O’tkir og’ir tarqoq dermatozlar
Ko’p shaklli ekssudativ eritema –(KShEE)-eritemalar shaklida terida juda ko’p miqdorda polimorf toshmalar paydo bo’lib , ular vezikulyoz va bullez shikastlanishlarga ham olib kelishi mumkin.Toshmalar aksariyat hollarda qo’l va oyoq kaftlarida, tanosil a’zolarida va shilliq qavatlarda kuzatiladi.
-Stivens –Jonson sindromi –(SJS)-bu KShEEning eng og’ir shakli bo’lib , teri va shilliq qaqatlar shikastlanishlariga ichki a’zolar shikastlanishlari ham uyg’unlashib keladi. Unga isitma va qaltirashlar qo’shilib keladi.
-Toksik epidermal nekroliz (TED)-Layella sindromi-hayot uchun xavfli allergik holat bo’lib teri va shilliq qavatlardagi bullez shikastlanishlar barcha ichki a’zolarning shikastlanishlari va faoliyatlarining buzilishi bilan uyg’unlashib keladi. Bunda Nikolskiy simptomi (epidermal nekroliz30-100% teri sathini egallab oladi. TEDning taraqqiy qilish vaqti bir necha soatdan bir necha kungacha bo’lishi mumkin.Xorij adabiyotlarida TED bilan SJV oralig’i holati ham qayd qilingan bo’lib, bunda terining 10-30% gacha qismi shikastlanadi.
Zardob kasalligi
Bu o’tkir allergik reaksiya bo’lib, immunokompleks mexanizm bo’yicha taraqqiy qiladi va asosan zardob kiritilganiga beriladigan vujudning javob reaksiyasi hisoblanadi. Zardob kasalligi holatlar penitsillin, sulfanilamid, sitostatiklar kiritilganida ham kuzatilishi mumkin bo’lib,alomatlar davo kursi boshlanganidan -1-3 hafta o’tib namoyon bo’ladi.Zardob kasalligining klinik alomatlariga krapivnicha, dog’li papulyoz toshma, isitma, artralgiya va limfadenopatiyalar kiradi.Kamdan –kam holatlarda Gien Barre sindromi (o’tkir demielinlashtiruchi polineyroradikulopatiya), glomerulonefrit,periferik neyropatiya va sistemali vaskulitlar rivojlanadi.Kasallikning davomliligi bir necha kundan bir necha haftalargacha cho’zilib, uning klinik kechishi darajasiga bog’liq.
Sistemali dori vaskulitlari
Bu o’tkir allergik reaksiya bo’lib, immunokompleks mexanizm bo’yicha taraqqiy qiladi va asosan dori vositalari kiritilganiga beriladigan vujudning javob reaksiyasi hisoblanadi. Odatda oyoq–qo’llarda, dumbada turli shakl va o’lchamli gemorragik toshmalar toshishi bilan ifodalanadi. Toshmalar isitma, darmon qurishi, mushaklar og’rig’i, ko’ngil aynashi, ishtaha bo’lmasligi, og’irroq holatlarda esa bo’g’imlar, buyraklar va me’da ichak tizimi a’zolarining shikastlanishlari bilan uyg’unlashib keladi.Asab va nafas tizimi shikastlanishlari nisbatan kamroq uchraydi. Biopsiyada terida mayda gemorragik toshmalar va qon quyilishlar aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |