Bog'liq Mustaqil ish Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili
Qarzdorlik dinamikasining natijaviy va samaradorlik kо‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlili (qarzlarning aylanuvchanligi va qoplanuvchanligi tahlili) Foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlar, xо‘jalik yurituvchi subyektlarningdebitorlik va kreditorlik qarzlarini tо‘g‘ri boshqarish orqali pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarinihosil qilish qobiliyatiga, uning muddati va aniqligigabaho berishni talab etadi.
Xо‘jalik yurituvchi subyektning debitorlik va kreditorlik qarzlari yuzasidan sodir bо‘lgan о‘zgarishlarni chuqur tahlil qilish, davr mobaynida ularning hajmi, muddati, sо‘ndirilishi, aylanuvchanligi bо‘yicha real holatni о‘rganishni talab etadi.
Qarzdorlik korxonaning moliyaviy holatini baholashda eng murakkab masala hisoblanadi. Negaki, uning hal etilishi doimo ham korxonaning о‘z ixtiyorida emas. Ayniqsa, debitorlik majburiyatlari va ularning undirilishi, muddatlarga amal etilishi, qarzdorlik bо‘yicha yuzaga keladigan qо‘shimcha majburiyatlarning paydo bо‘lishi korxonarahbariyatining say-harakatlari bilangina amalga oshadigan oddiygina jarayon emas. О‘z navbatida debitorlik majburiyatlaridagi holat korxonaning qarshi tomon oldidagi, kreditorlik qarzlarining ham tо‘lanishiga, ularning tizimli algoritmiga ta’sir etadi. Negaki, debitorlik va kreditorlik qarzlari bu faoliyatning ikki qirrasi ularning bittasidagi buzilish ikkinchisiga, ikkinchisidagi buzilish birinchisiga ta’sir qiladi. О‘z navbatida bitta korxonada qarzdorlikning hal etilishi, tarmoq va bо‘g‘inda, yakunida mamlakatdagi tо‘lov intizomiga ham ta’sir etadi.
Qarzdorlikni sо‘ndirish albatta pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari yordamida amalga oshiriladi. Korxonada pul va pul ekvivalentlarining asosiy oqimi bu operatsion faoliyatdan kuzatiladi. О‘z navbatida majburiyatlarning ham asosiy qismi ushbu faoliyat yuzasidan kelib chiqadi. Shu sababli, korxona rahbarlari doimo pul va pul ekvivalentlarini qisqa muddatli majburiyatlarni qoplashga tegishli qismini ushlab turishga harakat qiladilar. О‘z navbatida ularning faoliyat va qarzdorlikdan ortiqcha qismini ushlab turish ham korxona uchun maqbul hisoblanmaydi. Negaki, bu aktivlarning oborotdan chetlanishiga sabab bо‘ladi. Oshiqcha pul mablag‘larini ularning ekvivalentlariga investitsiya qilish pul mablag‘lariniboshqarish bо‘lib hisoblanadi.
Pul ekvivalentlari deganda kо‘pincha qisqa muddatli moliyaviy qо‘yilmalar ham nazarda tutiladi.Moliyaviy qо‘yilmalarning qisqa muddatli shakli pul ekvivalenti deb tan olinishi uchun, u belgilangan summadagi pul mablag‘iga osonaylantiriladigan va qiymatidagi о‘zgarishlar riski sezilarsiz darajada bо‘lishi lozim.
Qarzdorlikning dinamikasi uning yillar bо‘yicha о‘zgarishlariga baho berishni ifoda etadi. Bu qarzdorlikning retrospektiv tahlili hisoblanib, kelajakdagi prognozlarini belgilash uchun ham zarur hisoblanadi. Qarzdorlikni muddat bо‘yicha о‘rganishda ularning muddati о‘tgan majburiyatlar sifatida foyda va zararlarga olib borilishiga muhim ahamiyat qaratish lozim. Qarzlarni foyda va zararlarga olib borish ularning tо‘la nazorat qatoridan chiqarilishini anglatmaydi. Sо‘ndirilgan qarzlar albatta balansdan tashqari hisobvaraqlarida 5 yilga qadar saqlanishi lozim.
Debitorlik majburiyatlarini qiymat ifodasida о‘rganish doimo ham korxona moliyaviy ahvoli haqida aniq xulosalar chiqarish uchun yetarli bо‘lmaydi. Shu sababli bu jarayonlarni samaradorlik va natijaviylik kо‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘liqlikdagi nisbiy ifodalariga ham baho beriladi. Bunday kо‘rsatkichlar sifatida debitorlik va kreditorlik qarzlarining aylanuvchanlik koeffitsiyentlari о‘rganiladi va tahlil qilinadi.
Debitor va kreditor qarzdorlikni о‘rganishda aylanuvchanlikning ikki jihatiga muhim ahamiyat qaratiladi.
Aylanuvchanlik koeffitsiyentlari va ularning о‘zgarishiga;