maqsadli yo‘naltiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda:
bir oy muddatda kamayib borayotgan tabiiy holda o‘suvchi noyob dorivor o‘simliklar ro‘yxatini shakllantirsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan dorivor o‘simliklarga doir ilmiy tadqiqotlar, yangi innovatsion ishlanmalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirsin, shuningdek, ularning tizimli ravishda yangilab borilishini ta’minlasin;
tibbiyotda qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar kolleksiyasi uchastkasi va genbankini tashkil etsin;
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘simlik xomashyosini chuqur qayta ishlash asosida dori substansiyalari ishlab chiqarishni tashkil etish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
a) Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda dori vositalari bilan bir qatorda kimyoviy dori vositalarining organizmga salbiy ta’sirining oldini olish xususiyatlariga qarab dorivor o‘simliklarni minimum standart retseptlariga kiritish bo‘yicha tegishli hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritsin;
2020-yilning 1-iyundan boshlab tibbiyot muassasalari, shu jumladan oilaviy poliklinikalar va qishloq (ovul) vrachlik punktlarida fitobarlar tashkil etsin;
b) Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi qoshidagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash fondi mablag‘lari hisobidan xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar va mutaxassislar, ularning ish tajribasi, ko‘rsatadigan xizmat turlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi har yili 1-dekabrga qadar farmatsevtika tarmog‘ining dorivor o‘simliklarga bo‘lgan talabi (turi, hajmi, texnologik talablar va boshqalar)ni Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining markaziy apparatida Dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish bo‘limi negizida 5 ta shtat birligidan iborat Dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilsin.
Mazkur boshqarmaning qo‘shimcha shtat birliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari va tizimidagi 3 ta shtat birligini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida mavjud shtat birliklari doirasida dorivor o‘simliklar seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnikasi bo‘limini tashkil qilsin.
Bunda, mazkur bo‘limga dorivor o‘simliklarni yetishtirish, ularning seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda agrokimyokartogrammalar ishlab chiqish vazifalari yuklatilsin.
7.Mavzu Botanika bog’I va uning vazifalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |