MAVZU Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalash va sog’liqni himoya qilish yo’lida olib borilayotgan ishlari
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov “Sog’lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo, sog’lom
naslni, nafaqat jismonan baquvvat, shu bilan birga, ruhi, fikri sog’lom, imonu e’tiqodi butun, bilimli,
ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman. Buyuk davlatni faqat sog’lom millat,
sog’lom avlodgina qura oladi”, deb ta’kidlagan edilar.
Istiqlol bizga har jabhada o’zligimizni namoyon etishimiz, tenglar ichra tengsizlikimizni, qanchalik
ma’naviy kuch va salohiyatga ega ekanligimizni ko’rsatishga imkon yaratadi. Mamlakatimizdagi qay bir
sohani olib qaramaylik, shiddat bilan rivojlanib borayotganiga guvoh bo’lamiz. Bu ko’ngillarimizda faxriftixor
xislarini uyg’otadi. Mustaqillikning qadr-qimmatini, naqadar beqiyos ne’mat ekanini yana bir karra
anglatadi. Ayol yaratuvchi: u dunyoga farzand armug’on etib, kelajakni millatni yaratadi. Zero, Sharq
tafakkur xazinasida shunday bitiklar bor: “Agar erkakka ta’lim-tarbiya bersang, bir kishini tarbiya qilgan
bo’lasan, ayolga ta’lim tarbiya bersang, butun millatga ta’lim-tarbiya bergan bo’lasan”.
Odatiy holdek ko’ringan ta’lim va tarbiya zamirida kelajak haqida ulug’vor hikmat mavjuddir. Unda har
nedan-da aziz va ustuvor sharqona tarbiya ayoldan yengilmas kuch, iroda, shijoat, oqilalik talab etadi.
Shuning uchun mamlakatimizda istiqlolning dastlabki kunlaridanoq sog’lom avlodni tarbiyalash masalasi
davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, umumxalq xarakatiga aylantirildi. Keyingi yillarda mamlakatimiz aholisi
o’rtasida sog’lom turmish tarzini qaror topdirish maqsadida jismoniy tarbiya va sportni keng miqyosda
rivojlantirish dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Ana shunday masalalar yechimini topish
maqsadida yurtimizda ko’zga ko’rinarli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan: bolalarning
jismonan sog’lom bo’lishlari uchun barpo etilayotgan turli xil, zamonaviy dunyo standart talablariga javob
beradigan, shinam, hashamatli, jozibador, muhtasham va eng muhimi qulay sport inshoatlarini qurilishi
fikrimizni isbotlab turibdi. Ana shunday har tomonlama qulay bo’lgan sport majmualarida sportning har xil
yo’nalishlarida shug’ullanib, o’z iqtidorini sayqallab, istiqlol bergan imkoniyatlardan unumli foydalangan
yoshlar nafaqat O’zbekistonda balki jahon miqyosida ham tahsinga loyiq yuksak yutiq va ulkan marralarni
qo’lga kiritmoqdalar. Mustaqilligimizning dastlabki odimlarida ham barcha sohalar singari navqiron
davlatimiz muhtaram yurtboshimiz tomonidan sport sohasiga katta e’tibor berildi va aynan yurtimizning
dunyo etirofiga sazovor bo’lishida ham sport sohasining salmog’i kattadir.
Respublikamizning barcha hududlarida qad roslayotgan biri-biridan ko’rkam zamonaviy sport
majmualari, sport maydonlari, suzish havzalari va ularda shug’ullanib, xalqaro arenalarda muvaffaqiyatga
erishayotgan o’g’il-qizlarning soni tobora ortib borayotgani, eng muhimi, jamiyatimizda sog’lom turmush
tarzi chuqur qaror topayotgani mazkur ishlarning amaliy natijasi sifatida namoyon bo’lmoqda. Zero,
davlatimiz rahbari hayotiy qilib ta’riflaganlaridek, “Sport nafaqat jismoniy, balki ma’naviy kamolotga
erishishda ham muhim omildir. U irodani toblaydi, aniq maqsad sari intilish, qiyinchiliklarni bardosh va
chidam bilan yengishga o’rgatadi. Inson qalbida g’alaba ishonch, g’urur va iftixor tuyg’ularini tarbiyalaydi”.
Mamlakatimizda sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor dunyoning hech davlatida uchramaydi. Ayniqsa,
sportning bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirilishi kelajakda yoshlarimiz orasidan iqtidorli sportchilar
yetishib chiqishiga zamin yaratmoqda. Shuni alohida aytish kerakki, yurtimizda an’anaviy tarzda
o’tkazilayotgan, Olimpiada tamoyillariga to’liq mos keladigan uch bosqichli sport o’yinlari- “Umid
nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” musoboqalari mamlakatimiz yoshlari jahon miqyosida
qo’lga kiritayotgan barcha g’alabalari zamirida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yurtboshimizning 2013 yil yakunlari bo’yicha qilgan ma’ruzasida shunday dedilar: Bolalar sportini
rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 2014 yilda 115ta bolalar sporti obyektini qurish va
rekonstruksiya qilish, ularni asosan mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy sport
anjomlari bilan ta’minlash 107 milliard so’m mablag’ ajratish rejalashtirilmoqda.
Eng muhimi, O’zbekiston yoshlari jahon sport maydonlarida erishayotgan bunday yutuq va natijalar
mamlakatimizda bolalar sportini qo’llab-quvvatlsah va rag’batlantirish borasida izchillik bilan olib
borilayotgan keng ko’lamli ishlarning yuksak samarasidir.
Mustaqillik yillarida ayollar sportiga ham alohida e’tibor berildi. Sport ayolga latofat bag’ishlabgina
qolmay, uning jismonan salomat bo’lishiga ulkan zamin hozirlaydi. Mamlakatimizda qizlarni sportga jalb
etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari qizlarni jismoniy tarbiya va sportga yanada
kengroq jalb etish zarurligini, buning uchun mahalla va xotin-qizlar qo’mitalarining faolligini oshirish,
oilalar bilan doimiy ishlashni yanada kuchaytirish lozimligini alohida ta’kidlaganlari yurtimizda xotinqizlarga
e’tibor bilan birgalikda, g’amxo’rliklar ko’rsatilayotganining yana bir yorqin ifodasidir.
Hech qaysi mamlakatda yoshlarga ayniqsa, qizlar sportiga bu darajada e’tibor bo’lmasa kerak. Shuning
uchun ham sport sohasida qo’lga kiritilgan g’alabalarda xotin-qizlarning hissasi beqiyosdir.
Mustaqilligimizning barcha sohalarda namoyon bo’layotgan yutuqlari ta’lim sohasida ham yaqqol ko’zga
tashlanmoqda. Yoshlar yorug’, shinam xonalarda, zamonaviy o’quv-qurollaridan foydalanib, eng yangi ilm
sir-asrorlarini egallamoqdalar. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1997 yil 29-avgustda “Ta’lim
to’g’risi”da qonun, kadrlash tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi ushbu muhim sohada chuqur
islohatlarining yangi bosqichini boshlab berdi. Yurtboshimiz I.A. Karimovning “Chet tillarini o’rganish
tizimni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1875-son qaroridan kelib chiqqan holda
uzluksiz ta’lim tizimida xorijiy tillarni o’qitish va talaba-o’quvchilarda kasbiy bilimlarni shakillantirishda
chet el tajribalaridan foydalanish ta’lim tizimida yangi muvaffaqiyatlarga yo’l ochadi. Shu bilan birgalikda
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarini uzluksiz o’rganish ilg’or mutaxassislarni, yetuk kadrlar
tayyorlash tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi.
MAVZU Yoshlik davrlarining morfologik va fiziologik xususiyatlari
Inson sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mehnat qobiliyatini ko‘tarish haqida g‘amxo‘rlik qilish muhim davlat vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu vazifalarni hal
Shaxsning fiziologik rivojlanishi va KIBERNETIKA
Shaxsning fiziologik rivojlanishi va TEXNIKFANLAR
9
etishda, jumladan, kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda pedagoglar ham katta kuch bo‘lib xizmat qiladilar. Zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabbiy o‘sib, rivojlanib kelayotgan avlodning turli davrlardagi o‘zgarishlarini, tashqi muhit sharoitining bola organizmiga taʻsirining gigienik ahamiyatini bilib olgandagina o‘quv-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil eta oladi. Avlodni jismonan sog‘lom, aqliy va ruxiy jihatdan tetik, qaddi-qomati kelishgan qilib tarbiyalash uchun har qanday o‘qitish shaklidagi bilim muassasalari tarbiyachi va o‘qituvchilari “Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fani asoslari haqidagi bilimga ega bo‘lishlari kerak. O‘qituvchi bolalar va o‘smirlarning anatomik-fiziologik xususiyatlarini o‘rganar ekan, ayrim tizim va organlarning (suyak-muskul, nafas olish, qon aylanish va nerv sistemasi, sezgi organlari, oshqozon-ichak trakti, ichki sekretsiya bezlari, ayiruv organlari) tuzilishi, xususiyatlari hamda ularning faoliyatlari gigienasi bilan tanishadi. Ayniqsa, uyqu va aqliy mehnatni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilish, o‘quv yuklamalarini o‘quvchining yoshiga mos ravishda belgilash uchun nerv sistemasining o‘ziga xos yosh xususiyatlarini bilish juda muhimdir. O‘sib, rivojlanib kelayotgan bolalar va o‘smirlar anatomiyasi va fiziologiyasini bilmay turib, o‘quvchilar shaxsiy gigienasi, darsdan tashqari ishlar gigienasi va o‘quv tarbiyaviy ishlar gigienasi masalalarini yechib bo‘lmaydi. Organizmdagi har bir sistemaning fiziologiyasi va gigienasi aniq tadbirlarni boshqarishni, masalan: suyak-muskul sistemasining gigienasi, harakat rejimini, partada to‘g‘ri o‘tirish, ishlash jarayonida gavdani to‘g‘ri tutish, yozayotganda qoʻl barmoqlarini ishlatilishini meʻyorga solish va hokazolarni talab etadi. Bu tadbir choralarni yo‘lga qo‘yish, ularga rioya qilish, o‘sib rivojlanib kelayotgan bolalarni salomatligini mustahkamlashga, uni muhofaza qilishga va turli kasalliklarni oldini olishga imkon beradi. “Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fani talabalarga, bo‘lajak o‘qituvchilarga rivojlanayotgan organizm organ va sistemalarining o‘ziga xos yosh xususiyatlari, uning tashqi muhit bilan o‘zaro bog‘liqligi, bolalar va o‘smirlarda uchraydigan turli kasalliklar va ularni oldini olish yo‘llarini o‘rgatishda, bilimga ega qilishda katta ahamiyatga ega. “Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fanining asosiy maqsadi – yosh avlodning zuvalasini pishiq qilib, jismoniy va maʻnaviy jihatdan uyg‘un rivojlanishini taʻminlashdan iborat. “Shaxsning fiziologik rivojlanishi” fanining rivojlanish tarixi. Odamning hayot faoliyati eramizdan avval yashab, ijod etgan olimlar tomonidan o‘rganilgan. Bunday olimlardan Bukrot (Gippokrat), Arastu (Aristotel), Galen va boshqalarni eslash mumkin.
MAVZU- Irsiyat va irsiy kasaliklar
Organizmdagi barcha irsiy ma’lumot–xromasomalar va sitoplazmadagi genning hammasi hujayra genitopi deb ataladi. Genotop organizmdagi tur va individga xos barcha irsiy xususiyatlarning rivojlanish dasturini o’zida mujassamlashtiradi.
Organiumdagi barcha ichki va tashqi belgilar yig’indisi fenotip deyiladi.
Kengroq ma’noda-tirik zont genotipining tashqi muhit bilan o’zaro ta’siri natijasida ,shu organizmning o’sishi va rivojlanishi jarayonida tashqi va bioximiyaviy xususiyat xamda belgilar shakllanadi ,ularning yig’in disi esa fenotip deb ataladi.
Tirik mavjudotga tashqi sharoit omillari o’z ta’sirini o’rkazsada , lekin ularning fenotipini hammadan ko’ptoq genotip belgilaydi.
Irsiy kasalliklarning kelib chiqishi ularning o’ziga xosligi XX asrdan boshlab ,irsiyat va o’zgaruvchanlik haqidagi fan – genetika rivojlangandan keyin o’rganila boshlandi .
Irsiyat–tirik organizmga xos barcha fiziologik xususiyatlar tana tuzilishi, moddalar almashinuvi, o’zgaruvchanlik ,kasalliklarga monelik va boshqa belgilarni nasldan–naslga o’tkazib berishdan iborat.
Irsiy kasalliklar turlicha kechadi ,ba’zilari engil yoki haddan tashqari og’ir o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |