Mavzu: Diqqatning psixofiziologik indektoklari va mexanizmlari
Reja:
Kirish
I bob. Diqqat haqida tushuncha.
1.1. Diqqatning fiziologik mexanizmlari.
1.2. Diqqat turlari.
II bob. Diqqatning asosiy xususiyatlari.
2.1. Diqqatni boshqa psixik hodisa va jarayonlar bilan taqqoslash
2.2. Diqqatning barqarorligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Diqqat — subʼyekt faoliyatining biror obʼyekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya poʻstlogʻining muayyan joylaridagi optimal qoʻzgʻalish manbalari D.ning fiziologik asosini tashkil qiladi. D. ikki turga boʻlinadi: ixtiyorsiz (passiv) D. va ixtiyoriy (aktiv) D. Ixtiyorsiz D. biron tashqi sabab taʼsirida kishi xohishidan qatʼi nazar hosil boʻladi. Bunday D. odamdan iroda kuchini talab qilmaydi. D.ni jalb qilish uchun qoʻzgʻatuvchining kuchi katta ahamiyatga ega; mas, narsaning chi-royliligi, yorqinligi, oʻtkir hidliligi va b. xususiyatlari D. ni beixtiyor tortadi. Ixtiyoriy D. da psixik faoliyat oldindan belgilangan maqsad bilan muayyan narsaga ongli ravishda jalb etiladi. D.ning bu turi iroda kuchini talab qiladi; shuning uchun bu D. irodaviy D.deb ham ataladi. Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy D. vositasida amalga oshiriladi.
D.ning barqarorlik, koʻchuvchanlik, boʻlinuvchilik kabi xususiyatlari, koʻlami bor. D.ning barqarorligi uning yagona, umumiy (mas, kitob oʻqish, masala yechish kabi) ishga xizmat qiluvchi narsa yoki hodisaga uzoq muddat jalb boʻla olishidan iborat. Bunda harakat obʼyektlari (mas, kitob matni, masalada berilgan sonlar va shu kabilar) hamda harakatning oʻzi (mas, masalani yechish yoʻllari) oʻzgarib turishi mumkin, lekin faoliyatning umumiy yoʻnalishi oʻzgarmay saqlani-shi lozim. Koʻchuvchan D. bir faoli-yatdan yoki narsadan boshqa faoliyat yoki narsaga tez jalb boʻladi. Bu xususiyat D.ning avvalgi narsaga qay darajada qaratilganligiga va yangi faoliyatning xususiyatiga (uning D.ni qanchalik qarata olishiga) bogʻliq. D.ning boʻlina olish xususiyati bir vaqtning oʻzida 2 yoki undan ortiq ish-harakat bajarishda aks etib, koʻp kasb egalari (mas, oʻqituvchi, shofyor, uchuvchi) uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bu xususiyat bir faoliyatni bajarish xiyla avtomatlashib, ikkinchi faoliyat bir qadar tanish boʻlib qolgandan ke-yin tarkib topadi.
D. koʻlami uning eng qisqa vaqt ichida (goʻyo birdaniga) oʻz doirasiga sigʻdira olishi mumkin boʻlgan narsalar soni bilan belgilanadi. Shu jihatdan D. keng yoki tor boʻlishi mumkin. Odatda, keng koʻlamli D. yaxshi D. hisoblanadi. D. koʻlami idrok qilinayotgan narsalarning hamda ularni idrok qilayotgan kishi faoliyatining vazifasi va xususiyatiga bogʻliq.
D.ning aksi parishonxotirlikayar. Bunda odam D.ini biror narsaga toʻplay olmay, hamma vaqt boshqa narsalarga chalgʻiyveradi. Shunday holat kishi qattiq charchaganda, uning uchun ahamiyatsiz juda koʻp qoʻzgʻatuvchilar mavjudligida yoki, aksincha, bitga ham qoʻzgʻatuvchining odam uchun ahamiyati boʻlmaganda roʻy beradi. Mashq qilish bilan parishonxotirlikka barham berish mumkin.
D.ning turlari va xususiyatlari odamning juda yoshlik davridan boshlab rivojlanadi va hayoti davomida oʻzgarib, murakkablashib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |