Dori moddalarini takror yuborish, birgalikda kullash.
Dori moddalar takror-takror yuborilganda, ularning ta’siri zurayishi yoki susayishi mumkin. Uzok muddat mobaynida takror yuborilgan dori moddalarining shifobaxsh ta’siri susayishi – organizmning unga urganib kolishi yoki tolerantlik deb ataladi. Dori moddalari kiska muddat ichida takror-takror yuborilganda xam ularning ta’siri kamayishi mumkin, bu xolat taxifilaksiya (yunoncha tachys- tez, pylaxis- ximoya) deb ataladi. Dori moddalari takror yuborilganda ularga nisbatan organizmning sezuvchanligi oshib ketadi, bu xolat sensibilizastiya deb ataladi. Ba’zi dorilar takror va takror kabul kilinganda ular organizmda tuplanadi, bunda ta’sir kuchi va ta’sir muddati xam oshib boradi, bu xolat kumulyastiya deb ataladi. Kumulyastiya 2 xil buladi: 1) moddiy kumulyastiya -dori moddalari, masalan digitoksin , neodikumarinning organizmda sof xolda tuplanishi: 2) funkstional kumulyastiya – dori moddalari ta’sirining jamlanishi: masalan, etil spirtining ta’siri tuplanadi, chunki uzi organizmda juda tez oksidlanadi, tukimalarda ushlanmaydi, fakat neyrotrop ta’siri jamlanadi. Ba’zi dori moddalari takror kabul kilingandan keyin bemor jismoniy yoki ruxiy jixatdan xush yokadigan tinchlanish yoki engil kuzgalishni sezadi. Natijada shifokor kursatmasi bulmasa xam bemorda bu dorilarni kayta-kayta kabul kilish istagi paydo buladi. Bu xolat xumorlik, tobelik deyiladi. Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi moddalar: morfin, kodein, barbituratlar, diazepam, etil spirti, kokain va bir kator boshka dori moddalari ushbu xolatga sabab buladi.
Dori moddalari birga kullanganda ruy beradigan ta’sirlar
Birga kullangan moddalarning uzaro ta’siri tufayli bitta modda ikkinchi moddaning ta’sirini oshirishi sinergizm (yunoncha syn – birgalikda, ergo – ishlash) deb ataladi. Sinergizm dori moddalarining jamlanishi va potenstirlashi tufayli yuzaga chiqadi. Ikki yoki bir necha dori qo’shib yuborilganda ularning umumiy ta’siri ayrimlarining oddiy arifmetik yigindisidan iborat bo’ladi. Bu xolat oddiy jamlanish deb ataladi. Agar qo’shib yuborilgan moddalarning ta’siri oddiy jamlanishdan oshsa, potenstirlash deb ataladi. Qo’shma ravishda yuborilgan dori moddalarining kuchi bir xil substratga ta’sir etishi tufayli oshsa – bevosita sinergizm, agar ular xar xil substratlarga ta’sir etib kuchi oshsa – bilvosita sinergizm deb ataladi. Agar ikkita moddaning ta’siri organizmda qarama-qarshi jarayon xosil qilsa yoki ularni ta’siri tufayli organizmning faoliyati qarama-qarshi yo’nalishda o’zgarsa, bunday xolat antagonizm deb ataladi. Antagonizm (yunoncha anti-karshi, agon -kurash) xam bevosita va bilvosita turlarga bo’linadi. Organizmga qarama-qarshi ta’sir ko’rsatadigan dori moddalari kuchiga karab antogonizm ikki taraflama va bir taraflama bo’lishi mumkin. Dori moddalarining bir-biriga bulgan antagonizmi asosan moddalar bilan o’tkir zaxarlanganda qo’llanadi. Sinergoantagonizm degan tushuncha xam bor, bunda qo’shib berilgan moddalarning bir xil ta’sirlari kuchayadi, boshqa ta’sirlari kamayadi. Masalan, – adrenoblokatorlar ta’sirida adrenalinning – adrenoresteptorlarga bo’lgan ta’siri kamayadi, b- adrenoresteptorlarga bo’lgan ta’siri yuzaga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |