Dominanta tushunchasi fiziologiya faniga A.A.Uxtomskiy tomonidan kiritilgan. Uning isbotlashicha, D.orqa miyadan tortib to bosh nerv markazlarining ishlash prinsipini tashqil qiladi. Domiianta diqqatning fiziologik asosidir.
Diqqatning ko’lami — bir davrning o’zida diqqat tomonidan qamrab olinishi mumkin bo’lgan ob’yektlarning miqdori.
Diqqatning ko’chuvchanligi-faoliyat jarayonida diqqatning ongli ravishda bir ob’yektdan ikkinchi ob’yektga ko’chirilishi. Diqqatning ko’chuvchanligi har qanday faoliyatda, ayniqsa pulьt boshqaruvidagi alohida ahamiyatga egadir.
Diqqatning taqsimlanishi-diqqatning bir vaqtning o’zida bir qancha ob’yektlarga qaratilishidan iborat xususiyati. Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga oshirishda alohida ahamiyatga egadir. Masalan: shoferning, o’qituvchining ish jarayonidagi diqqati taqsimlangan diqqatdir.
Diqqatning barqarorligi-diqqatning o’z ob’yektiga kuchli yo’naltirilishi va faol to’planishidan iborat ijobiy xususiyati.
Parishonlik-diqqatni ma’lum bir ob’yektga qarata olmaslikdan iborat salbiy xususiyat. Parishonlik vaqgincha holat bo’lishi ham, shaxsning nisbatan barqaror hislati bo’lishi ham mumkin. Parishonlikning ikki turi mavjud bo’lib, biri diqqatni umuman hech narsaga qarata olmaslik bo’lsa, ikkinchisi diqqatning muayyan ob’yekt ustiga kuchli to’plantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir. Parishonlik psixopatologik sabablarga ko’ra kelib chikishi ham mumkin.
Kasbga hos diqqat ma’lum bir kasbga ko’p yil ishlash natijasida shu kasbning talablari va ob’yektiv xususiyatlariga mos ravishda tarkib topgan diqqat turi, Masalan: chorrahada ko’cha harakatini boshqaruvchining diqqati bilan mikrosqop yordamida ilmiy ko’zatish olib boradigan olimning diqqati bir-biridan keskin tafovut qiladi. Birinchisi diqqatning taqsimlanishini, ikkinchisi esa markazlashuv xususiyatlarini talab qiladi.
Ixtiyoriy diqqat-ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiq irodaviy va asabiy faollik ko’rsatgan holda muayyan ob’yektga yo’nalishi va unga to’planishdan iborat diqqat turi.
Ixtiyoriydan keyingi diqqat-diqqatning muayyan ob’yektga, avvalo, ixtiyoriy ravishda qaratilib, so’ngra uning ahamiyati tushunilgan sari o’z-o’zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi. Ushbu tushuncha Psixologiya faniga N. F. Dobrinin tomonidan kiritilgan.
Diqqat chalg’ishi-ma’lum bir faoliyat jarayonida diqqatning bir ob’yektdan boshqa bir ob’yektga ixtiyorsiz ravishda o’tib turishidan iborat salbiy xususiyati.
Diqqatning hajmi-diqqatning bir vaqgning o’zida qamrab olishi mumkin bo’lgan mustaqil ob’yektlar miqsori bilap bslgnlanadigan xususiyati. Diqqatning hajmi eksperimental sharoitda 2-6 mustaqil ob’yektga tengdir. Diqqatning ob’yektlari o’rtasida qancha lik yaqin bog’lanishlar mavjud bo’lsa, uning hajmi shunchalik keng bo’ladi va aksincha.
Diqqat ob’yekti-ongimiz atrofdagilardan ajratib olgan holda yo’naltirilgan va faol to’plangan narsa yoki hodisa. Diqqat ob’yekti faqat ob’yektiv narsalar emas, balki sub’yektiv hodisalar, o’z histuyg’ularimiz, fikrlarimiz, Xayol yoki xotira tasavvurlarimiz va boshqa shu kabilar ham bo’lishi mumkin.
Ixtiyorsiz diqqat-ongimizning oldindan belgilangan maqsadsiz ravishda muayyan ob’yektga yo’naltirilishi va unga to’planishidan iborat diqqat turi. Ixtiyorsiz diqqat ob’yektlari narsa va hodisalarning odatdan tashqari holati, belgisi, sifati va boshqalardir.
Diqqatsizlik-diqqatni ob’yektga yo’naltira va to’play olmaslik, atrofdagi kishilarga nisbatan e’tiborsizlik yoki iltifotsizlikdan iborat salbiy xarakter hislati.
Diqqatning o’zgarib turishi-idrok, xotira, tasavvur yoki tafakkur jarayonida diqqatning ma’lum vaqt ichida dam kuchayib, dam susayib turishdan iborat qonuniyat; diqqat ba’zan daqiqaga 25-30 marta ham o’zgaradi. Diqqatning o’rtacha o’zgarish tebranish chastotasi 2-3 sekundga tengdir,
Ko’ruv diqqati-narsa va hodisalarni ko’ruv organi orqali idrok qilish, esga tushirish munosabati bilan namoyon bo’ladigan diqqat turi.
Ikkinchi tartibli ixtiyoriy diqqat-ongimizning muayyan ob’yektga ixtiyorsiz ravishda yo’naltirilsada, uning ustiga ma’lum vaqt barqaror holda, to’planib turishidan iborat ixtiyoriy diqqat turi; diqqat to’plangan ob’yektining mazmuniga qarab ixtiyorsiz diqqatning ixtiyoriy diqqatga aylanishi.
Ichki diqqat-ongimizning o’z sub’yektiv taasso’rotlarimiz, histuyg’ularimiz va intilishdarimizga qaratilishidan iborat diqqat turi.
Tashqi diqqat-ongimizning ob’yektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga, ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yo’naltirilish, ularda faol to’planadigan diqqat turi.
Bedor holat-bosh miya yarim sharlaridagi tegishli nerv markazlarining ko’zg’alishi bilan belgilanadigan uyqudan tashqaridagi holat, ongli holat. Shaxs bedor holatidagina ma’lum bir faoliyat turini amalga oshira oladi.
Ko’zg’alish markazi-markaziy asab tizimining ko’zg’alish jarayoni ro’y bergan uchastkasi.
Diqqat depressiyasi (lot. Dergezyu-pasayish) — turli tashqi va ichki omillarga ko’ra ob’yektda to’planish va mustahkamlanishning kuchsizlanishi va bo’zilishi.
Paradoks fazasi-kuchli ko’zg’atuvchilarga qaraganda kuchsiz ko’zg’atuvchilarning kuchli reaksiyasining vujudga keltirishi (patologik holatlar nazarda tutiladi).
Oriyentir refleksining elektrofiziologik simptomlarining barqarorlashuvi- ixtiyoriy diqqat bo’zilganda maqsadga muvofiq topshiriq berish va oqilona instruksiya yoki ustanovka berish hamda vaziyatga qarab uni o’zlashtirish orqali insonda oriyentirovka refleksini qaytadan tiklashdan iborat korreksion faoliyat.
Diqqat korreksiyasi (lot. soggesIo-to’zatish)-insonda diqqat patologik holatga (bo’zilishga) uchraganda mahsus usul va uslublardan foydalanib to’zatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |