Dori allergiyasida isbot yig’ish( seleksiyalash) usullari Tavsiyanoma uchun isbotlar bazasi bo’lib , dori allergiyalari bo’yicha Xalqaro rozilik hujjatlari, R.M Xaitovning tahriri ostida chop etilgan dori allergiyasi bo’yicha uslubiy qo’llanma bilan bir qator Xalqaro hujjatlar xizmat qiladi.
Dori allergiyasi (DA) –vujudning dori vositalariga sezuvchanlikning oshib ketishi bo’lib, uning rivojlanishida immun tizimi katta rol o’ynaydi, bu haqida biz yuqorida fikr yuritdik.
Dori allergiyasining klinik namoyon bo’lishida dorilarga gipersezuvchanlik (allergik va noallergik) spetsifik bo’lmaganligi bois asosiy kasallik diagnozining tibbiy kodiga nisbatan kodlanadi.
MKB -10 kodi L,24.4 –dori vositalari chaqiradigan kontakt dermatit; L27.0-generallashgan dori krapivnitsasi; L51-ko’p shaklli eritema; L51.0-ko’p shaklli nebullyoz eritema; L51.1-ko’p shaklli bullez eritema; L51.2-toksik epidermal nekroliz;(Laella sindromi).; L51.8 -ko’p shaklli boshqa eritemalar;T 78.03-angionevrotik shish; T 80.5-zardob kiritilishiga bog’liq bo’lgan anafilaktik shok; T88.6-muvofiq va to’g’ri kiritilgan dori vositalari oqibatida yuz bergan anafilaktik shok; T.88.7-noma’lum dori vositalari qo’llanilganida yuz bergan anafilaktik shok.
Profilaktikasi -farmakologik anamnezni sinchiklab yig’ish
-polipragmaziyadan saqlanish
-dori vositalarini qat’iy ko’rsatmalar asosida qo’llash
-gistaminliberator dori vositalarini sekin kiritish (vankomitsin, yod saqlovchi rentgenkontrst vositalar, ayrim miorelaksantlar, ximiopreparatlar, kaltsiy preparatlari)
Allergologik anamnezi og’ir bemorlarga shoshilinch va rejali operatsiyalardan, rentgenkontrastli tekshiruvlardan hamda gistaminliberator preparatlar kiriilishidan 30 daqiqa avval deksametazon 8 mg yoki prednizolon 60 mg mushak orasiga, yoki fiziologik eritmaga qo’shib venaga yuborilishi lozim
Anafilaksiya holatida shoshilinch yordam ko’rsatishga ixtisoslashgan dorilar va vositalar qo’l ostida bo’lishi lozim.
Dori vositalariga qayta allergik reaksiyalar bo’lishini oldini olish:
-Muqaddam allergik reaksiyalar bergan dori vositalarini qayta qo’llamaslik!
-Muqaddam allergiya bergan dori vositalari guruhiga mansub dori vositalarini qo’llamaslik!
-Turli savdo markalariga mansub, ammo tarkibida muqaddam allergiya bergan kimyoviy vositalar saqlovi preparatlarni qo’llamaslik!
-Bemorning ambulator yoki statsionar kartasi muqovasiga bemorning qaysi dorilarga allergiyasi borligi xususida aniq yaqqol bitiklar bo’lishi lozim.
-Aholi orasida sanitar oqartuv ishlarini olib borish.