II bob. Diqqatning asosiy xususiyatlari.
2.1. Diqqatni boshqa psixik hodisa va jarayonlar bilan taqqoslash
Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlanadigan, yunaltirilgan tusdaligidan iboratdir. Tevarak-atrofdagi olamning ko‘plab ta’sirlari orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqdadir fikr yuritadi, o‘ylaydi. Ongning bu xossasini uning diktat kabi xususiyati bilan o‘zaro bog‘liq deb xisoblashadi. Diqqat bilish jarayonlaridan farqli o‘laroq, o‘zining aloxida mazmuniga egaemas, u barcha bilish jarayonlarining jo‘shqin jihatidir. Diqqat individnine sissiy, asliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshiriliishni takozo etadigan tarzdaongning yo‘naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir.
Yo‘naltirilganlik sub’ektning ehtiyojlariga, uning faoliyati maqsadlari va vazifalariga mos keladigan ob’ektlarning tanlanganligida, ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz tanlashda, ajratishda namoyon bo‘ladi. Diqqat-e’tiborning bir xil ob’ektlarda to‘planganligi (konsentratsiyalanishi) ayni paytda barcha begona narsalardan chalgishni, boshqa ob’ektlarning vaqtincha inkor etilishini taqozo qiladi. Shu tufayli in’ikos aniq-ravshan bo‘la boradi, tasavvurlar va o‘y-fikrlar faoliyat tugallanmagunga kadar, undan ko‘zlangan maqsadga erishilmaguncha ongda saqlanib qoladi. Shu yo‘sinda faoliyatning nazorat qilib va boshqarib borilishi ta’minlanadi.
Oliy shakllardagi diqqatni psixik jarayonlar va kishining anglanilgan xulq-atvori kechishining boshqarilishi bilan bogliq deb hisoblashadi.
Diqqat sezgi, xotira, tafakkur va harakat jarayonlarida namoyon bo‘lishi mumkin. Shu sababli diqqatni biror narsaga karatish ob’ektiga (idrok etiladigan buyum, xotira, tafakkur, harakat tasavvurlari) bog‘liq holda diqqatning namoyon bo‘lishining quyidagi shakllarini: sensor (perseptiv), aqliy, harakatlantiruvchi shakllariki ajratib ko‘rsatadilar.
Hozirgi vaqtda sensor (ko‘rish va eshitish) diqqati ko‘proq o‘rganilgandir. Diqqatga ta’rif beradigan ma’lumotlarning ko‘pchiligi amalda uni tadqiq etish natijasida qo‘lga kiritilgan. Diqqat bamisoli bilish (idrok, xotira va tafakkur) jarayonlari orasida namoyon bo‘lib, ular samaradorligiping oshishiga yordam beradi. Jumladan, idrokning aniq-ravshanligi va to‘laqonliligi diqqatga bog‘liq, diqqatiing susayishi perseptiv jarayonlarning birmuncha darajada buzilishiga va shakllanayotgan siymoning o‘zgarib ketishiga olib borishi mumkin.
Hosil bo‘lish xususiyatiga va amal qilish usullariga ko‘ra diqqatning ikkita asosiy turi — ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari mavjud deb hisoblashadi. Ixtiyorsiz diqqat kishining anglashilgan niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil bo‘ladi va qo‘llab-quvvatlanadi. Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan diqqat-e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo‘ladi. Diqqatning bu turlari diqqatning darajalari sifatida qabul qilinishi ham mumkin. Diqqatning turlaridan har bir (sensor, aqliy va hokazolar) turli darajalarda namoyon bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |