Mavzu: Diqqat va xotira



Download 0,96 Mb.
bet4/8
Sana27.05.2022
Hajmi0,96 Mb.
#611907
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Diqqat va Xotira

Xotira mexanizmlari
Xotira bosh miyaning umumiy funksiyasi bo‘lib, uni ta’minlashda
deyarli barcha analizatorlar va miyaning barcha tuzulmalari ishtirok
etadi. Tadqiqotchi olimlar fikricha, insonning asab tizimida sekundiga
3 mlrdga yaqin impulslar paydo bo'lib turadi, shulardan 2 mlrd.ga
yaqini miyaga ko‘ruv analizatorlari orqali tushadi. Xotira mexanizmlari
haqida juda ko‘p ta’limotlar mavjud bo‘lib, ularning deyarli barchasi
xotira mexanizmlarining sirlarini to‘la-to‘kis ochib bera olmaydi.
Hozirgi kunda nuklein kislotalarning irsiy axborotni saqlashda va
irsiy belgilami uzatishda tutgan o ‘rni beqiyosligi tasdiqlangan. Ayniqsa
RNK xotira jarayonida bevosita ishtirok etadi, uni ayrim olimlar
spetsifik proteinlar ko‘rinishidagi nevronal tuzilmalar ichida o‘rnashgan
deb hisoblaydilar. Tadqiqotchilar fikrigako‘ra, lipoproteinlar
≪xotira moddasi≫ sanaladi. Olimlar ana shu moddalarning
mitoxondriyalarda, yadrochada va hujayraning boshqa bo'limlarida
kuzatiluvchi fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganib, neyrondan keluvchi
axborotga birinchi navbatda mitoxondriya ribonukleotidlari javob
berishini isbotlashgan. Ma’lumot qabul qilingandan so'ng neyronlarda
turli xil kimyoviy o‘zgarislilar sodir bo'ladi, ya’ni hujayra yadrosi
biologik faol bo‘lgan moddalarni sitoplazmaga otib chiqaradi.
Shunday qilib, neyron axborotni qabul qilar ekan, shu zahotiyoq,
uni qayta ishlab chiqadi. Olimlar fikricha, qabul qilinayotgan har
qanday axborot sof kimyoviy jarayonlar hisobiga emas, balki hujayra
yadrosi xromosomalari ayrim sohalari konfiguratsiyasining o‘zgarishi
hisobiga esda qoladi. Hozirgi vaqtda ilm-fan xotirani gistokimyoviy va
genetik tadqiq etish darajasiga yetdi. Bu yo‘nalish istiqbolli yo‘nalishlardan
biridir.
Taniqli neyroxirurg U.Penfild (1959) miya po‘stlog‘ini maxsus
elektrodlar bilan ta ’sirlantirib, xotira mexanizmlarini va uning patologiyasini
o‘rgangan va qiziq ma’lumotlar to‘plagan. Tajriba paytida
bemor awal bo‘lib o'tgan, lekin unutib yuborgan voqealar haqida
gapirgan va bular keyinchalik to‘g‘ri bo‘lib chiqqan. Shuningdek,
miya po‘stlog‘ining muayyan sohasiga elektr bilan ta ’sir ettirganda,
bemorning xotirasida bir zamonlar cherkovga borgani tiklangan.
Ana shu soha takroran ta ’sirlantirilganda, yana xuddi shunday eslash
paydo bo'lgan. Xotira izlarining ana shunday faollashuvi miya
po‘stlog‘ining o ‘ng yoki chap chakka sohasi ta ’sirlantirilganda sodir
bo'ladi.
Bu tadqiqotlar natijasida bosh miyaning chakka bo‘limlari xotira
jarayonining asosini tashkil qiladi, degan fikr kelib chiqmasligi kerak,
albatta. Bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining ko‘pgina sohalari
xotira jarayonida ishtirok etadi. A.R. Luriyaning (1959—1973) xotirani
o‘rganish bo‘yicha neyropsixologik tajribalari buni isbotlab bergan.
Shuningdek, hayvonlarda chakka bo‘lakchasi olib tashlanganda,
xotira buzilishlari ro‘y bermagan, ular o ‘rgatishga qobiliyatli bo‘lgan.
Bosh miyaning chap va o‘ng yarim sharlarining xotira va boshqa
psixologik jarayonlarda ishtirokini alohida o‘rganish maqsadida,
Kaliforniya texnologik institutida mushuklarda qiziqarli bir tajriba
o‘tkazilgan (R. Sperri, 1964). Mushuklarda ham ko‘ruv impulslarini
o‘tkazuvchi xiazmaning ichki tolalari kesishgan bo‘ladi va buning
natijasida bir ko'zdan tushuvchi impulslar bosh miyaning ikkala
yarim shariga ham uzatiladi (18-rasm, А, В, V). Shuning uchun ham
bitta ko‘zni bog‘lab qo‘yib, ikkinchi ko‘z orqali uzatilgan impuls

ikkala yarim sharda ham qabul qilinadi (A). Tajriba xiazmaning ichki
tolalari kesib qo'yilib o'tkazilganda ham, bitta ko‘z orqali yuborilgan
impulslar miyaning ikkala yarim sharida ham aks etgan. Chunki
miyaning bir yarmiga tushgan ko‘ruv impulslari qadoqsimon tana
orqali uning ikkinchi yarmiga uzatiladi (В). Keyin tajriba xiazmani
ham, qadoqsimon tanani ham kesib qo‘yib o'tkaziladi. Buning
natijasida bir yarim sharga uzatilgan ko'ruv impulslari ikkinchi yarim
shaiga o‘ta olmaydi (V). Demak, qadoqsimon tana orqali axborotlar
bir yarim shardan ikkinchisiga o‘tib, bosh miya po‘stlog‘ida xotira
izlarini qoldirar ekan.
Shunga o‘xshash tajribalar maymunlarda ham o'tkazilgan. Ularda
o'ziga xos ≪shaxsiyatning ikkiga bo'linishi≫ yuz bergan. Ushbu tajriba
o‘tkazilgan maymun bir ko‘zi bilan ilonga qarab turib, undan qo‘rqqan
bo‘lsa, ikkinchi ko‘zi uni ko'rganda, qo'rqmay qarab turavergan.
Xotiraning keskin buzilishi gippokamp va so‘rg‘ichsimon tana
zararlanishlaridahamyaxshi o‘rganilgan. Gippokamp ikki tomonlama
olib tashlangan bemorga bir necha topshiriqlarni eslab qolish taklif
etilganda, ularni osongina esda saqlagan. Lekin bir necha daqiqa
o‘tgach, ularni mutlaqo unutib yuborgan.
Z.R.Ibodullayev ko‘ruv do'ngligiga (talamusga) qon quyilgan
N. ismli bemorni 5 yil mobaynida (2001—2007) kuzatib keldi. Unda
insultdan keyingi voqea va hodisalar tez fursatda unutiladigan bo‘lib
qolgan edi, ya’ni u hozirgina bo'lib o ‘tgan voqealarni 5—10
daqiqadan keyin mutlaqo unutib yuborardi. Lekin bemor insultgacha
bo‘lgan barcha voqealarni eslab, so‘zlab
berardi. Bemor uni ikki yildan buyon
nazorat qilayotgan vrachning yuz tuzilishini,
yoshini, ismini va berilgan t^vsiyalarni
esida saqlab qolmasdi. Bemorni
tekshirib bo‘lgandan keyin, u bilan

vrach nima ishlar qilganligi so‘ralsa, 5-
10 daqiqadan keyin hech birini aytib
bera olmasdi, ya’ni axborot tezda unutilardi.
Bu holat Korsakov amneziyasining
bir klinik ko‘rinishidir. Bemor
bosh miyasining kompyuter tomografiyasi
19-rasmda keltirilgan.
Xotira jarayonini ta’minlashda po‘stloq
osti tuzilmalarining ham roli katta.


N.P. Bextereva (1965) odam miyasiga oltindan tayyorlangan
elektrodlami chuqur joylashtirib, xotira muammosiga doir bir qator
qiziqarli qonuniyatlarini ochib bergan. Tajribalarda ko‘rsatib
berilishicha, odamning miyasi ma’lum bir vaqt ichida faqat bitta,
muayyan faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladi. Ko‘pgina tajribalarga
asoslanib, po‘stloq osti tuzilmalarining xotirada axborotni ushlab
turishida talamusning ventral yadrosi, oq shar va dumli yadro ishtiroki
aniqlangan.
Umuman olganda, xotira mexanizmlarini o'rganishga doir turli
xil nazariyalar va yondashuvlar mavjud, lekin ular yetarli darajada
mukammal emas.
Eslab qolish
Eslab qolish xotiraning birinchi bosqichidir. Eslab qolish ixtiyorsiz
va ixtiyoriy bo'ladi. Kundalik kuzatuvlar va maxsus tajribalaming
ko'rsatishicha, axborotning zarurligini anglagan odamlarda eslab
qolish durustroq bo‘ladi. Materialni tushunib olish eslab qolish
uchun yanada katta ahamiyat kasb etadi. Tushunarsiz yoki yaxshi
tushunilmagan materialni eslab qolish mushkulroq va aksincha, aniq
misollar bilan keltirilgan materialni puxta egallash va eslab qolish
oson bo'ladi. Masalan, kerakli materialni odam keraksiz materialga
qaraganda 9 marotaba yaxshiroq eslab qolar ekan. 0 ‘qitishjarayonida
o‘quvchilar diqqati o‘rgatilayotgan materialga dalillar bilan qaratilsa,
eslab qolish yanada yaxshiroq boMadi. Bu usuldan, ayniqsa, nazariy
ilmlarni o‘qitishda unumli foydalanish mumkin. Masalan, bironbir
klinik masala yetarlicha tushunarli bo‘lmasa, uni eslab qolish
mushkul, albatta. Biroq, bu masalani o‘rganish mobaynida talabalar
bevosita ishtirok etishsa va tushunib borishsa, u yaxshi eslab qolinadi.
Eslab qolish o‘rganilayotgan narsaning naqadar qiziqarli yoki
zarurligiga ham bog'liq. Qiziqarli yoki qiziqarsiz kitobni o‘qib bunga
iqror bo'lish mumkin. Shuningdek, odamda muayyan his-tuyg‘ulaiga
sabab bo‘ladigan voqealar osonroq esda qolishini yuqorida aytib
o‘tgan edik. Juda ham kuchli hayajonga keltiruvchi voqealar esa,
ko‘pincha, butun umr esda saqlanib qoladi.
Ma’lumki, eslab qolish turli xil analizatorlar orqali amalga oshiriladi.
Materialni idrok etishda qatnashuvchi retseptorlar va analizatorlar
nechog‘lik ko‘p bo‘lsa, eslab qolish shunchalik soz bo‘ladi.
Haqiqatan ham, qandaydir tibbiy moslamaning tuzilishini va ishlash
uslubini yaxshi eslab qolish uchun u haqda eshitish (eshituv analizatorlari)
chizmalar va modellarni ko‘rib chiqish (ko‘ruv analizatorlari),
uning qismlarini yigMsh va ajratish (kinestetik sezgi) ishtirok
etish kerak. Maktablarda ko'rgazmali o'qitish maqsadi ham ana shu
mexanizmlarga asoslangan bo‘ladi.
Konspekt yozishni to ‘g‘ri tashkil etish eslab qolishning muhim
shartlaridan biridir. Faqat to‘g‘ri yozilgan konspekt matni yaxshi
eslab qolinadi. Konspekt yozganda kitobdan matnni anglamasdan
turib daftarga qisqartirgan holda ko‘chirib qo'yish, materialni eslab
qolishda qiyinchilik tug‘diradi. Kitobdagi materialni xotirada olib qolish
uchun uni bir yoki bir necha marta o‘qib chiqish o‘ta foydalidir.
Materialni yaxshi tushunib olgandan keyin konspekt qilinsa,
uning mazmuni yaxshi eslab qolinadi va xotirada uzoq saqlanadi.
Materialni qayta-qayta o'qish ham uni esda olib qolish uchun katta
ahamiyat kasb etadi. Materialni qayta-qayta o‘qish orasidagi vaqt
materialni o'zlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega. Tajriba paytida
sinaluvchilardan matnni to ‘la eslab qolishi uchun har yarim soatda,
har ikki soatda va bir kunda bir marta qayta o'qish talab qilingan.
Aniqlanishicha, matnni har yarim soatda qayta o'qishda uni esda
olib qolish uchun 11 marta takrorlash, orada ikki soat tanaffus qilib
o'qilsa - 7 marta, kuniga faqat bir marta o'qilsa, atigi 4 marta
takrorlash kerak bo‘lar ekan. Bundan xulosa shuki, matnni esda
yaxshi olib qolish uchun takrorlash orasidagi vaqt uzoqroq bo'lishi
maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi kunda o‘qitish muassasalarida berilgan materialni yaxshi
eslab qolish ustida ko‘p tadqiqotlar olib borilmoqda. Chunki yaxshi
eslab qolingan materialni tushunish oson boMadi. Buning uchun
ko'pgina o'quv maskanlarida, ayniqsa, institut va universitetlarda
yangi pedagogik texnologiyalar keng joriy qilinmoqda. Bu yerda
Konfutsiyning quyidagi so'zlarini keltirish ta ’birga joizdir: ≪Men
eshitaman-u, unutib qo'yaman, men ko‘raman-u, eslab qolaman,
men ishlab bajaraman-u, tushunib olaman!≫. Bu so'zlami ilmiy
tahlil qiladigan boMsak, bu faylasufning naqadar haq ekanligiga
iqror boMamiz. Chunki, birinchi holatda, ya’ni eshitganda miyaga
axborot faqat eshituv analizatorlari orqali uzatiladi. Eshituv bilan
bogMiq boMgan xotira esa odamda juda sust rivojlangan. Undan
birmuncha yaxshi rivojlangan xotira bu ko‘ruv xotirasidir. Lekin
biror-bir material ustida faol ishlansa, ya’ni o'quvchi o'qisa, boshqa
o'quvchi bilan munozara qilsa, o‘z qo'li bilan matnda berilgan
ma’Iumotlar ustida ishlasa va turli xil ≪o‘yin≫ mashg‘ulotlarini o ‘tkazsa,
material uzoq vaqt esda saqlanib qoladi.
Shu yerda maktab va institutlarda keng joriy qilingan test
imtihonlari haqida to ‘xtalib o ‘tish zarur. Test savollarmi yodlash
talaba uchun, ko‘pincha, qisqa muddatli xotira sifatida o ‘tib ketadi.
Test javoblarining miyada qisqa fursatda saqlanib qolishining asl sababi
uning imtihon o'tgandan keyin miyadan o‘chirilishidir. Agar test
savollariga mantiqan yondashilsa va har bir savol ustida talaba fikran
ishlasa, uning javobi uzoq muddat esda qoladi.
Quyidagi jadvalda eslab qolish va yodga tushira olish layoqati
keltirilgan.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish