1.2. Diqqat turlari.
Psixologiyada ikki xil diqqat turi farq qiladi. Ulardan biri ixtiyorsiz diqqat bo’lsa, ikkinchisi- ixtiyoriy diqqatdir.
Ixtiyorsiz diqqat deb to’satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning xohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi. Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qizikishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan diqqatdir. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini oriyentirovka yoki tekshirish refleksi tashqil qiladi.
Ixtiyoriy diqqat deb oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum narsa hamda hodisalarga qaratilishiga aytiladi. Ixtiyoriy diqqatning nerv-fiziologik asosida miya yarim sharlarining po’stida vujulga keladigan optimal ko’zg’alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g’oyat kattadir. Ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilanalmashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat paytida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi.
Diqqatning asosiy turlari ixtiyyoriy va ixtiyorsiz diqqatdir. Diqqatni bunday turlarga bo’lish hissiyot yoki irodaning ustunligiga asoslanadi. Shu sababli, ba’zan diqqatning bu turlari irodaviy va emotsional diqqat deb ham ataladi. Diqqatning yana uchunchi turi so’ngi ixtiyoriy diqqat bo’lib, u dastlabki ikki turdagi diqqatning o’ziga hos sintezidan iborat. Ixtiyorsiz diqqat maxsus zo’r berishni talab qilmaydi. U ongga ta’sir etuvchi predmet yoki hodisaning bevosita qiziqish uygotishidan paydo bo’ladi.
Ta’lim jarayonida ham umumiy mehnat faoliyatidagi singari, ixtiyoriy diqqat xal qiluvchi rol o’ynaydi. Diqqatning bu turi ixtiyorsiz diqqatdan, birinchidan, ko’zlagan maqsadi bilan farq qiladi, ya’ni u kishining o’z oldiga qo’ygan maqsadiga bog’liq bo’ladi. Ikkinchidan, undan uyushqoklikni talab etadi, bu avvaldan diqqatni tuplashga tayorgarlikda, shuningdek etiborining tuplanish jarayonini boshqara bilishda ifodalanadigan uyushqoqlikdir. Uchinchidan, irodaviy diqqatga diqqatni jalb qilish va saklash jarayonida zo’r berish bilan bog’liq bo’lgan kuch sarflash hos. Nihoyat, turtinchidan, u faoliyat jarayonidagi uta barqarorligi bilan farq qiladi. Shuning uchun uni irodaviy diqqat deyiladi. Faoliyat jarayonida, ko’pincha, diqqatning ixtiyorsiz ravishda asosiy ishdan bo’lak narsalarga ko’chib turishi uchraydi. Bunday hodisani diqqatning chalg’ishi deb ataladi. Ixtiyorsiz diqqatniham va ixtiyoriy diqqat ham o’zining yo’nalishiga ko’ra tashqi va ichki bo’lishi mumkin.
Manbai bizning ongimizda tashqarida bo’lgan diqqatga tashqi diqqat deb ataladi. Tashqi diqqat dastavval bizning idroklarimiz jarayonida namoyon bo’ladi. Shafyor, vagon haydovchisi, tiqo’vchining ishida sodir bo’ladigan diqqat tashqi diqqatga misol bo’la oladi. Manbai bizning tasavvurlarimiz, fikrlarimiz, hissiyotlarimiz va mayllarimizdan iborat bo’lgan diqqatga ichki diqqat deb ataladi. Biz ongimizning o’zida sodir bo’layotgan jarayonlarni ko’zatayotganimizda, ya’ni o’z hissiyotlarimizni, fikrlarimizni, istaklarimizni va shuning kabilarni ko’zatayotganimizda ichki diqqat namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |